Avtobus 8 kishidan koʻp joyga ega va yoʻlovchi tashish uchun moʻljallangan avtomobildir. Avtobusda odatda yoʻlovchilardan tashqari haydovchi va chiptachi ham boʻladi (lekin ba’zi avtobuslarda chiptani komposterdan olish mumkin; serqatnov yoʻlda haydovchisiz harakatlana oladigan transport vositalari ustida ham ish ketmoqda).

Benz-Omnibus, 1896-yil
Mercedes-Benz O345 Concto U avtobus, Toshkent, Oʻzbekiston, 2013-yil

Avtobus (avto (mobil) va lot. (omni) dus – hamma uchun) – 9 va undan ortiq oʻrinli yoʻlovchilar tashiydigan avtomobil. Vazifasiga koʻra, shahar A.lari, shaharlararo A.lar, shahar atro-fi A.lari va maxsus A. larga boʻlinadi. Shahar A.lari aholi yashaydigan punktlarda, shaharlararo A.lar aholi yashay-digan punktlar orasida yoʻlovchilarni tashiydi. Maxsus A.lar sayyoxlar, dam oluvchilar, samolyotga chiquvchilar, ay-rim idoralar va boshqa uchun moʻljallangan. Shaharlararo A.da yukxona boʻladi va oʻrindiqlari uxlab ketish uchun mos-lashtiriladi. A.lar ikki qavatli qilib ham ishlanadi. A.lar qishda isitiladi, yezda esa shamollatib turiladi. A.lar 110 km/soat gacha tezlik bilan yura oladi. A.ning oʻlchami (uzunligi) 5 m dan ( mikroavtobuslar) 24 m gacha (qoʻsh A.lar). Oʻzbekistonda avtobus ishlab chiqarish istiqlol yillaridagina yoʻlga qoʻyildi.1999-yildan Samarqand shahridagi "Sam-KochAvto" qoʻshma korxonasida shaharlararo qatnashga moʻljallangan M 23.9 (23 oʻrindikli; dvigatelining quvvati 65 kVt, maksimal tezligi 95 km/soat) va M 29 (29 oʻrindiqli; dvigatelining quvvati 84,6 kVt, maksimal tezligi 105 km/soat) rusumli, shuningdek shahar ichida qatnashga moʻljallangan M 24.9 (23 oʻrindiqli, dvigatelining quvvati 65 kVt, maksimal tezligi 95 km/soat) ru-sumli A. ishlab chiqariladi. Yana qarang Avto-mobil, Avtomobil sanoati.[1]

EtimologiyasiTahrirlash

Avtobus atamasi avtomobil hamda lotincha omnibus – "har yerda" soʻzlaridan qisqartmadir.

ShuningdekTahrirlash

ManbalarTahrirlash

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil