Mustafo Abduljemil Jemilev (qrim tatarcha: Mustafa Abdülcemil Cemilev, ukraincha: Мустафа Джемілєв; 13-noyabr 1943-yil , Ai-Serez, Qrim ASSR, RSFSR, SSSR) — sovet inson huquqlari faoli va dissidenti, ukrainalik siyosatchi, Qrim-tatar milliy harakati yetakchilaridan biri, 19912013-yillarda Qrim-tatar xalqi majlisi raisi boʻlgan[1].

Mustafo Abduljamil Jemilev
 Ukraina Prezidentining Qrim-tatar xalqi ishlari boʻyicha komissari
 
Mansab davri
2014-yil 20-avgust – 2019-yil 18-may
 III - V va VI - IX chaqiriq Ukraina xalq deputati
 
Mansab davri
1998-yil 12-may – 2007-yil 15-iyun
 Qrim-tatar xalqi majlisi raisi
Mansab davri
1991-yil 6-iyul – 2013-yil 27-oktyabr
Oʻtmishdoshi Yangi tashkil etilgan
Vorisi Refat Chubarov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 13-noyabr 1943-yil (1943-11-13) (81 yosh)
Mijrichchia, Qrim ASSR, RSFSR, SSSR
Siyosiy partiyasi Yevropa birdamligi (2014-yildan beri)
Bolalari Bir qizi, ikki oʻgʻli
Kasbi Dissident, huquq himoyachisi, siyosatchi
Dini Sunniy Islom
Mukofotlari

5-darajali Knyaz Yaroslav Mudriy ordeni


Siyosiy qarashlari va antisovet faoliyati tufayli Jemilev universitetdan haydalgan va yetti marta bir necha aybdorlik ishlari bilan sudlangan. Hammasi boʻlib u oʻn besh yil qamoqda oʻtirdi. 1966—1967, 1969—1972, 1974—1975, 1975—1976, 1983—1986-yillarda mahbus boʻlgan va 1979—1982-yillarda Yakutiyada boʻlinmada xizmat qilgan. SSSRda inson huquqlarini himoya qilish tashabbuskor guruhining asoschilaridan biri va aʼzosi. Ukraina mustaqilligi eʼlon qilinganidan keyin Jemilev Ukraindagi siyosiy jaroyonlarga qoʻshildi. 1998-yildan — Ukrainaning III, IV, V, VI, VII, VIII va IX chaqiriq xalq deputati, bir necha oʻnlab qonun loyihalari muallifi, Ukraina Oliy Radasining Inson huquqlari, milliy ozchiliklar va millatlararo munosabatlar qoʻmitasi aʼzosi (1998-yildan), deportatsiya qilingan xalqlar, milliy ozchiliklar va siyosiy qatagʻon qurbonlari masalalari boʻyicha qoʻmita raisi (2003—2007), etnosiyosat, Ukrainadagi mahalliy xalqlari va milliy ozchiliklarining huquqlari, siyosiy qatagʻon qurbonlari boʻyicha quyi qoʻmita raisi (2012-yil dekabrdan) vazifalarini bajargan.

2014-yilgi Qrim voqealari paytida Jemilev Ukrainaning hududiy yaxlitligini qoʻllab-quvvatlagan va Qrimning maqomi boʻyicha referendumni tan olmadi. 2015-yil oxirida u yarimorol blokadasi tashkilotchilaridan biri sifatida harakat qildi[2].

Biografiya

tahrir

Mustafo Jemilev 1943-yil 13-noyabrda Qrimning nemislar tomonidan bosib olinishi davrida Qrim ASSRning Sudak viloyatidagi Ay-Serez (hozirgi Mesopotamiya) qishlogʻida tugʻilgan[3].

1944-yil 18-mayda Jemilevlar oilasi butun Qrim-tatar xalqi bilan birgalikda Qrimdan Oʻzbekiston SSRga deportatsiya qilindi. Jemilev oʻn ikki yoshigacha oilasi bilan Andijon viloyatida maʼmuriy nazorat ostida yashagan. 1955-yilda ular Andijon shahriga koʻchib oʻtadilar, keyingi yili esa oliasi bilan Mirzachoʻlga (hozirgi Guliston shahriga) koʻchib keladi. Mustafo 1959-yilda oʻrta maktabni tugatib, Oʻrta Osiyo davlat universitetining Sharq fakultetiga (boshqa maʼlumotlarga koʻra, arab tili va adabiyoti fakulteti) oʻqishga kirishga harakat qildi, biroq qrim tatarlarini oʻsha davrda universitetga qabul qilishda norasmiy taqiqlangani sababli, universitetga kirish muvaffaqiyatsizlikka uchradi.

Universitetga kirish muvaffaqiytasiz yakunlangach keyinchalik Toshkentdagi aviasozlik zavodida tokar, mexanik keyinchalik esa elektromontyor boʻlib ishladi.

1962-yilda bir necha urinishdan soʻng Jemilev Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligi melioratsiyasi muhandislari institutiga oʻqishga kirdi. 1965-yilda u „millatchi“ „XIII-XVIII asrlarda Qrimdagi turkiy madaniyatning qisqacha tarixiy tavsifi“ asari va Qrim tatarlarining deportatsiyasini tanqid qilgani uchun oʻqishdan haydalgan.

1966-yil may oyida u harbiy hizmatga chaqirildi, ammo xizmat qilishdan bosh tortdi va buning uchun 1,5 yil qamoq jazosiga hukm qilindi, 1967-yil noyabr oyida ozod qilindi[4].

Inson huquqlari boʻyicha faoliyat

tahrir

1969-yilda yangi tashkil etilgan „SSSRda inson huquqlarini himoya qilish boʻyicha tashabbus guruhi“ning asoschilaridan biri boʻldi.

1969-yil sentyabrida „Sovet davlati tuzmi va jamiyat hayotini obroʻsizlantiradigan hujjatlarni tuzgan va tarqatgan“lik aybi bilan hibsga olingan va 1970-yil 12-yanvarda Toshkent sudida uni 3 yilga ozodlikdan mahrum qildi.

1972-yilda ozodlikka chiqgach, sovxozda muhandis boʻlib ishlagan.

1974-yil iyun oyida u harbiy tayyorgarlikdan boʻyin tovlaganlikda ayblanib, hibsga olinib, bir yilga ozodlikdan mahrum etildi. 1975-yilda qamoq muddati tugashiga uch kun qolganida mahkumlar orasida sovet davlati va jamiyat tuzumini obroʻsizlantiradigan uydirmalarni tarqatish aybi bilan unga qarshi yangi jinoiy ish qoʻzgʻatildi. Norozilik sifatida u ochlik eʼlon qildi, ammo naycha orqali majburan oziqlantirilgan xolatida bu oʻn oy davom etdi. 1976-yil aprel oyida Omsk viloyat sudi uni 2,5 yilga ozodlikdan mahrum qildi. Bu sud jarayoni Andrey Saxarov xotiralari kitobida tasvirlangan[5][6].

1977-yil dekabr oyida ozodlikka chiqib, Toshkent shahrida yashagan.

1979-yil fevral oyida u jamiyatdagi maʼmuriy nazorat qoidalarini qasddan buzganlikda ayblanib hibsga olingan edi. U toʻrt yilga Yakutiya surgunga hukm qilindi.

1983-yil fevral oyida u surgundan ozod qilindi va xotini va bolasi bilan Qrimga koʻchib oʻtdi, lekin uch kundan keyin u yerdan ham haydalib, Yangiyoʻl shahriga kelib yashadi, mexanik sifatida faoliyat olib boradi. U Musa Mamut nomidagi Qrim tatarlari tashabbus guruhining noqonuniy axborot byulleteni nashr qilishni boshladi.

1983-yil noyabr oyida u beshinchi marta hibsga olindi va sovet davlat tuzumini obroʻsizlantiradigan hujjatlarni toʻplash va tarqatish, shuningdek, Qrimda oʻlgan otasini dafn etishga urinayotganda tartibsizliklarni rejalashtirish va uyushtirishda ayblangan. Toshkent viloyati sudi tomonidan u 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi. 1986-yilda unga nisbatan qamoqda saqlash joylari maʼmuriyatining qonuniy talablariga qasddan boʻysunmaslik aybi bilan yangi jinoiy ish qoʻzgʻatildi. 1986-yil dekabr oyida Magadan viloyati, Uptar qishlogʻida boʻlib oʻtgan sudda u uch yil shartli qamoq jazosiga hukm qilindi va sud zalidan ozod qilindi.

1987-yil aprel oyida Toshkentda boʻlib oʻtgan Qrim-tatar milliy harakati tashabbus guruhlarining birinchi Butunittifoq konferensiyasida u harakatning markaziy tashabbus guruhiga saylandi[4].

NDKT va OKND oʻrtasidagi qarama-qarshilik

tahrir

Yuriy Bekirovich Osmonov boshchiligidagi Qrim tatarlarining ancha konservativ Milliy harakati va Mustafo Jemilev boshchiligidagi OKND guruhlari oʻrtasida jiddiy, fundamental kelishmovchiliklar mavjud edi. NDKT Leninning 1921-yilgi farmoni bilan Qrim ASSR milliy davlatchiligini tiklashdan manfaatdor edi va SSSR partiya va davlat rahbariyatining yordamiga umid bogʻladi, OKND esa sovet tuzumiga keskin qarshilik koʻrsatdi va oʻz milliy davlatchiligini yaratishga umid qildi. Bu kelishmovchiliklar birinchi navbatda milliy harakatning boʻlinishiga, soʻngra 1991-yildan soʻng milliy harakatning siyosiy maydondan deyarli yoʻq qilinishiga olib keldi[7][8].

Milliy kurashning maqsad va usullari haqida ikki yetakchining qarashlari butunlay boshqacha edi. OKND zudlik bilan millatchilik mafkurasini qabul qilib, radikal harakatlarga kirishdi. Qrimdagi yerlarni egallab olishga tayyorgarlik koʻrish, hokimiyat va huquqni muhofaza qilish organlariga qarshi turish va hokazo amalga oshirish zarur edi. Qurultoyda shuningdek Qrimda Qrim tatarlarining milliy davlatini yaratishni yakuniy maqsad deb eʼlon qildi, barcha yer va suvlar faqat Qrim-tatar xalqining mulki ekanligini taʼkidladi va aslida Qrimning boshqa barcha aholisini noqonuniy musofirlar va ikkinchi darajali fuqarolar deb hisoblashdi. Qurultoy harakatni boshqaradigan maxsus organ — Qrimning millatchi hukumati sifatida harakat qila boshlagan Qrim-tatar xalqi majlisini tuzdi. NDKT, aksincha, Qrim-tatarlarning tarixiy vatanlariga qaytishi xalq uchun yangi fojiaga aylanib qolmasligi, qonli toʻqnashuvni qoʻzgʻatmasligi uchun yoʻl topishga harakat qildi. Yuriy Osmonov radikal muxoliflarni bir lahzalik siyosiy muvaffaqiyatga intilayotganlikda aybladi, buning natijasida qrim tatarlari oʻz yerlarida chaqirilmagan mehmonga aylanishi mumkinligini hisobga olgan edi. U OKNDdagi raqiblari oʻz xalqining kelajagi haqida qaygʻurishdan koʻra koʻproq hokimiyatga oʻrnashish va foyda olish istagida ekanligiga amin edi[9].

Ikki rahbar va ularning tashkilotlari oʻrtasidagi munosabatlarda keskinlikni keltirib chiqaradigan ya na bir holat bor edi: Osmonov Jemilevni KGB agenti deb hisoblagan va bu harakatni parchalash va yoʻq qilish uchun kiritilgan va shuning uchun har qanday imkoniyatda „provokator“ni fosh qilishga harakat qilgan. Majlis tarafdorlari ham tushkinlikk tushib qolmay, Osmonovning ruhiy kasal ekanlig haqida mish-mish tarqatishdi[9]. Ayni paytda Jemilev harakatning radikal qanoti rahbari sifatida nafaqat Qrim tatarlarining katta qismidan, balki Gʻarbda — ayniqsa Turkiya tarafidan ham qoʻllab-quvvatlandi va u yerda milliy qahramon sifatida qabul qilindi. Jemilev sharafiga turk shaharlarining maydonlari va koʻchalari nomlandi va u uzoq vaqt davomida butun dunyo uchun Qrim-tatar harakatining yagona ramzi edi[9].

1990-yil oktyabr oyida Yuriy Osmonov Qrim viloyat ijroiya qoʻmitasining deportatsiya qilingan xalqlar qoʻmitasi raisi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi (hozirgi Reskomnatlarning prototipi). Osmanov qoʻmatini aslida noldan tashkil topishida himat qildi va faoliyatni boshlashida muhim oʻrin tutdi. Yuriy Osmonovning Qrimdagi siyosiy faoliyati unchalik muvaffaqiyatli boʻlmadi. U Qrim rahbariyati bilan kelgan qrim tatarlarini joylashtirish boʻyicha kelisha olmadi. 1991-yil mart oyida u Qrim maʼmurlari Qrim tatarlarini Qrimga deportatsiya qilingan joylardan qaytarish uchun SSSR byudjetidan ajratilgan mablagʻlarni suiisteʼmol qilishiga qarshi chiqqani uchun Deportatsiya qilingan xalqlar ishlari boʻyicha qoʻmitadan chetlashtirildi.

Jamoat va siyosiy faoliyat

tahrir
 
Mustafo Jemilev Ukraina Oliy Radasida, V. Chuprina surati, 2014-yil

1989-yilda Jemilev va uning oilasi Qrimga, Boqchasaroy shahriga qaytib keldi. Bundan sal avval u sirtdan Qrim-tatar milliy harakati (OKND) tashkiloti markaziy kengashining raisi etib saylangan edi. 1991-yil iyun oyida mahalliy hokimiyat koʻmagida Qrim-tatar xalqining Qurultoyi chaqirildi. Shu bilan birga, ushbu tashkilotning prezidiumi (ijro etuvchi organi) ham saylandi. 2013-yil noyabrigacha Qrim-tatar xalqi Majlisini Mustafo Jemilev boshqargan. Majlis rahbari sifatida u Qrimda yashovchi qrim-tatarlar orasidagi muxoliflarga, xususan, Milli Firka va Qrim tatarlari milliy harakati (NDKT) faollari hisoblangan Ismoil Gasprinskiy tarafdorlari[10][11] bilan ham kurashgan.

1990-yillarning oʻrtalarida Jemilev Ukraina Xalq Ruxi partiyasi (NRU) bilan yaqin aloqalar oʻrnatdi. 1998-yilgi parlament saylovlarida NRU partiya roʻyxati boʻicha Ukraina Oliy Radasining xalq deputati etib saylangan. 2002-yilgi saylovlarda Jemilev „Bizning Ukraina“ blokining saylov roʻyxati boʻyicha parlamentga kirdi, unga „Xalq Ruxi“ partiyasi ham kiradi. 2006-yilgi Ukraina parlament saylovlarida u yana „Bizning Ukraina“ partiyasidan Ukraina Oliy Radasining deputati boʻldi. 2007-yilgi saylovlarda Jemilev „Bizning Ukraina — Oʻzini oʻzi mudofaa“ xalq blokining saylov roʻyxati boʻyicha parlamentga saylandi. 2012-yilgi saylovlarda u „Batkivshchina“ partiyasi roʻyxati boʻyicha parlamentga kirdi va u yerda partiyasizlar roʻyxatiga safiga qoʻshildi[12]. Ukraina Oliy Radasida u oʻzini armanlar genotsidini inkor etishning murosasiz tarafdori sifatida koʻrsatdi, xususan, armanlar genotsidini Oliy Rada orqali tan olish toʻgʻrisidagi qonunni qabul qilishga urinishni keskin tanqid qildi[13].

2000-yillarning oʻrtalaridan beri u oʻzini Majlis rahbari lavozimidan ketish istagi haqida bir necha bor matbuotda gapirgan, ammo 2007-yildagi navbatdagi Qurultoyda isteʼfoga chiqishga urinish muvaffaqiyatsizlikka uchradi, sababi oʻzining va tarafdorlarini qoniqtirgan yagona nomzod edi. Jamilevdan soʻng Refat Chubarov 2013-yilning noyabr oyidan buyon parlament raisi lavozimida ishlab kelmoqda.

Yevropa birdamlik partiyasi nomidan 2019-yilgi navbatdan tashqari parlament saylovlarida qatnashgan (partiyaviy roʻyxatda 6-oʻrinda[14]).

Qrim inqirozi davridagi harakatlar

tahrir
2014-yil
  Tashqi mediafayllar

2014-yil bahorida Jemilev Qrimning Rossiyaga qoʻshilishiga keskin qarshi chiqdi, ammo bu boradagi tajribasi tufayli dastlab norozilik chaqiriqlaridan oʻzini tiyadi.

11-mart kuni u "Qrim Rossiya tarafidan anneksiya qilingan taqdirda, Rossiya bilan bir paytlar Chechenistonda boʻlgani kabi qonli toʻqnashuvlar vujudga kelish xavfi borligini aytdi[15].

12-mart kuni Jemilev Moskvada Tataristonning sobiq prezidenti Mintimer Shaymiyev bilan uchrashdi[16]. Bu yerda Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning tashabbusi bilan. Putin Jemilev bilan uzoq vaqt telefon suhbati oʻtkazdi, shundan soʻng Jemilev ommaviy axborot vositalariga, xususan, Vladimir Putin, uning soʻzlariga koʻra, Qrim tatarlari bilan haddan oshib ketmaslik haqida buyruq berganini aytdi[17]. Baʼzi ommaviy axborot vositalariga koʻra, xususan, Iryna Herashchenko, Jemilevning Qrim tatarlarini tinchlantirishdagi yordami evaziga Putin Mustafoning oʻgʻli Xayzerni ham qamoqdan ozod qilishga vaʼda berdi[18].

14-mart kuni NATO shtab-kvartirasida Yevropa tashqi harakatlar xizmati vakillari va NATO yetakchilari bilan uchrashgan Jemilev Qrimga BMT tinchlikparvar qoʻshinlarini joylashtirishga chaqirdi hamda yevropalik diplomatlar va NATO vakillarini yaqinlashib kelayotgan referendumdagi natijalarni hisobga olmaslikka chaqirdi[19]. 17-mart kuni Jemilev Izmirda oʻsha davrdagi Turkiya Bosh vaziri Rajab Toyyib Erdoʻgʻon bilan ham uchrashdi[20].

Qrim Respublikasi Rossiya tarkibiga kirgandan soʻng, Jemilev Rossiya hukumati unga Qrim hududiga kirishni taqiqlaganini aytdi[21].

31-mart kuni Litva va Ukraina tashabbusi bilan chaqirilgan BMT Xavfsizlik kengashining norasmiy yigʻilishida soʻzga chiqqan Jemilev maʼlum bir hududning oʻz taqdirini oʻzi belgilash masalasini faqat tub aholi hal qilish huquqiga ega ekanligini aytdi. Uning taʼkidlashicha, Qrimdagi referendumda haqiqiy ishtirokchilar bosqinchi hokimiyat daʼvo qilganidek, 82 foiz emas, atigi 32,4 foizni tashkil etgan[22].

Aprel oyi boshida Jemilev Turkiya hukumatidan Bosfor boʻgʻozini rus harbiy kemalari oʻtishi uchun yopish va turk flotini yarimorol qirgʻoqlariga joʻnatish, „bosqinchi oʻzini bunchalik ishonchli his qilmasligi uchun“ barcha choralarni koʻrish kerakligini aytdi. Turkiya tomoni esa bu qadamlarning birinchisi yuk tashish boʻyicha xalqaro shartnomalarga zid ekanligini, ikkinchisi esa NATO aʼzosi sifatida bu keskinlik kletirib chiqarishini aytib oʻtdi.

22-aprel kuni Mustafo Jemilev Qrimni tark etgach, 2019-yil 19-aprelgacha boʻlgan muddatga „Rossiya Federatsiyasiga kirishga ruxsat bermaslik toʻgʻrisida bildirishnoma“ ni taqdim etdi. 23-aprel kuni Simferopol shahrida boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida Rossiya Federal migratsiya xizmati (FMS) Qrim Respublikasida joylashgan vaqtinchalik guruhi rahbari oʻrinbosari, FMSning Novosibirsk viloyati boʻyicha boshqarmasi boshligʻi Yuriy Zvyagintsev „FMSning bu hodisaga aloqasi yoʻq“ligi haqida bayonot berdi[23].

Biroq, may oyining boshida Jemilev Qrimga kira olmadi. Moskva — Simferopol reysi bilan Qrimga borishga harakat qilgan Jemilev Kiyevdan Moskvaga keldi, biroq unga kirishga ruxsat berilmaganini aytib, pasport nazorati punkti orqali mamlakatga kirishga ruxsat berilmadi[24]. Ukrainaga qaytib, Jemilev Armyanskdagi nazorat punkti orqali Qrimga qaytishga harakat qildi. Bu urinish ham muvaffaqiyatsiz tugadi. Armyansk-Xerson avtomagistralini OAV va boshqa maxsus kuchlar, Ural avtomashinalari va zirhli texnikalar bilan toʻsib qoʻygan edi. Jemilev bilan uchrashgan qrim tatarlari OAV zanjirini yorib oʻtishdi, ammo Jemilevni Qrimga olib kela olmadilar[25].

Jemilev unga 2019-yilgacha Rossiyaga kirish taqiqlangani haqida bir necha bor aytilganligini tasdiqladi, ammo u bu masala boʻyicha biron bir rasmiy hujjat olmaganini taʼkidladi[26].

1-sentabr kuni Refat Chubarovning xabar berishicha, avgust oyida FSB xodimlari Qrimdagi kitob doʻkonlari va xususiy savdogarlar doʻkoniga bostirib kirib, bir qancha kitoblarni musodara qilgan. Ular orasida 2014-yilda qrimlik tarixchi Gulnora Bekirova va Mustafo Jemilev tomonidan nashr etilgan kitob ham bor edi[27].

2014—2019-yillarda Mustafo Jemilev Ukraina Prezidenti Pyotr Poroshenkoning Qrim-tatar xalqi ishlari boʻyicha vakolatli vakili sifatida faoliyat olib bordi[28][29]. U Xerson viloyatining bir qator tumanlarini Ukraina tarkibidagi Qrim avtonom respublikasiga aylantirishni taklif qildi[30][31].

2015-yil

tahrir

26-fevral kuni Jemilev Ukraina prezidenti Poroshenkoni yarim orolni energiya va oziq-ovqat taʼminotidan uzib, Qrimni toʻliq blokadaga olishga chaqirdi[32].

Sentyabr oyida Jemilev Ukraina tomonidan Qrimning iqtisodiy blokadasi tashabbuskorlaridan biri boʻldi[33].

2016-yil

21-yanvar kuni Simferopolning Kiyevskiy tuman sudi Jemilevni sirtdan hibsga oldi[34]. Federal qidiruvga berilgan Mustafo Jemilevga nisbatan Rossiya Jinoyat kodeksining terrorizm va Rossiyada davlat xavfsizligi asoslariga putur yetkazish va uni kuch bilan yiqitish bilan bogʻliq uchta moddasi boʻyicha jinoiy ish qoʻzgʻatildi[35].

2018-yil

2018-yilning 1-noyabrida Ukrainaning 322 nafar fuqarosiga Qrim ishlari boʻyicha, jumladan Mustafo Jemilevga ham[36] nisbatan Rossiya sanksiyalari joriy etildi.

2016-yilda Rossiya Tergov qoʻmitasi Jemilevni 2014-yilning may oyida Qrimga noqonuniy kirishga urinish, shuningdek, oʻq-dorilarni noqonuniy sotib olish va oʻqotar qurolni ehtiyotsizlik bilan saqlash, bu uning boshqa shaxs tomonidan qoʻllanishi ehtimolini yuzaga keltirganlikda ayblandi. Bu ishlar keyinchalik 2020-yil iyun oyida sudga topshirildi[37].

Mukofotlar va unvonlar

tahrir
  • Nansen mukofoti (1998) [38] .
  • Xalqaro mukofot laureati. Filipp Orlyk „Ukraina jamiyatini demokratlashtirish uchun“ (2001-yil aprel).
  • V darajali Knyaz Yaroslav ordeni (2001-yil avgust), IV daraja (2003-yil noyabr)[39][40].
  • Ukraina Vazirlar Mahkamasining faxriy diplomi (2003-yil dekabr)[41].
  • Viktor Gollanzz mukofoti(ingl.) (2005)[42].
  • Adolat nuri(ukr.) mukofoti "(2011)[43].
  • „Ukraina Dengiz xochi ordeni“ jamoat tashkilotining „Ukraina vatanparvari“ medali (2012)[44]
  • Respublika ordeni (Turkiya, 2014-yil) [45] .
  • Mukofot quroli — Fort-9 toʻpponchasi (2014-yil 23-iyul)[46].
  • Birdamlik mukofoti(pol.) (Polsha, 2014)[47] [48].
  • Litva uchun xizmatlari uchun ordeni ritsar xochi (2015)[49].
  • Ozodlik ordeni (2018-yil 23-avgust) — Ukrainaning davlat qurilishi, ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, madaniy va maʼrifiy rivojlanishiga qoʻshgan katta shaxsiy hissasi, muhim mehnat yutuqlari va yuqori kasbiy mahorati uchun.

Manbalar

tahrir
  1. „Председатель Меджлиса крымскотатарского народа“. 2018-yil 27-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 24-sentyabr.
  2. Djemilev nazval sel i sroki blokadi Krima . // UNIAN, 22.09.2015.
  3. Енциклопедія історії України 2004.
  4. 4,0 4,1 „Биография Мустафы Джемилева на сайте Сахаровского центра“. 2015-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 21-may.
  5. Shestoy protsess Mustafi Djemileva: Materiali sledstviya i zapis sudebnogo protsessa 1983—1984 gg. (g. Tashkent). — Simferopol : Fond „Krim“, 2001.
  6. „Биография Мустафы Джемилева“. 2013-yil 6-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 24-sentyabr.
  7. Chervonnaya S. M. Krimskotatarskoe natsionalnoe dvijenie (1994—1996) (Wayback Machine saytida 2015-12-22 sanasida arxivlangan) // tatar-history.narod.ru
  8. NDKT dobivaetsya prisvoeniya „tatarskomu VUZu“ imeni Yuriya Osmanova. Nelegalniy medjlis protiv? (Wayback Machine saytida 2016-02-03 sanasida arxivlangan) // 19.05.2013
  9. 9,0 9,1 9,2 „Константин Чернецов. Крым бандитский. М.: Центрполиграф, 1999“. 2016-yil 2-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 8-fevral.
  10. Musafirova, O. „Mustafa, sinok, proshu tebya — prekrati…“ (Wayback Machine saytida 2015-02-15 sanasida arxivlangan) // Novaya gazeta
  11. Mustafa Djemilev ne dostoin Nobelevskoy premii mira. Otkritoe pismo veteranov Natsionalnogo dvijeniya krimskix tatar v Nobelevskiy komitet // 19.09.2011
  12. „Вибори народних депутатів України 2012“ (uk). Центральна виборча комісія України. 2017-yil 14-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 18-iyun.
  13. Verxovnaya rada otritsaet genotsid armyan // lenta.ru, 30 iyulya 2013
  14. „Европейская солидарность назвала 50 кандидатов из своего списка“. LIGA.net (2019-yil 13-iyun). 2019-yil 10-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 13-iyun.
  15. Rossiyskie voyska v Krimu riskuyut sprovotsirovat djixad  — Inform. agentstvo LІGABіznesІnform, 11.03.2014.
  16. Eks-glava Medjlisa krimskix tatar Mustafa Djemilev priglashyon v Moskvu . // Rossiyskaya gazeta.— 12.3.2014.
  17. „Лидер крымских татар рассказал о беседе с Путиным“. Русская служба Би-би-си (2014-yil 12-mart). 2014-yil 15-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 12-mart.
  18. „Путін пропонував Джемілєву відпустити сина у 2014 році в обмін на лояльність – Геращенко“. УНІАН (2016-yil 27-noyabr). 2016-yil 29-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 4-may.
  19. „Джемилев попросил НАТО и ООН ввести миротворческие войска в Крым“. 2014-yil 19-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 11-aprel.
  20. Erdogan obespokoen sudboy krimskix tatar. Islamnews, 17.03.2014
  21. „Мустафу Джамилева не пускают в Крым“. 2014-yil 23-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 23-mart.
  22. „Полный текст выступления Мустафы Джемилева на заседании Совета Безопасности ООН. 01.04.2014.“. 2014-yil 13-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 11-aprel.
  23. FMS ofitsialno otvergla obvineniya v zaprete na vʼezd v Krim Djemilevu .
  24. Mustafu Djemileva ne pustili v Moskvu (Wayback Machine saytida 2014-05-04 sanasida arxivlangan) .
  25. Krimskie tatari pod vistreli OMONa idut vstrechat Djemileva peshkom. Radio Svoboda, 03.05.2014.
  26. „Если Меджлис запретят, то он будет действовать в подполье - Джемилев“. Telegraf.by (16 мая 2014). 2014-yil 17-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 17-may.
  27. FSB izimaet iz krimskix magazinov knigi o lidere krimskix tatar Djemileve, kotoromu zapretili vʼezd v RF . NEWSru.com, 01.09.2014.
  28. UKAZ PRYeZIDYeNTA UKRAЇNI № 657/2014 — Ofіsiyne predstavnitstvo Prezidenta Ukraїni. (Ukraincha)
  29. UKAZ PRYeZIDYeNTA UKRAЇNI № 278/2019 — Ofіsiyne predstavnitstvo Prezidenta Ukraїni. (Ukraincha)
  30. Djemilev vistupaet za prisoedinenie nekotorix rayonov Xersonskoy obl. k Krimu . RBK Ukraina.
  31. Mustafa Djemilev vistupaet za prisoedinenie nekotorix rayonov Xersonщini k Krimu (Wayback Machine saytida 2015-02-14 sanasida arxivlangan) .
  32. Lider krimskix tatar prizval Poroshenko vvesti polnuyu blokadu Krima . // Lenta.ru.
  33. Blokada Krima: Djemilev vidvinul trebovaniya Moskve (Wayback Machine saytida 2016-03-04 sanasida arxivlangan) .
  34. „Власти Крыма объявили о заочном аресте Мустафы Джемилева“. Русская служба Би-би-си (2016-yil 20-yanvar). 2016-yil 22-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 21-yanvar.
  35. „Объявленного в розыск Мустафу Джемилева будет искать Интерпол“. Известия (2016-yil 22-yanvar). 2016-yil 22-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 21-yanvar.
  36. „Помідори Фірташа, Ярош і син Порошенка: проти кого Росія запровадила санкції“ (uk). Би-би-си (2018-yil 1-noyabr). 2018-yil 1-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 1-noyabr.
  37. Privichniy instrument repressiy. Novoe delo protiv Mustafi Djemileva // RS/RSYe, 10 iyunya 2020
  38. „Past Winners of the Nansen Award“ (en). УВКБ ООН. 2014-yil 4-mayda asl nusxadan arxivlangan.
  39. „Про відзначення державними нагородами України працівників… | vіd 21.08.2001 № 697/2001“. 2019-yil 11-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 6-may.
  40. „Про нагородження М. Джемілєва орденом князя Ярослава… | vіd 12.11.2003 № 1304/2003“. 2019-yil 26-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 4-may.
  41. „Про нагородження М. Джемілєва Почесною грамотою Кабінету… від 04.12.2003 № 1875“. 2021-yil 20-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 4-may.
  42. „Krimtatarische Kulturwoche Berlin“ (2005-yil 19-sentyabr). 2016-yil 3-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 3-sentyabr.
  43. „Бажаю, щоб українська земля сповнилася Божою благодаттю та світлом справедливості, – Анастасія Шкільник“. Офіційний сайт Українського католицького університету (2011-yil 7-noyabr). 2015-yil 6-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 6-fevral.
  44. „Мустафа Джемилев награжден медалью «Патриот Украины»“. QHA (2012-yil 2-noyabr). 2018-yil 27-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 27-yanvar.
  45. „Cumhurbaşkanı Gül’den, Kırım Tatarları Lideri Kırımoğlu’na Cumhuriyet Nişanı“ (tr). Сайт Президента Турецкой Республики (2014-yil 15-aprel). 2014-yil 4-mayda asl nusxadan arxivlangan.
  46. Роман Романюк, Марія Жартовська. „Нагородний фронт. Кому Аваков подарував 400 стволів“ (uk). «Украинская правда» (2017-yil 13-yanvar). 2017-yil 15-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 13-iyun.
  47. „Мустафа Джемилев удостоен польской "Премии солидарности"“. Зеркало недели (7 мая 2014). 2014-yil 8-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 7-may.
  48. „Лидер крымских татар награждён премией имени Леха Валенсы“. РИА Новости (2014-yil 7-may). 2014-yil 14-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 13-may.
  49. „DĖL LIETUVOS RESPUBLIKOS IR UŽSIENIO VALSTYBIŲ PILIEČIŲ APDOVANOJIMO LIETUVOS VALSTYBĖS ORDINAIS IR MEDALIAIS LIEPOS 6-OSIOS – VALSTYBĖS (LIETUVOS KARALIAUS MINDAUGO KARŪNAVIMO) DIENOS PROGA“. Lietuvos Respublikos Prezidento kanceliarija (2015-yil 3-iyul). 2015-yil 8-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 8-iyul.
  50. „В Турции открылся парк имени Мустафы Джемилева“. QHA (2014-yil 16-aprel). 2016-yil 5-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 28-fevral.
  51. „В Бурсе состоялась церемония открытия парка имени М. Джемилева“. QHA (2014-yil 12-dekabr). 2016-yil 5-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 28-fevral.
  52. Ana Sayfa. „Selçuk kimleri doktor yaptı?“. Memleket (2010-yil 3-fevral). 2015-yil 9-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 8-iyul.
  53. „ÇOMÜ'den Mustafa Abdülcemil Kırımoğlu'na Fahri Doktora“. Çanakkale Onsekiz Mart Üniversitesi (2014-yil 9-may). 2015-yil 9-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 8-iyul.
  54. „Kırım Türklerinin efsane liderine “fahri doktor” unvanı“. Uludag University (2014-yil 12-dekabr). 2015-yil 8-iyulda asl nusxadan arxivlangan.
  55. „Honorary Degree Awarded to Ukrainian Parliament Mbr, Crimea Tatar Leader Dzhemilev“. Mykolas Romeris University (2016-yil 12-aprel). 2016-yil 1-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 17-aprel.

Havolalar

tahrir