Samarqand viloyati

Samarqand viloyat

Samarqand viloyati – Oʻzbekiston Respublikasidagi maʼmuriy birlik. Maʼmuriy markazi – Samarqand shahri. Mamlakatning muhim iqtisodiy va madaniy mintaqasi.

Samarqand viloyati
Самарқанд вилояти

Registon maydoni
Registon maydoni

viloyat
Maʼmuriy markazi Samarqand shahri
Yirik shaharlari Samarqand shahri
Kattaqoʻrgʻon shahri
Hokim Erkinjon Turdimov
YAIM 9.5 Mlrd $  (4-oʻrin)
Aholi (2024)
4 250 000
(11,4 % ,  (1-oʻrin)
Vaqt mintaqasi UTC+5
Kod ISO 3166-2 UZ-SA
Telefon kodi 3(66)
Avtomobil raqami kodi 30-39
Rasmiy sayti samarkand.uz
Xaritada
Samarqand viloyati xaritada
Samarqand viloyati, Xarita
39°50′0″N 66°15′0″E / 39.83333°N 66.25000°E / 39.83333; 66.25000

Tarixi

tahrir

Qadimgi davrda

tahrir

Samarqanddan topilgan odam boshi suyaklari parchalarini arxeologlar Yuqori paleolit davriga kiritishadi[1][2][3].

Rossiya imperiyasi davrida

tahrir

Rossiya imperiyasi davrida Samarqand viloyatidan boʻlgan oʻzbek hikoyanavislari: Fozil Yoʻldosh oʻgʻli (1872-1955), Muhammad Jonmurod oʻgʻli Poʻlkan (1874-1941), Islom Nazar oʻgʻli (1874-1953), Abdulla Shoir Nurali oʻgʻli (1870-1975), Qurbon Ismoil oʻgʻli (1869-1940) boʻlgan. Hikoyachilardan eng mashhuri Ergash Jumanbulbul oʻgʻli edi[4].

Statistik maʼlumotlarga koʻra, 1887-1888-yillarda Samarqand tumanida 254195 kishidan 186532 kishi (yaʼni aholining 73 foizi) oʻzbeklar, qolgan aholisini tojiklar, ruslar, arablar, eronliklar va boshqalar tashkil etgan[5].

Sovet Ittifoqi davrida

tahrir

SSSR Oliy Soveti Prezidiumining 1938-yil 15-yanvardagi farmoni bilan Samarqand viloyati Oʻzbekiston SSR tarkibida tashkil etilgan.

Viloyat tarkibiga Oqdaryo, Bulungʻur, Gʻallaorol, Jomboy, Jizzax, Zomin, Qoradaryo, Kattaqoʻrgʻon, Mitan, Narpay, Nurota, Payariq, Pastdargʻom, Paxtakor, Samarqand, Urgut tumanlari, Samarqand, Jizzax va Kattaqoʻrgʻon shaharlari kirgan.

1939-yilda Komsomol, 1943-yilda Ishtixon, Qoraqishloq va Qoʻshrabot, 1950-yilda Charxa, 1953-yilda Narimanov tumanlari tashkil etildi.

1957-yilda Qoraqishloq, Qushrobod va Charxa tumanlari, 1959-yilda Qoradaryo, Komsomol, Mitan va Narimanov tumanlari, 1962-yilda Oqdaryo, Gʻallaorol, Jomboy, Zomin, Paxtakor, Urgut, Forish va Xatirchi tumanlari tugatildi.

1963-yil 16-fevralda Samarqand viloyati hududining bir qismi (qishloq xoʻjaligi yangi rivojlanayotgan hududlarda – Jizzax viloyati va Jizzax shahri) yangi tashkil etilgan Sirdaryo viloyatiga oʻtkazildi.

1964-yilda Gʻallaorol, Urgut va Xatirchi, 1968-yilda Oqdaryo, 1970-yilda Jomboy, 1971-yilda Baxmal, 1973-yilda Paxtachi tumanlari tashkil etildi.

1973-yil 29-dekabrda Samarqand viloyati hududining bir qismi (Baxmal va Gʻallaorol tumanlari) yangi tashkil etilgan Jizzax viloyatiga oʻtkazildi[6].

1975-yilda Sovetobod tumani, 1978-yilda Qoʻshrabot tumani, 1980-yilda Bolshevik tumani (1988-yilda tugatilgan) tashkil etildi. Oqtosh (1975) va Urgut (1981) viloyatga boʻysunuvchi shahar maqomini oldi.

1982-yil 20-aprelda Samarqand viloyati hududining bir qismi (Nurota va Xatirchi tumanlari) yangi tashkil etilgan Navoiy viloyatiga oʻtkazildi.

1988-yil sentabrda Navoiy viloyati Samarqand viloyati tarkibiga kirdi. 1989-yil may oyida Navoiy viloyatining 7 ta tumani va Navoiy shahri Buxoro viloyatiga oʻtkazildi.

Mustaqillikdan keyingi davrda

tahrir

1992-yilda Navoiy viloyati qayta tiklandi va uning sobiq tumanlari yana uning tasarrufiga oʻtkazildi[7].

2001-yilda viloyatning Goʻzalkent tumani Pastdargʻom tumaniga, Chelak tumani esa Payariq tumaniga kiritildi[8].

Geografiyasi

tahrir

Samarqand viloyati Oʻzbekistonning markaziy qismida, Zarafshon daryosi havzasida joylashgan.

Uzoq shimolda Navoiy viloyatining Nurota tumani, shimoli-gʻarbda Navoiy viloyatining Xatirchi va Karmana tumanlari, gʻarbda Navoiy viloyatining Qiziltepa tumanlari, janubda – Navoiy viloyatining Qiziltepa tumanlari bilan chegaradosh. Qashqadaryo viloyatining Muborak, Koson, Chiroqchi va Kitob tumanlari, sharqda Tojikiston Respublikasi Sugʻd viloyatining Panjikent tumani, shimoli-sharqda Jizzax viloyatining Baxmal, Gʻallaorol va Forish tumanlari bilan chegaradosh.

Viloyatning markaziy qismini sharqdan gʻarbga Zarafshon va Turkiston tizmalari oraligʻida choʻzilgan voha va adirlar egallaydi. Viloyatdagi sugʻoriladigan yerlarning koʻp qismi shu qismda joylashgan.

Vaqt mintaqasi

tahrir

Samarqand viloyati hududi ham butun Oʻzbekiston hududi kabi UTC+5 xalqaro standarti boʻyicha belgilangan vaqt mintaqasida joylashgan. Oʻzbekiston yozgi vaqtdan foydalanmaydi.

Tabiati

tahrir

Iqlimi

tahrir

Samarqand viloyatining iqlimini 2 zonaga boʻlish mumkin. Shimoliy va uzoq gʻarbda kontinental iqlim, qolgan qismida (markaz, janub va sharq) subtropik ichki iqlim mavjud.

Taqdim etilgan ikkala iqlim ham qishi biroz sovuq boʻlgan issiq va quruq yozni ifodalaydi. Yillik oʻrtacha temperatura +16,5 °C, yanvarniki 0,2 °C, iyulniki +27,0 °C. Mutlaq minimal harorat −22 °C, mutlaq maksimal harorat +44 °C edi.

Viloyatda yiliga oʻrtacha 310-330 mm yogʻin tushadi (asosiy qismi bahor va kuzda tushadi). Vegetatsiya davri 218-220 kun davom etadi.

Adirlarning tuproq qoplamini, asosan, oʻtloq-boʻz tuproqlar, qumloqlar va shoʻr tuproqlar tashkil etadi.

Aholisi

tahrir

Samarqand viloyati aholisi 2022-yil 1-sentyabr holatiga koʻra 4031,3 ming kishini (Oʻzbekiston Respublikasi umumiy aholisining 11,4 foizini) tashkil etdi. Bu koʻrsatkich bilan Oʻzbekiston viloyatlari orasida 1-oʻrinda turadi.

Ulardan 1 million 520 ming kishi shaharlarda, 2 million 980 ming kishi qishloq joylarda istiqomat qiladi. Erkaklar soni mintaqadagi ayollar sonidan biroz oshib ketgan[9].

2021-yil holatiga koʻra, Samarqand viloyati aholisining milliy tarkibi[10]:

Maʼmuriy boʻlinishi

tahrir
 
Tuman nomi Tuman markazi
1 Bulungʻur tumani Bulungʻur (shahar)
2 Ishtixon tumani Ishtixon
3 Jomboy tumani Jomboy shahri
4 Kattaqoʻrgʻon tumani Kadan
5 Qoʻshrabot tumani Qoʻshrabot
6 Narpay tumani Oqtosh
7 Nurobod tumani Nurobod
8 Oqdaryo tumani Loyish
9 Paxtachi tumani Ziyodin
10 Payariq tumani Payariq
11 Pastdargʻom tumani Juma (shahar)
12 Samarqand tumani Gulobod
13 Toyloq tumani Toyloq (qishloq)
14 Urgut tumani Urgut

Transport

tahrir

Samarqand viloyati avtomobil va temir yoʻllarni oʻz ichiga olgan juda keng transport tarmogʻiga, shuningdek, xalqaro aeroportga ega.

Avtomobil yoʻllari uzunligi 4100 km, temir yoʻl uzunligi 400 km.

Samarqand aeroporti xalqaro maqomga ega va Samarqand shahrining shimolida joylashgan. Samarqand xalqaro aeroportidan Toshkent, Buxoro, Urganch, Fargʻona shaharlariga muntazam reyslar amalga oshiriladi. Xorijiy reyslardan – Rossiya shaharlariga (xususan, Moskva va Sankt-Peterburgga) reyslar bor.

Diqqatga sazovor joylari

tahrir
 
Hazrati Dovud togʻining choʻqqisiga chiqadigan zinapoyadan manzara.
 
Hazrati Dovud gʻori.

Hazrati Dovud ziyoratgohi

tahrir

Hazrati Dovud gʻori har yili koʻplab ziyoratchilarni oʻziga tortadigan muqaddas joy. Oqsoy va Mehnatkash qishloqlari yaqinida, Nurobod shahridan 30 km janubi-sharqda va Samarqanddan 70 km janubi-gʻarbda joylashgan.

Gʻor qariyb 1250 metr balandlikda Turkiston va Zarafshon tizmalarining gʻarbiy etagida joylashgan boʻlib, Qarshi choʻliga qoyali xanjardek chiqib turadi.

Arablar orasida tarqalgan afsonalardan biriga koʻra, yahudiylar podshosi va paygʻambar Dovud Alloh tomonidan tavhidni targʻib qilish uchun Sharqqa yuborilgan. Dovud oʻz vaʼzlari bilan bu yerda yashovchi zardushtiylarni gʻazablantirgan, ular Dovudni taʼqib qila boshlaganlar. Dushmanlardan yashirinib, Dovud bu yerlarga yetib kelgan[11][12][13]. Toqqa mustaqil ravishda chiqa olmaydigan keksalar va nogironlar eshak yoki otda koʻtarilishadi.

Gʻor ichi (eni 0,5 dan 4 metrgacha, balandligi taxminan 15 metr va uzunligi taxminan 60 metr) bir nechta lampalar bilan yoritilgan tunnel boʻlib, uning oxirida Dovudning kaftlari va oyoq izlari koʻrinadi. Ziyoratchilar bu izlarga teginish orqali tilaklar qiladilar.

Zinapoyalar boʻylab turli xil suvenirlar sotiladigan savdo rastalari mavjud[14].

Ohalik-Oqboʻyro-Mironqul

tahrir

Samarqand shahridan 12 kilometr va temir yoʻl vokzalidan 15 kilometr uzoqlikda joylashgan. Ohaliksoy vodiysida joylashgan. Shu nomdagi qishloq hududida joylashgan Ohalik dengiz sathidan oʻrtacha 818 metr balandlikda joylashgan[15].

Bu yerda, birinchi navbatda, ozuqaviy qiymatga ega boʻlgan ekinlar: yantoq, shuvoq, bugʻdoyiq, supurgi kabi oʻsimliklar keng tarqalgan. Yovvoyi holda olma daraxtlari, naʼmatak, zirk, yongʻoqlarning har xil turlari, dorivor togʻ oʻtlarining koʻp turlari oʻsadi. Bahorda lolaqizgʻaldoq gullaydi[16].

Dengiz sathidan 800 metrdan ortiq balandlikda joylashgan Ohalik hududida bir nechta sanatoriylar ochilgan: bolalar sil kasalligi sanatoriysi, sogʻlomlashtirish muolajalari amalga oshiriladigan „Ohalik“ sanatoriysi ishlaydi. Kemqutan togʻiga chiqish uchun sayohatlar tashkil etiladi. Qishloqda bir nechta dam olish maskanlari joylashgan[17].

Manbalar

tahrir
  1. Касымов М.Р. Проблемы палеолита Средней Азии и Южного Казахстана (по материалам многослойной палеолитической стоянки Кульбулак)“. 2015-yil 26-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 11-sentyabr.
  2. „Urban and rural population by district“ (uz). Samarkand regional department of statistics.
  3. „O'zbekistonda eng ko'p aholi qaysi viloyatda yashaydi?“ (uz). Qalampir.uz. Qaraldi: 2022-yil 10-fevral.
  4. Narodi Sredney Azii i Kazaxstana. – T. 1. – M., 1962. – S. 360.
  5. Sbornik materialov dlya statistiki Samarkandskoy oblasti za 1887—1888 godi. Vipusk 1. Samarkand, 1890, s. 249—250
  6. „Указ Президиума Верховного Совета Узбекской ССР об образовании Джизакской области“. 2019-yil 26-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 26-iyul.
  7. Заяц Д.В. Изменение административно-территориального деления союзных республик//Я иду на урок географии“. 2014-yil 20-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 7-sentyabr.
  8. Постановление Олий Мажлиса Республики Узбекистан от 7 dekabr 2001 года № 324-II «Об объединении Пайарыкского и Челекского, Пастдаргомского и Гузалкентского районов Самаркандской области
  9. „Самарқанд вилояти ҳақида умумий маълумотлар“ (uz). Официальный сайт Хокимията Самаркандской области. 2019-yil 24-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-15-06.
  10. „Постоянное население по национальным и/или этническим группам“. Портал открытых данных Республики Узбекистан data.egov.uz. Qaraldi: 2022-yil 1-noyabr.
  11. Национальная Энциклопедия Узбекистана. Tashkent. 2000 god
  12. „Хазрата Дауда“. 2019-yil 7-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 7-oktyabr.
  13. „Пещера Хазрата Дауда“. 2020-yil 15-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 28-noyabr.
  14. „Пещера Хазрата Дауда“. 2020-yil 15-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 28-noyabr.
  15. SAMARKAND TUMAN HOKIMLIGI (2024-05-24), Samarqand tumani, Oqbo'yro manzaralari “Oqbo'yro-Ohalik-Mironqul” turistik-rekreatsion zonasi, qaraldi: 2024-08-07
  16. „“Ohalik – Oqbo‘yro – Mironko‘l” turistik-rekreasion zonasi faoliyati yo‘lga qo‘yiladi“.
  17. „“Ohalik-Oqbo‘yro-Mironqul” turistik-rekreatsion zonasi“.

Havolalar

tahrir