Temir yoʻl stansiyasi - temir yoʻl poyezdlarini joʻnatish va qabul qilish uchun moʻljallangan korxona. Unda temir yoʻl tarkibi va yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatiladi, yuk va bagajlar qabul qilinadi, ortiladi, tushiriladi, vagonlardan poyezdlar tuziladi va hokazo Vazifasiga qarab — oraliq, uchastka, saralash, yuklash va yoʻlovchilar chiqarish; ish hajmi va murakkabligiga karab — sinfsiz (ish hajmi katta va texnik jihozlanish darajasi yuqori boʻlgan) va 1 — 5sinfli xillarga boʻlinadi. Transport yoʻlis. tarkibiga yoʻllar, vokzallar, xizmattexnika binolari, platformalar, saralash tepaligi, aloqa turlari va boshqa kiradi.[1]

Temir yoʻl stansiyasi

Manbalar

tahrir
  1. "Temir yoʻl stansiyasi" OʻzME. T-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil