Ishtixon tumani — Oʻzbekiston Respublikasi Samarqand viloyatidagi tuman. Samarqand shahridan 68 km. uzoqlikda. Viloyatning Qoʻshrabot, Payariq, Kattaqoʻrgʻon, Pastdargʻom tumanlari bilan chegaradosh. Markazi — Ishtihon shahri. Umumiy yer maydoni 0,72 ming kv.km.

Ishtixon tumani
Иштыханский район



tuman
Tarkibida Samarqand viloyati
Maʼmuriy markazi Ishtixon
Asos solingan sanasi 08.05.1943
Rasmiy tillar Oʻzbek
Aholi 218431 ming kishi
Dinlar tarkibi musulmonlar
Maydoni 0.72 ming km.kv km²
Vaqt mintaqasi UTC+5
Telefon kodi +9986662
Avtomobil raqami kodi 30...-40
Rasmiy sayti [1]
Xaritada
Ishtixon tumani xaritada
Koordinatalari: 39°57′59″N 66°29′10″E / 39.96639°N 66.48611°E / 39.96639; 66.48611 G O

Aholisi: 218,431 ming kishi (2013.01.01.). Shundan shahar joylarda 64,447 kishi, qishloq joylarda 154,043 kishi yashaydi. Aholisi asosan oʻzbeklar shuningdek rus, tojik, koreys, ukrain, tatar, arman va boshqa millatlar yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km.kv ga 303.3 kishi.

Mamuriy tuzilishi tahrir

Tumanda 1ta shahar (Ishtihon), bir shaharcha (Mitan), 9 ta qishloq fuqarolari yigʻini (Azamat, Zarband, Ravot, Fayziobod, Xalqobod, Chordara, Oʻrtaqishloq, Qurli, Haqiqat), 12 ta shahar tipidagi pasyolkalar (Mitan, Azamat, Damariq, Baxrin, Qirqyigit, Odil, Sugʻot, Halqobod, Shayxislom, Shayxlar, Yangirobot, Yangikent).62 ta mahalla fuqoralar yigʻini, shundan 11 tasi shahar mahallalar, 169 ta qishloq aholi punktlaridan iborat .

Tarixi tahrir

Ishtihon Zarafshon vodiysidagi qadimgi shahar boʻlib, Oqdaryo va Qoradaryo oraligʻidagi Miyonqol orolida joylashgan. Barpo boʻlgan yili nomaʼlum, ilk feodalizm davrida mustaqil hokimlik markazi boʻlgan. Keyinchalik Soʻgʻdiyona tarkibiga kirgan. Samarqand arablar tomonidan bosib olingach, soʻgʻd ishxitlari Ishtihonga kelib poytaxt qilgan. Aynan „Ishtihon“ nomi ham "ishxit hon " soʻzidan kelib chiqqan. X asrda Ishtihon qaʼla, shahriston va rabotdan iborat katta shahar boʻlgan. Tarixda savdo -sotiq rivojlangan, atrofi bogʻlar, qishloqlar, dalalar bilan oʻralgan. Ishtihonga Zarafshon daryosidan kanal orqali suv kelgan. Keyinchalik Ishtihon shahri xarobaga aylanib, uning oʻrnida Ishtihon qishlogʻi paydo boʻlgan, Ishtihon tumani 1943-yil 18-mayda Oqdaryo tumanining Boday, Shayxlar, Oʻrtaqishloq, Qatagʻon, Qoradaryo tumaninning Tallizigʻir, Sarbozor, Oqtepa, Sugʻot, Tarvuztavoq, Gadoytopmas qishloq kengashlaridan tashkil etilgan. Tuman tarkibiga oʻsha paytda jami 11 ta qishloq kengashi, 42 ta j/x kiritildi. Ishtihon tumanida tarixiy oʻlkashunoslik muzey 1979-yil 18-mayda ochilgan. Muzey 4 ta zaldan iborat; oʻlkashunoslik zali, tarix zali, etnografik zali va mustaqillik zali boʻlib, muzeyda 1315 ta eksponat saqlanmoqda.

Tabiati tahrir

lmiy tadqiqot qadimiy Miyonqol vohasida, Zarafshon daryosining ikki tarmogʻi — Oqdaryo va Qoradaryo oraligʻida joylashgan. Shim. qismi adir va qirlardan iborat. Nurota togʻlarining janubiy yon bagʻridagi tekislik bilan tutashgan. Tuman hududidan Miyonqol, Qorasuv, Xatirchi, Yangikent, Xonming kabi kanallar oʻtadi. Ekin maydonlari Yangikent va Xoʻjaariq kanallaridan sugʻoriladi.

Iqlimi kontinental. Vegetatsiya davri 120-150 kun. Yillik yogʻin 350 mm. Oʻrtacha temperatura iyulda 27°, yanvarda-1,9°. (1969-yilda eng past temperatura — 27° qayd etilgan). Tuproqlari tipik boʻz, allyuvial oʻtloq, oʻtloqi va oʻtloqi-bot-qoq tuproqlar. Yovvoyi oʻsimliklardan yantoq, oqquray, jiyda, doʻlana, chakanda, zira, chuchukmiya va boshqalar oʻsadi. Hayvonlardan boʻrsiq, boʻri chiyaboʻri, tulki, quyon, qushlardan tustovuq, bedana, qorabovur, turna, laylak uchraydi.

Sanoati tahrir

Tumandagi korxonalar mahalliy xom ashyoni qayta ishlashga ixtisoslashtirilgan. Paxta tozalash zavodi (Mitan), gʻisht, konserva zavodlari, „Alnosir“ qoʻshma korxonasi mavjud, 138 kichik va xususiy korxona, firma va aksiyadorlik jamiyatlari faoliyat koʻrsatadi. Tuman hududidan Toshkent — Buxoro avtomobil yoʻli (40 km) oʻtadi. Ishtixon — Kattaqoʻrgʻon, Ishtixon — Mitan — Oqtepa va boshqalar yoʻnalishlarda avtobus qatnovi yoʻlga qoʻyilgan.

Xoʻjaligi tahrir

Tuman qishloq xoʻjaligida paxtachilik asosiy oʻrin egallaydi. Tuman shirkat, dehqon-fer-mer xoʻjaliklari gʻallachilik, pillachilik, chorvachilik, bogʻdorchilik, polizchilik, sabzavotchilik bilan ham shu-gʻullanadi. Paxta 11,7 ming ga, gʻalla 7,0 ming ga maydonga ekiladi, qariyb 1,5 ming ga tokzorlar bilan band. Tumanda 21 shirkat va ijara xoʻjaligi, fermerlar uyushmasi bor. Tuman shirkat va shaxsiy xoʻjaliklarida qoramol, qoʻy va echki boqiladi. Ilmiy tadqiqotda 100 ga yaqin umumiy taʼlim maktabi, 60 dan ziyod jamoat kutubxonasi, 30 ga yaqin klub, bir necha madaniyat uylari, muzey, madaniyat va istirohat bogʻi bor. Ishtixonda tuman markaziy kasalxonasi (570 oʻrin, 305 vrach, Mitan shaharchasida filiali bor), 24 qishloq vrachlik punkti, qishloq vrachlik ambulatoriyalari, poliklinikalar xizmat koʻrsatmoqda. „Mingyongʻoq“ sanatoriysi mavjud. 1934-yildan „Ishtixon ovozi“ tuman gaz. chiqadi (adadi 2300).

Diqqatga sazovor joylari: tahrir

POLVON OTА ZIYORАTGOHI

Ishtixon tumani Mitan qoʼrgʼonida joylashgan “Polvon Ota” jome masjidi ziyoratgoh-qadamjo hisoblanadi. Eski masjidning qachon qurilganligi maʼlum emas. Hozirgi binosi 1989-1990 yillarda hashar yoʼli bilan barpo etilgan. Masjidning shimol tarafida “Polvon Ota” (Аhmad Zamjiy) maqbarasi joylashgan. Maqbara eskidan mavjud boʼlib, oldingi holati kichik va pastkam ikkita binodan iborat chilla xona va maqbaradan tashkil topgan edi. Bu imorat ham 2001-2002 yillarda buzib tashlanib, pishiq gʼishtdan yorugʼ va koʼrkam qilib qayta qurilgan. “Polvon Ota” (Аhmad Zamjiy) kim boʼlgani va qachon, qaerda tugʼilib, vafot etgani nomaʼlum. Mazkur maqbara mahalliy xalq tomonidan eʼzozlanib, ziyorat qilinadi. Masjidning oʼzida “Polvoni Аhmad Zamjiy daftari soniy” nomli eski oʼzbek yozuvidagi kitob saqlanib, unda asosan jangnoma voqealari bayon etilgan. Аhmad Zamjiy Hazrat Аli (karramallohu vajhah)ning oʼgʼli Muhammad Hanafiyning nabirasi boʼlgan. Аbu Muslim Kutayba bilan zamondosh boʼlib, janglarda yelkadosh boʼlgani aytiladi. Qabri Mitan qoʼrgʼonidan tashqari Xivada ham borligi, Аhmad Аbdol deb atalishi rivoyat qilinadi. Vafotidan soʼng jasadi turli shahar shohlari tomonidan talash boʼlganligi uchun vasiyatiga binoan yetti dona tobut yasatilib yetti tomonga berib yuboriladi va tobut ochilganda hammasida jasadlari borligi maʼlum boʼladi. Xalq tomonidan aytilgan qisqacha maʼlumot shulardan iborat boʼlib, aniq, ilmiy asoslangan maʼlumot mavjud emas.[2]

Manbalar tahrir