Vladimir Lenin

Sovet ateisti va proletairiat dohiysi

Vladimir Ilich Lenin (ruscha: Владимир Ильич Ленин, haqiqiy familyasi ULYANOV, 10(22) aprel 1870, Simbirsk — 21 yanvar 1924, Gorki qishlogʻi, Moskva Guberniyasi)- rus va sovet ateisti va proletariat dohiysi, inqilobchi, Bolsheviklar partiyasining yaratuvchisi, 1917 yildagi Oktyabr inqilobining tashkilotchilaridan biri, RSFSR va SSSR Xalq Sovet Kommisarlari raisi, faylasuf, marksistchi, nashriyotchi, marksizm-leninizm yoʻnalishining asoschisi, uchinchi kommunistik internationalning tashkilotchisi, Sovet imperiyasining asoschisi. Asosiy izlanish ishlari sohasi —falsafa va iqtisod

VLADIMIR ILICH LENIN
Владимир Ильич Ленин
Tavalludi 22-aprel 1870[1][2]
Vafoti 21-yanvar 1924[3][4][2]
Fuqaroligi SSSR
Otasi Ilya Ulyanov
Onasi Maria Ulyanova

LENIN (Ulyanov) Vladimir Ilich [1870.10 (22).4. Simbirsk (hozirgi Ulyanovsk sh.) — 1924. 21.1, Moskva viloyati Gorki qishlogʻi] — Rossiya bolsheviklar (kommunistlar) partiyasining asoschisi. SSSR deb atalgan ʻʻqizil imperiya’’ning tashkilotchisi. Peterburg "Ishchilar sinfini ozod qilish uchun kurash soyuzi"ni tuzishda qatnashgan. 1895 yil RSDRPning 2-sʼyezdi (1903)da bolsheviklar partiyasiga boshchilik qilgan. 1907 yildan muhojirlikda yashadi. 1917 yil apr.da Petrogradga kelib, sotsialistik inqilob yoʻlini ilgari surdi. Petrogradda Oktyabr toʻntarishi (1917 yil 7 noyabr)ga rahbarlik qildi. Sovetlarning 2-Butun Rossiya sʼyezdida XKSga rais boʻldi. 1922 yil L.ning sogʻligʻi yomonlashdi va shu yil dek. oyidan eʼtiboran siyosiy faoliyatda qat-nashmadi. Asosiy asarlari: "Rossiyada kapitalizmning taraqqiysi" (1899), "Nima qilmoq kerak?" (1902), "Materializm va empiriokrititsizm" (1908) "Imperializm kapitalizmning yukrri bosqichi" (1916), "Davlat va revolyusiya" (1917). L.ning jasadi Moskvaning Qizil maydonidagi mavzoleyga qoʻyilgan.

SSSR davrida L. qarashlari mutlaqlashtirilib, uning faoliyati va shaxsiy hayoti ilohiylashtirildi. Uning fikrlariga salgina shubha bilan qaraganlar yoʻq qilindi. Biroq Rossiyadan xorijga joʻnagan ziyolilar va jahon siyosiy arboblarining koʻpchiligi oʻsha paytdayoq uning "kommunizm qurish" rejasi xom xayol ekanligini aytishgan. 20-asr 80-y. lari oxiri — 90-yillari boshida Sharqiy Yevropada sotsializmning tanazzulga uchrashi va SSSRning parchalanishi oqibatida L. nazariyasi asossiz ekanligi uzil-kesil isbotlandi.

L. oʻz siyosiy faoliyatida Turkistonga bolshevizm gʻoyalarini tarqatishga, mintaqani sovetlashtirishga katta eʼtibor karatdi. L. va Stalin Turkiston muxtoriyatini tugatish rejasini qoʻllabquvvatladi. L.ning tashabbusi bilan Turkkomissiya (1919), Turkbyuro (1920), RKP (b) MK Oʻrta Osiyo byurosi (1922) kabi Markazning nazorat qiluvchi organlari tuzildi va Toshkentga yuborildi. Turkiston fronti (1919) tashkil qilinib, oʻlkadagi sovet rejimiga qarshi qurolli harakatni tugatish uchun 200.000 ga yaqin qizil askar Turkistonga joʻnatildi. Markaz yuborgan bolshevistik emissarlarga qarshi chiqqan mahalliy rahbarlarni L. "oʻng ogʻmachilik"da aybladi. L. 1920 yilda Buxoro xonligi (amirligi) va Xiva xonligini qizil armiya tomonidan bosib olinishining tashabbuskori. L.ning 1920 yil 13 iyundagi koʻrsatmasiga koʻra, yaxlit Turkiston mintaqasini parchalab tashlash jarayoni boshlandi va u 1925 yil boshlarida tugallandi. Shuningdek, L. Afgʻoniston, Hindiston, Xitoy, qisman Eron, Turkiya kabi Sharq davlatlarida sotsializm qurish haqidagi rejasi uchun Turkistondan tayanch sifatida foydalanishni moʻljallagan edi. Leninning ʻʻkommunistik gʻoya’’si 20-asr oxirida Oʻzbekistonda ham butunlay tanazzulga uchradi.

Adabiyot tahrir

Manbalar tahrir

  1. (unspecified title)
  2. 2,0 2,1 (unspecified title)
  3. // (unspecified title)
  4. (unspecified title)
  5. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil