Tuman (maʼmuriy birlik)
Bu maqolada manbalar <ref></ref> teglariga olinmagan yoki umuman koʻrsatilmagan. |
Tuman — Oʻzbekiston Respublikasida maʼmuriy-hududiy birlik. Oʻrta asrlardan maʼlum. Sharqda, jumladan, Markaziy Osiyo mamlakatlarida maʼmuriy-hududiy boʻlinish; uyezd maʼnolarida ishlatilgan. Oʻzbekiston sobiq Sovet Ittifoqi tarkibiga kirgan davrda tumanlarni "rayon" deb atash rayem boʻlgan. Oʻzbek tili davlat tiliga aylanishi munosabati bilan tarixiy "tuman" soʻzi qayta tiklandi. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 68 moddasiga muvofiq, tuman maʼmuriy-hududiy boʻlinish pogonalaridan biri. Tuman davlat yuqori organlarining koʻrsatmalari, qarorlarini hayotga tatbiq etuvchi va bajaruvchi asosiy maʼmuriy-hududiy birlik boʻlib, viloyat tarkibiga kiradi. Shuningdek, yirik shaharlar tarkibida shahar tumanlari tashkil etilishi mumkin (maye., Toshkent shahrida 11 ta tuman bor). Tumanlarni mahalliy davlat hokimiyati organlari — tuman hokimlari va xalq deputatlari tuman kengashlari boshqaradi. Tumanlarni tashkil etish va tugatish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining roziligi bilan amalga oshiriladi. Tumanlarga tegishli viloyat hokimi tomonidan tayinlanadigan hamda tuman xalq deputatlari Kengashida tasdiqlanadigan tuman hokimi rahbarlik qiladi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |