Qrim tatarlar (qrim tatarcha: qırımtatarlar, къырымтатарлар) — tarixan Qrimda yashagan xalq. Turkiy tillarning, oltoy oilasiga mansub qrimtatar tilida soʻzlashadi. Qrimtatarlarning koʻpchilik qismi xanafiy mashabiga mansub sunniylardan.

KoʻchirishTahrirlash

1944-yilning 18-may kuni Sovet Ittifoqi rahbari Iosif Stalin Qrimdagi tatarlar xalqini yoppasiga Oʻzbekistonga koʻchirish haqida buyruq chiqaradi. Sabab sifatida ularning urush payti bosqinchilarga koʻmak bergani koʻrsatiladi.[1]

„Ikkinchi jahon urushi davrida sovet hukumati bir millionga yaqin musulmonni, oʻz fuqarolarini Markaziy Osiyoga, Oʻzbekiston, Qozogʻiston va Ural togʻlariga surgun qiladi“, — deya oʻsha davrlarni eslaydi amerikalik tarixchi Inji Bouman.

Bouman xonim Turkiyda tugʻilib oʻsgan qrim tatarlaridan. Uning ota-bobolari hozir Ukraina tarkibida boʻlmish Qrim oʻlkasida yashagan. Tadqiqotchining aytishicha, turkiy xalqlarning chegara hududlaridan haydalishi ortida aslida Stalinning bosqinchilik siyosati yotibdi.

„Rasmiy sabab sifatida ularning bosqinchi kuchlar bilan hamkorlik qilgani koʻrsatiladi. Maʼlumki, urush davomida Qrim ikki yarim yil natsistlar nazorati ostida boʻlgan. Aslida Stalin 1945-yilning fevral oyida Turkiyaga qarashli Qora Dengiz boʻgʻozini bosib olish niyatida boʻlgan. Shuning uchun u turkiy xalqlarni bu hududdan koʻchirishga qaror qilgan“, — deydi olima.

Qrim tatarlari uchun surgun hukmi kutilmaganda eʼlon qilindi. Tong saharda askarlar eshikma-eshik yurib barchani zudlik bilan uylarini tark etishga buyurdi.

„Tong soat 3-4 larda 30 ming askar qrim tatarlarini koʻchirish uchun safarbar etildi. Ular eshik qoqib, har bir odamga tayyorlanish uchun 15-20 daqiqa vaqt berdi. Erkaklarning deyarli barchasi frontda edi. Uyda, asosan, ayollar va yosh bolalar boʻlgan“, — deydi tarixchi.

Inji Boumanning aytishicha, qrim tatarlarining 45 foizi koʻchish paytida va quvgʻinning dastlabki uch yilida halok boʻlgan.

OqlanishTahrirlash

Stalin vafot etgach, xoinlikda ayblangan xalqlarning deyarli barchasi oqlandi. Ularning oʻz yurtlariga qaytishlari uchun ruxsat berildi. Ammo qrim tatarlari uchun bu orzuning ushalishi qiyin kechdi. Ulardan sotqinlik aybi olib tashlansa ham, vatanlariga qaytish ruxsati berilmadi.

„Nihoyat, 1967-yilda sovet hukumati qrim tatarlariga qoʻyilgan xoinlik aybini olib tashlash haqida farmon chiqardi. Ammo ularning yurtlariga qaytishiga ruxsat berilmadi. Oʻz xohishi bilan qaytgan ayrimlar qayta deportatsiya qilindi“, — deya hikoya qiladi tatar tarixchisi.

Sovet Ittifoqi qulagach, nihoyat, qrim tatarlariga ham oʻzlarining tarixiy vatanlariga qaytish imkoni berildi. Ammo Ukrainada ularni yengil hayot kutmayotgan edi.

„Ular koʻp qurbonliklar qilishlariga toʻgʻri keldi. Chunki ularning aksariyati Oʻzbekistonda uy va ish joylariga ega edi. Shunga qaramay, vatanga boʻlgan muhabbatlari tufayli Qrimga qaytishga qaror qilishdi. Bu juda noyob hodisa. Qrimda ular ilgari sayyohlik imkoniyatlari yuqori boʻlgan sohil boʻylarida yashagan. Ammo qaytib kelishgach, mahalliy aholi ularning bu hududlarga joylashishiga yoʻl qoʻymadi. Aksariyati mamlakat ichkarisiga koʻchishga majbur boʻldi“, — deydi Bouman.

ManbalarTahrirlash

  1. „Қрим татарлари тарихидан“. 17-dekabr 2014-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 17-dekabr 2014-yil.