Kapitalizm – xususiy mulk, bozor iqtisodiyoti va demokratik intilishlarga asoslangan jamiyat turi. Ijtimoiy tafakkurning turli oqimlarida kapitalizm – erkin tadbirkorlik tizimi, industrial jamiyat taraqqiyotining bosqichi, kapitalizmning hozirgi davri esa – „aralash iqtisodiyot“, „postindustrial jamiyat“, „axborot jamiyati“ va boshqalar sifatida taʼriflanadi. Marksizmda kapitalizm – ishlab chiqarish vositalariga xususiy mulkchilikka va yollanma mehnatning kapital tomonidan ekspluatatsiya qilinishiga asoslangan ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya, deb talqin etiladi.

"Kapitalistik jamiyatning sinflarga boʻlinishi" karikatura, balanddan – pastga:
Dvoryanlar(yaʼni Qirol hisobida) – "Biz sizlarni boshqaramiz"
Ruhoniylar – "Biz sizlarni ahmoq qilamiz"
Armiya – "Biz sizlarni otamiz"
Burjuaziya – "Biz sizlar uchun boramiz"
Ishchilar va Dehqonlar – "Biz hamma uchun ishlaymiz", "Biz hammani boqamiz"

Kelib chiqishi

tahrir

14—15-asrlarda Italiya (savdo) va Gollandiya (manufaktura) shaharlarida yuzaga kelib, 16-asrdan boshlab Yevropada dastlabki sarmoya (kapital) jamgʻarish deb atalmish jarayon natijasida qaror topdi. Sanoat sohasidagi keskin oʻzgarishlar samarasi oʻlaroq yirik, mashinalashgan ishlab chiqarish tashkil topgan edi. Kapitalizm sharoitida bozor raqobati mexanizmi (qarang raqobat) tadbirkorni foyda olish uchun sarmoyani doimo koʻpaytirib borish va ishlab chiqarishni takomillashtirishga undaydi. Bu esa ishlab chiqaruvchi kuchlar, fan va texnikaning tez surʼatlar bilan rivojlanishiga imkon beradi. 19-asr oxiri va 20-asr boshida Gʻarbdagi rivojlangan mamlakatlarda yirik sanoat va bank korporatsiyalari tashkil topadi, moliya kapitali muhim ahamiyat kasb eta boshlaydi, bozor raqobatiga iqtisodiyotni davlat tomonidan boshqarish mexanizmi ham qoʻshiladi. Barqaror ijtimoiy tizim tarkib topadi, unda yirik mulkdorlar va yollanma mehnat bilan mashgʻul xodimlar qatorida oʻrta mulkdorlar sinfi ham muhim oʻrin egallaydi.

Kapitalizmning hozirgi shakllariga qisqa muddatli (davriylikka va inflyasiyaga qarshi) va uzoq muddatli (makroiqtisodiyot) davlat boshqarib turishi kiradi. Bu bevosita (qonunlar va maʼmuriy hujjatlar orqali) va bilvosita (soliqlar, davlat byudjeti harajatlari, amortizatsiya siyosati orqali) boshqarish shakllarida amalga oshiriladi. Bundan tashqari, indikativ, tavsiya berish tusidagi tarmoq va mintaqaviy dasturlar (rejalar) ham kapitalizmning hozirgi shakliga kiradi. Koʻpgina mamlakatlarda asta-sekin qaror topgan, ijtimoiy yoʻnaltirilgan bozor iqtisodiyoti hamda parlament demokratiyasi 20-asrning 2-yarmida aholi turmush darajasi va madaniyatining yuksalishini, ijtimoiy ziddiyatlarning yumshashini hamda ularni hal etishning huquqiy mexanizmi ishlab chiqilishini taʼminladi. Xoʻjalik hayoti baynalmilallashuv darajasining oʻsishi, transnatsional (davlatlararo) korporatsiyalarning kuchayishi bilan mintaqaviy va jahon iqtisodiy integratsiyasi, iqtisodiyotni davlatlararo boshqarib turish rivojlanmoqda. Bu hol iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti, Xalqaro valyuta fondi, Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki, Yevropa Ittifoqi kabi maxsus tashkilotlar paydo boʻlishida oʻz ifodasini topdi.[1]

Kapitalizm – ishlab chiqarish vositalari xususiylashtirilgan va daromad uchun ishlaydigan hamda narx-navoni bozor iqtisodiyoti belgilaydigan iqtisodiy tizimdir. Dunyoda hozir toʻliq kapitalistik iqtisodiyotli tizim yoʻq, barcha mavjud tizimlar aralashdir; lekin koʻp tizimlarda bozor iqtisodiyoti asosiy rol oʻynaganligi uchun, kapitalizm atamasini ularga nisbatan qoʻllashadi.

Kapitalizm tarixi

tahrir

Kapitalistik davlatlar – tarix maydonida burjuaziya inqiloblari natijasida feodal tuzumi oʻrnida paydo boʻldi. Burjua inqiloblarining ob’ektiv va sub’ektiv shart-sharoitlari feodal jamiyat negizi asosida yaratildi. Kapitalizm XVI asrda feodal tuzumning yemirilishi natijasida vujudga keldi. Kapitalistik tuzum tabiati va uning rivojlanishi kapital bilan bogʻliqdir. Kapitalistik tuzumning iqtisodiy asosi ishlab chiqarish vositalari va mehnat qurollariga xususiy mulk sifatida ega boʻlish va shu asosida xususiy tadbirkorlik tizimini shakllantirish hisoblanadi. Kapitalistik davlatlarda xususiy mulk muqaddas va daxlsiz deb eʼlon qilinadi. Kapitalistik davlatlarda xususiy mulkni himoya qilish va uni qoʻriqlash uchun barcha konstitutsiyaviy va joriy qonunlar xizmat qiladi. Biz buni hozirgi gʻarb mamlakatlarida mavjud barcha qonunlarda koʻrishimiz mumkin. Masalan, GFR ning 1kapitalistik davlatlar4kapitalistik davlatlar yil 23 mayida qabul qilingan Konstitutsiyasida xususiy mulk va meros huquqi kafolatlanadi deb yozib qoʻyilgan. Kapital mulkning iqtisodiy asosini tashkil etuvchi „moddiy“ belgilarga gʻarb olimlari quyidagilarni kiritadilar: raqobatning mavjudligi; texnik va texnologik taraqqiyotga koʻmaklashuv; moliyaviy sohadagi ixtisosliklarning rivojlanishi; qudratli milliy va transmilliy korporatsiyalarning oʻsib chiqishi; vaqti-vaqti bilan depressiyalar (iqtisodiy tanazzul) paydo boʻlishi; xususiy sektor ustidan hukumatning faqat qisman nazorati; kuchli ishchilar tashkilotlarining vujudga kelishi, ularning rivojlanishi va hokazo.

Kapitalizmda xususiy mulk iqtisodiy erkinlikning asosi boʻlib, u oʻz navbatida, insonning siyosiy, ijtimoiy va shaxsiy huquq va erkinliklarining poydevori boʻlib xizmat qiladi. U yoki bu shaxs, guruhlar qoʻlida qanchalik koʻp mulk toʻplansa, ularning konstitutsiya va qonunlarda belgilab qoʻyilgan huquq va erkinliklarini amalga oshirish uchun katta imkoniyatlari mavjud boʻladi va aksincha. Kapitalistik davlatlarjamiyat siyosiy tizimining muhim institutlaridan biri boʻlib, uning ommaviy hokimiyatga egalik qilishi uchun juda yaxshi qurollangan armiyasi, politsiyasi, qamoqxona, razvedka, kontrazvedka kabi tashkilotlari mavjud boʻladi. Ularsiz kapitalistik davlatning hukmron doiralari hech qanday vazifani uddalay olmaydilar. kapitalistik davlatlar ana shu kuch orqali jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlarga iqtisodiy, siyosiy, mafkuraviy va huquqiy taʼsir oʻtkazib, burjua jamiyatining siyosiy tizimida etakchi oʻrinni egallaydi. Jamiyat hayotining barcha sohalarida, xususan ishlab chiqarish, moddiy va maʼnaviy farovonlik taʼminlanishida kapitalistik davlat kuchli iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy kuch sifatida maydonga chiqadi. kapitalistik davlatlarning oʻziga xos xususiyatlaridan biri, hukmron sinf va ularning tashkilotlarida turli xil qarashlar va manfaatlarni ilgari surayotgan turli-tuman fraktsiyalarni birlashtira oladi.

Kapitalistik davlatlar xarakteriga koʻra turli-tuman, ammo ijtimoiy mohiyati va mazmuniga koʻra quyidagi vazifalarni bajarishni koʻzda tutadi: a) hukmron sinf boʻlgan burjuaziyaning turli qatlamlarida mavjud boʻlgan ichki qarama-qarshiliklarni bartaraf etish; b) burjuaziya sinfining turli qatlamlarini maʼlum bir manfaatlarini bir oqimga birlashtirish; v) burjuaziya va butun jamiyatning umumiy strategik maqsad va manfaatlarini belgilab olish; g) davlatning qoʻli ostida boʻlgan barcha vositalardan foydalangan holda kapitalistik iqtisodiyotni uzluksiz rivojlanishini taʼminlagan holda jamiyatni siyosiy tizimini yanada takomillashtirish va mustahkamlash hamda shu orqali rasmiy mafkurani singdirish. Davlat ushbu vazifalarni hal etish orqali turli iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va mafkuraviy funktsiyalarni bajaradi. Kapitalistik davlatlarpaydo boʻlishi va rivojlanishining muayyan tarixiy shart-sharoitlaridan kelib chiqib, turli xil boshqaruv, davlat tuzilishi va siyosiy rejim shakllariga ega boʻladi (qarang: Davlat shakli).

Kapitalistik davlatlaruchun ikki asosiy boshqaruv shakli mavjud. Ular konstitutsiyaviy monarxiya va burjua respublika shakllari. Konstitutsiyaviy monarxiya oʻz navbatida ikki turga parlamentar va dualistik monarxiya shakllariga boʻlinadi. Burjua respublikalari ham parlamentar va prezidentlik boshqaruvi shakllariga boʻlinadi. Davlat tuzilish shakllariga koʻra kapitalistik davlatlarunitar, federativ va konfederativ shakllariga boʻlinadi.


Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil