Bosh menuni ochish

Yetimxona — ota-onasiz va qarovsiz bolalar uchun ochilgan muassasa. Tarixiy maʼlumotlarga qaraganda Turkistondagi xonlik va bekliklarda ham Ye.lar boʻlgan. Xususan Qoʻqon xonligi arxiv materiallaridan topilgan "Sagʻira", "Qullar" deb nomlangan daftarlar shundan dalolat beradi. Bu daftarlarda Margʻilon bekligida sagʻira maktablari uchun sarflangan mablagʻlar haqida maʼlumotlar keltiriladi. 1918 y. Ye.lar yopilib, ota-onasiz va qarovsiz bolalar davlat tomonidan taʼminlanadigan va tarbiyalanadigan bolalar uylari tashkil etildi (qarang Mehribonlik uylari).[1]

ManbalarTahrirlash

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil