Anti-tatar kayfiyati yoki tatarofobiya (ruscha: Татарофобия) Volga, Sibir va Qrim tatarlari, shuningdek tatarlar deb ataladigan odamlardan qo'rqish, ularga nisbatan nafrat, ularga nisbatan noto'g'ri qarashni anglatadi. Bu, asosan, sovet ommaviy axborot vositalarining uzoq yillik targ`ibotida ularni faqat salbiy ko'rinishda tasvirlash hamda ularni deportatsiya qilish va marginallashtirishni siyosiy asoslash uchun salbiy stereotiplarni targ'ib qilish amaliyoti natijasidir.

Qrim tatarlariga qarshilik

tahrir

Sovet davri

tahrir

1944-yil may oyida Qrim tatarlari deportatsiya qilinganidan so'ng, hukumat qrim tatarlariga nisbatan salbiy stereotiplarini kuchli targ'ib qildi va ularni “sotqin”, “burjuaziya”, “aksil-inqilobiy” kuchlar deb e’lon qilib, Qrim yarim oroli bilan tarixiy aloqasi boʻlmagan “moʻgʻullar” deb yolgʻon ko`rsatma berdi. Partiya a'zolarining siyosiy tashviqoti deportatsiya qilingan fuqarolarga nisbatan noxush kayfiyatni shakllantirdi va Qrimda ham qrim-tatarlarga qarshi kayfiyatni targ'ib qilish uchun konferentsiyalar o'tkazildi. 1944-yilda deportatsiya qilinganidan keyin yarim orolni rasman detatarizatsiya qilinib, ilgari tatar nomlari bilan atalgan minglab qishloqlar yangi ruscha nomlar oldi. Oʻrta Osiyoda deportatsiya qilingan qrim-tatarlar “maxsus koʻchmanchilar” rejimida yashagan, bu esa ularni boshqa sovet fuqarolari ega boʻlgan koʻplab fuqarolik huquqlaridan mahrum qilgan va kichik bir chegarada ushlab turilishiga sabab boʻlgan. Qrim-tatarlarning fuqarolik huquqlari uchun kurash harakatida ishtirok etgan insonlar "maxsus ko'chmanchilar" va aparteid qurbonlari bilan Isroil ishg'oli ostidagi falastinliklar boshdan kechirayotgan sharoitlar o'rtasida kuchli o'xshashlik borligini bir necha bor qayd etgan.[1][2][3]

Hozirgi zamonda

tahrir

Zamonaviy jamiyatda tatarofobiya o'tmishdagidan ko'ra ko'proq bahs-munozaralarni keltirib chiqarmoqda. Rasmiy ravishda davlat tomonidan boshqariladigan muassasalar bo'lmasa-da, salbiy qarashlar butun hukumat va jamiyatda saqlanib qolmoqda. Rossiya konsuli Vladimir Andreev Qrim-tatarlarning ikki karra Sovet Ittifoqi Qahramoni Ametxon Sulton haqidagi " Haytarma " filmining namoyishiga taklif etilgan Rossiya fuqarolaridan unda qatnashmaslikni talab qilgani bunga yaqqol misol bo'la oladi. Andreyev filmda asl qrim-tatar aholisi tasvirlanmagani yetarlicha salbiy mazmun berishini ta'kidlasa-da, keyinchalik aslida filmni ko`rmaganini tan oladi. Andreey film rejissori qrim-tatar boʻlgani uchun uni tarixan noto'g'ri film deb hisoblaganini aytgan.[4][5]

Turli tatar xalqlariga nisbatan munosabatlarga nazar tashlar ekanmiz, ularning butunlay o`zgacha manzara kasb etishiga guvoh bo`lamiz. Qrim tatarlariga nisbatan propaganda bilan shug`ullanuvchilar o`z vaqtida Volga tatarlari uchun o`zlarini do`stdek tutishadi. Bundan asosiy o`rinlarda Qrim tatarlariga nisbatan propaganda quroli sifatida ham foydalanib kelishadi. Biroq munosabatlar tarixining asl ildizlari Qrim tatarlari nimagadir moyilliklarida emas, balki boshqa jihatlarga borib taqaladi. Sovetlar davrida Qrim tatar fuqarolik huquqlari kurashchilari Qrimda o`z muxtoriyatlarini tiklash haqidagi iltimoslariga rad javobi berishib, qrim-tatar tili qozon-tatar tilidan tubdan farq qilishiga qaramay, Tataristonda avtonom viloyat tashkil etishni taklif qilishadi. Bu esa o`z navbatida Qrim-tatar rahbariyatini haqorat qilish bilan barobar edi.[6][7]

Volga tatarlariga qarshilik

tahrir

Tarixan Volga tatarlari Rossiya va Sovet Ittifoqida " namunali ozchilik " sifatida maqtovga sazovor boʻlgan va Qrim tatarlariga qaraganda ancha yaxshi munosabatda bo'lib kelingan. Shunga qaramay, Volga tatarlariga nisbatan noto'g'ri qarashlar mavjud boʻlgan va rus millatchilari tomonidan Tataristonni detatarizatsiya qilishga urinishlar boʻlgan.[8][9] 2007-yilda Sankt-Peterburgga ishlash uchun ketayotgan tatar yigit bir guruh odamlar tomonidan pichoqlab o'ldiriladi. Tatar jamiyati qotillik irqiy sabab va islomofobiya oqibati ekanini ta'kidlaydi.[10] Elmira Abdrazakova 2013-yilda “Rossiya goʻzali ” unvoniga sazovor boʻlganidan soʻng, u irqiy haqoratlarga uchradi.[11]

Manbalar

tahrir
  1. Appazov, Refat. Следы в сердце и в памяти. Simferopol: Dolya, 2001. 
  2. „Ablyazov, Emir (8 December 2017). "Четыре обыска Юрия Османова". goloskrimanew.ru. Retrieved 2020-12-03.“.
  3. The Ukrainian Quarterly (en). Ukrainian Congress Committee of America., 2004 — 54-bet. 
  4. Uehling, Greta (2015). „Genocide's Aftermath: Neostalinism in Contemporary Crimea“. Genocide Studies and Prevention. 9-jild. 3–17-bet. doi:10.5038/1911-9933.9.1.1273.
  5. Izmirli, Idil (16-iyun 2013-yil). „Russian consul general to Crimea resigns following offensive comments“ (PDF). The Ukrainian Weekly. 2-bet.{{cite magazine}}: CS1 maint: date format ()
  6. Chernykh, Aleksandr. Татары Перми: история и культура (ru). Saint Petersburg: Санкт-Петербург Mametov, 2015 — 65-bet. ISBN 9785040071074. OCLC 978278427. 
  7. „Eminov, Ruslan (27 January 2016). "Национального Движения Крымских Татар (Попытка краткого анализа участника движения)". litsovet.ru.“.
  8. Halim, Aydar. Убить империю!: Кипарис домой вернулся, или, "Хотят ли русские войны" (ru). Kazan: Kalkan, 1997 — 319-bet. ISBN 978-5-87898-118-7. OCLC 605977944. 
  9. USAK Yearbook of International Politics and Law 2010, Vol. 3 (en). USAK Books, 2008 — 373-bet. ISBN 9786054030262. OCLC 1030115376. 
  10. „"Tatars Say St. Petersburg Murder Was Racist Attack". RadioFreeEurope/RadioLiberty. 13 July 2007. Retrieved 2020-11-01.“.
  11. „Kurmasheva, Alsu (5 May 2013). "Ethnic Tatar Miss Russia Winner Targeted By Ethnic Slurs On Internet". rferl.org.“.