Loyish
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Loyish — Oʻzbekiston Respublikasi Samarqand viloyati Oqdaryo tumanidagi shaharcha (1984-yildan). Tumanning maʼmuriy markazi. Viloyat markazi hamda yaqin temir yoʻl stansiyasi Samarqanddan 36 km. Aholisi 11,5 ming kishi (2002). Oqdaryodan suv oladi. Shaharchaning nomi uning joylashgan oʻrni bilan bogʻliq. Loyish qadimda Zarafshon daryosining tarmoqlari — Oqdaryo bilan Qoradaryo oraligʻidagi qamishzor va botqoqlik yerda vujudga kelgan, nomi shundan boʻlsa kerak deb taxmin qilinadi. Shaharchada tuman hokimiyati binosi, gʻisht, konserva zavodlari, qurilish tashkilotlari, aloqa boʻlimi, madaniy, savdo va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari, 1ta ixtisoslashtirilgan 2ta umumiy taʼlim, musiqa, maxsus internat maktablari, pedagogika kolleji, madaniyat uyi, markaziy kutubxona, stadion, madaniyat va istirohat bogʻi (bogʻda urushda shahid boʻlganlarga yodgorlik oʻrnatilgan), kasalxona va boshqa tibbiy muassasalar bor. Loyish hududidan Katta Zarafshon avtomagistrali oʻtadi.[1]
Loyish | |
---|---|
shahar | |
39°53′2″N 66°44′53″E / 39.88389°N 66.74806°E | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
viloyat | Samarqand viloyati |
tuman | Oqdaryo tumani |
Aholisi | 11 510 |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
|
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |