Oqdaryo tumani — Oʻzbekiston Respublikasi Samarqand viloyatidagi tuman. 1926-yil 29-sentabrdatashkil etilgan. Ishtixon, Pastdargʻom, Samarqand, Jomboy, Payariq tumanlari bilan chegaradosh. Maydoni 0,37 ming km². Aholisi 101,7 ming nafar kishi (2000). Oqdaryo tumanida 2 ta shaharcha (Dahbed, Loyish), 6 ta qishloq fuqarolari yigʻini (Zarafshon, Primkent, Yangikent, Yangiqoʻrgʻon, Qorateri, Qurilish) bor (2000 y). Markazi — Loyish shaharchasi.

Oqdaryo tumani
Акдарьинский район
tuman
Tarkibida Samarqand viloyati
Maʼmuriy markazi Loyish
Tuman hokimi Qudratov Sherzod Asatovich
Rasmiy tillar Oʻzbek
Aholi 162,3 ming kishi
Dinlar tarkibi musulmonlar
Vaqt mintaqasi UTC+5
Rasmiy sayti https://www.oqdaryo.uz
Xaritada
Oqdaryo tumani xaritada
39°52′44″N 66°45′12″E / 39.87889°N 66.75333°E / 39.87889; 66.75333

Tabiati

tahrir

Tuman hududi Zarafshon daryosining irmoqlari — Qoradaryo va Oqdaryo vodiysida joylashgan. Yerning ustki qismini daryolar olib kelgan allyuvial yotqiziqlar qoplagan. Relyefi, asosan, yassi tekislik boʻlib, sharqdan gʻarbga nishab. Yer yuzasining balandligi 450 m. Zarafshon daryosining faoliyati natijasida koʻhna qayirlar (terrasalar) hosil boʻlgan. Yovvoyi oʻsimliklardan qamish, bugʻdoyiq, shoʻrajriq, kampirsoch, yulgʻun va boshqalar oʻsadi. Boʻri, tulki, quyon, chiyaboʻri, jayra, toʻqayzorlarda qirgʻovul, loyxoʻrak, oʻrdak, soʻfitoʻrgʻay, chugʻurchiq, zargʻaldoq; sudraluvchilardan gekkon kaltakesagi, toshbaqa, sariq ilon, echkiemar; kemiruvchilardan koʻrsichqon, kichik qoʻshoyoq, qumsichqon, tipratikan, yumronqoziq, kalamush va boshqa bor.

Iqlimi

tahrir

Iqlimi kontinental. Shimol, shimoli-sharq va sharq tomondagi togʻlar Arktikadan keluvchi sovuk shamollarni toʻsib turadi. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi —G, iyulniki 27— 28°. Yiliga oʻrtacha 200-300 mm yogʻin yogʻadi. Vegetatsiya davri 217 kun. Tuproqlari qadimdan sugʻoriladigan 1—2% chirindili boʻz tuproq.

Aholisi

tahrir

Aholisi, asosan, oʻzbeklar; tojik, rus, tatar va boshqa millat vakillari yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km² da 275 kishi. 2021-yil 1-aperldagi doimiy aholi soni 162,3 ming nafar kishi. Shundan erkaklar 81,9 nafar, ayollar 80,4,0 nafar[1].

Xoʻjaligi. Tumanda gʻisht zavodi, maishiy xizmat koʻrsatish kombinati, meva koʻchatlari yetkazib beruvchi xoʻjalik, boʻrdoqichilik bazasi, qurilish boshqarmasi, konserva zavodlari, MTP mavjud. Qishloq xoʻjaligining barcha tarmoqlari rivojlangan. Paxtachilik — yetakchi tarmoq. Tumanda 18 ta shirkat, 456 ta fermer xoʻjaligi mavjud. Qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan yerlarning 8501 gektariga paxta, 736 gektar yerga kartoshka, 871 gektar yerga sabzavot, poliz ekinlari ekiladi. 11,6 ming gektardan ziyod yer mevazor, 45,7 ming gektardan ziyod yer tokzor va tutzorlardan iborat. Tuman xoʻjaliklarida 17,4 ming bosh qoramol, 12,1 ming bosh qoʻy va echki, 1000 boshdan ziyod ot, 56 ming parranda boqiladi.

49 ta umumtaʼlim maktablarida 30350 nafar oʻquvchi taʼlim oladi. Musiqa, maxsus internat maktablari, pedagogika, mexanika, iqtisodiyot kollejlari, kasb-hunar maktablari faoliyat koʻrsatadi. Markaziy kutubxona va uning tarmoqlari, madaniyat markazi va madaniyat uylari, madaniyat va istirohat bogʻi, stadion mavjud.

Markaziy kasalxona (286 oʻrin) va unga qarashli tibbiy muassasalarda 170 nafar vrach va 970 nafar oʻrta tibbiy xodim ishlaydi. Tuman hududini Katta Zarafshon magistral yoʻli kesib oʻtgan.

„Oqdaryo ovozi“ tuman gazetasi chiqadi[2].

Manbalar

tahrir
  1. „ОҚДАРЁ ТУМАНИ“. 2022-yil 28-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 28-dekabr.
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil