Juma — Oʻzbekiston Respublikasi Samarqand viloyatidagi shahar (1973 yildan). Pastdargʻom tumani markazi. 1893—96 yillarda temir yo'l stansiyasi qurilishi munosabati bilan vujudga kelgan. Shahar jan.dan Toshkent — Buxoro avtomobil yoʻli oʻtgan. Samarqand sh.dan 25 km shim.-gʻarbda. Aholisi 26 ming kishi (1999). Jumada paxta tozalash, tuzatish mexanika zavodlari, "Ilgʻor" k-ti, 2 ta MTP, avtomobil-avtobus parklari, don bazasi (tegirmoni bilan) bor. J.dan Toshkent, Samarqand, Kattaqoʻrgʻon va Qarshi yoʻnalishlari boʻyicha avtobus qatnaydi. J.da Eski Juma (1890) va Nurulislom (1993) jome macjidlari faoliyat koʻrsatadi. Shaharda 3 umumiy taʼlim maktabi, amaliy va tasviriy sanʼat litseyi, 300 oʻrinli q. x. kasb-hunar litseyi, yoshlar va oʻsmirlar sport maktabi, mehribonlik uyi, 3 kutubxona, 2 madaniyat uyi, madaniyat va istirohat bogʻi, 3 bogʻcha-gimnaziya, 1941—45 yillar urushi qatnashchilariga qoʻyilgan yodgorlik bor.[1]

Juma
shahar
39°42′58″N 66°39′51″E / 39.71611°N 66.66417°E / 39.71611; 66.66417 G OKoordinatalari: 39°42′58″N 66°39′51″E / 39.71611°N 66.66417°E / 39.71611; 66.66417 G O
Mamlakat Oʻzbekiston
viloyat Samarqand viloyati
tuman Pastdargʻom tumani
Aholisi
26 410
Vaqt mintaqasi UTC+5
Juma xaritada
Juma
Juma

ManbalarTahrirlash

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil