Imperator (lotincha imperator — hukmdor) — baʼzi monarxlarga berilgan unvon. Dastlab, Rim lashkarboshilari (mas, Yuliy Sezar va b.) ga berilgan unvon. Rimda respublika tartibi tugatilib, monarxiya oʻrnatilgach, davlat tepasiga kelgan har bir merosxoʻr imperator deb atalgan. 962-yil nemislar Shimoliy Italiyani bosib olgach, Germaniya qirollari oʻzlarini imperator deb atay boshladilar. XV asrdan bu unvon Avstriya monarxlariga oʻtdi. 1721-yil imperator unvonini Pyotr I qabul qildi. Bundan keyingi rus podsholarining hammasi imperator deb yuritildi. Napoleon I, Napoleon III lar ham oʻzlarini imperator deb eʼlon qildilar. Bu unvon Xitoyda 1911-yilgacha mavjud edi. Yaponiyada hozir ham imperator davlat boshligʻi hisoblanadi[1].

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil