KoʻniyaTurkiyaning jan. qismidagi shahar. Likaon tekisligida. Koʻniya elining maʼmuriy markazi. Aholisi 761 ming kishidan ziyod (2000). Transport yoʻllari tuguni. Qishloq xoʻjaligi rayoni markazi. Gʻalla va jun bilan savdo qilinadi. Oziq-ovqat, toʻqimachilik, sement sanoati korxonalari, traktor zavodi bor. Gilam toʻqiladi. Shahar yaqinidan simob va magnezit qazib chiqariladi.

K. ilk bor qad. Frigiya davlati shaharlari qatorida Ikoniy nomi bilan tilga olingan. Miloddan avvalgi 1-asr — milodiy 3-asrlarda Rim imperiyasi, soʻngra Vizantiya tarkibida boʻlgan. 11-asr oxirlari — 14-asr boshlarida Koʻniya sultonligi poytaxti, 15-asr oxiridan Usmonli turk saltanatiga qoʻshib olingan. Meʼmoriy yodgorliklardan Sirchali (1243), Sohibota (126283, Qoratoy (1252), Inja Minor (1258) madrasalari, Sultonxon karvonsaroyi (1229) va boshqa bor.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil