Yevpatoriya — Ukrainaning Qrim Respublikasidagi shahar (1784-yildan), Qora dengizdagi port. Simferopoldan 64 km shimoliy gʻarbda. Temir yoʻl stansiyasi. Aholisi 110 ming kishidan ziyod (1990 yillar oʻrtalari). Dengiz boʻyi iqlimiy va balneobalchiq (asosan bolalar) kurorti. Oziq-ovqat (sut, baliq va boshqalar) sanoat korxonalari, mexanika zavodidi bor. Hozir Yevpatoriya oʻrnida mil. av. 6—2-asrlarda yunonlarning Karkinitid koloniyasi boʻlgan, soʻngra uni skiflar egallab olgan. 16— 17-asrlarda turklarning Gezlov qalʼasi. Rossiya Qrimni bosib olgach, Gezlov 1784-yidan Yevpatoriya deb ataldi. Jome masjidi (1552, Xoja Sinon) saqlangan[1].

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil