Aleksandr III (1845.26.2-1894.20.10) – Rossiya imperatori (1881–94), Aleksandr II ning 2- oʻgʻli. "Samo-derjaviyeni mustahkamlash haqidagi manifest"ni e’lon qilgan (1881). A. davrida 80-yil oxiri – 90-yil boshlarida bir necha islohotlar amalga oshirildi (jon soligi bekor qilindi, tovonlar ka-maytirildi, zemstvo va shahar nizomlari qayta koʻrib chiqildi). Uning davrida Rossiya tomonidan Turkistonni bosib olish (1885) asosan tugʻallangan. Xusu-san 1879 va 1880–81 yillarda Axaltaka harbiy yurishlari natijasida Turkmaniston bosib olingan. Turkmanlarning Goʻktepa qal’asini olishda ruslar 45 ming qal’a himoyachisi (shundan 5 ming kishida qurol boʻlgan, qolgani ayollar, bolalar edi) ni oʻldirishgan.

AdabiyotlarTahrirlash

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil