Aralash iqtisodiyot
Aralash iqtisodiyot — hozirgi zamon bozor iqtisodiyoti modellaridan biri. Aralash iqtisodiyot bozor iqtisodiyotining ri-vojlangan va demokratlashib, insoniy tus olgan turi boʻlib, AQSH, Angliya va Fransiya kabi rivojlangan mamlakatlarga xos. Aralash iqtisodiyot poliiqtisodiy tizim bulib, ijtimoiy yunaltirilgan bozor iqtisodiyoti, kooperativ iqtisodiyot kabi modellardan oʻzining 3 jihati bilan ajralib turadi: a) mulkiy xilma-xillik. Iqtisodiyotda yagona mulk monopoliyasiga urin qolmaydi, xilma-xil mulkchilik yonma-yon rivojlanadi. Mulkchilikning 3 shakli mavjud boʻlib, bular xusu-siy mulk, jamoa mulki va davlat mulkidan iborat buladi. Xususiy mulkning individual (yakka) mulk shakli emas, balki kooperativ (shirkat) shakli ustu-vorlik qiladi. Jamoa mulki esa ishchi va xizmatchilarning uziga yoki ularning kasaba uyushmasiga karashli mulkdan tashkil topadi va xalq korxonalarida oʻz ifodasini topadi. Bu korxonalardagi ishchi va xizmatchilar ham mulk sohibi, ham mehnat axli hisoblanadilar. Dav-lat mulki eng muhim, umummilliy ahamiyatga molik sohalar bilan cheklanadi, uning doirasi xususiylashtirish asosida qisqarib boradi. Mulk shakllaridan hech qaysisi monopol mavqeda boʻlmaydi. Iqtisodiyotda mulk shakllarining muvo-zanati saqdanadi; b) xoʻjalik yuritish xilma-xilligi. Xoʻjalik yakka, shirkat, aralash tarzda yuritiladi. Xoʻjalik sub’ektlari xoʻjalik faoliyatini oʻz mablagʻiga, qarz puliga tayanib yuritadilar, ular oʻrtasida ijara munosabatlari keng tarqaladi. Yer, umuman, koʻchmas mulk va hatto, mashina-uskunalar ham ijara asosida ishlatiladi, lizingning tur-li shakl va usullari keng qoʻllanadi. Xoʻjalik yuritish milliy doiradan chiqib baynalmilallashadi. Qoʻshma kor-xonalar, transmilliy korporatsiyalar rivojlanadi, ochiq iqtisodiy zonalar tashkil topadi; v) xoʻjalik faoliyati miqyosida muvozanatning taʼminlanishi. Yirik, oʻrta va kichik biznes muvozanatli holatda rivojlanadi. Yirik korxonalar monopoliyasiga oʻrin qolmaydi. Har bir biznes oʻz sohasida rivoj topadi. Yirik va kichik biznes munosabati, bir tomon-dan, raqobat munosabati boʻlsa, ikkinchi tomondan sheriklik va hamkorlik muno-sabatiga aylanadi. Muvozanatli holat raqobatga keng yoʻl ochadi, monopoliyani cheklaydi. Shu sababli millionlab kor-xonalar yopiladi, oʻzaro qoʻshiladi yoki yangidan ochiladi. Iqtisodiyot sub’ektlarining koʻpchilik boʻlishi raqobatning ahamiyatini oshiradi. Aralash iqtisodiyot koʻp ukladlilikni talab etadi va bozor talabi atroflicha oʻrganilib, bozorbop, yaʼni yaxshi sotiladigan tovarlar ishlab chiqariladi; barcha ishlab chiqarish omillari unumdorlikni taʼminlash yoʻlida mukammallashtirib boriladi. Samarali ishlab chiqarish hamma daromadlarni (ish haqi, foy-da, renta, foiz) oshirish imkonini beradi. Chunki har bir omilning (yer, mehnat va kapital) bergan iqtisodiy samarasi oshib boradi. Ammo daromadlar tarki-bida mehnatdan keladigan daromad — ish haqi gʻissasining ortib borishi yuz beradi. Aralash iqtisodiyotning ommaviy farovonlikni taʼminlashdan iborat bosh umumlashtiruvchi qonuni bor va u iqtisodiyotning ijtimoiy yoʻnalishini ifoda etadi. Bu qonunni ikki holat yuzaga keltiradi. Birinchi-dan, mulk xilma-xil boʻlib, ozchilik qoʻlida toʻplanmay, koʻpchilikka tegishli boʻladi va mehnat ahli ayni vaqtda mulk sohiblariga ham aylanadi. Ikkinchi-dan, mahsulot va xizmatlarning koʻplab yaratilishi farovonlikni taʼminlashga yetarli boʻladi. Daromadlar yuqori boʻlganidan ular tirikchilik sarfidan ortib qolib, pul va modliy shakldagi jamgʻarmaga aylanadi. Shu bois milliy boylik tarkibida aholi mol-mulkining hissasi ortib boradi. Hozirgi Aralash iqtisodiyotda iqtisodiy munosa-batlarning aralash tarzda boʻlishi bo-zor va nobozor munosabatlarning uz-viy qoʻshilib ketishiga olib keladi. Bozor munosabatlariga xos raqobat, foyda uchun kurash, xususiy mulk hukmronligi, daromadlarning ishlab chiqarish omillaridan foy-dalanish natijasiga bogʻliq boʻlish kabi belgilar bilan bir qatorda uzoq sheri-klik asosida hamkor boʻlish, biznesda oʻz oʻrnini topib obroʻ orttirish, imijga ega boʻlish, ishchi-xizmatchilarning mulkdorlarga aylanishi, xayr-sahovat qoidasiga binoan nochorlarga doimo yordam berish kabi munosabatlar ham kamol topadi. Aralash iqtisodiyotda tartibsizlik va noaniqlik minimal darajaga tushadi, iqtisodiyot davlat to-597monidan tartibga solinadi, iqtisodiy muvoza-natlar tezda tiklanib turadi. Davlat daromadlarni qayta taqsimlab, minimal daromadlarni keskin pasayi-shiga yoʻl bermaydi. Shu maqsadda qonun yoʻli bilan ish haqi minimumoʻ miqdori belgilanadi. Davlat antimo-nopol si-yosat yurgizadi. Firmalarda marketing xizmatining kuchli rivojlanishi bozorni chuqur oʻrganib, uning talabiga mosla-shish imkonini bergani holda davlat ham iqtisodiyotni tartibga solib turganidan kuchli iqtisodiy boʻhronlar va larzalar yuz bermaydi, iqtisodiy tanglik chuqur boʻlmaydi, undan tezda va kam talofat bilan chiqiladi. Umuman olganda jamiyatda iqtisodiy va ijtimoiy barqarorlik qaror topadi. Aralash iqtisodiyot bozor munosabatlarining hozirchalik eng rivojlangan shakli sifatida yuzaga keladi. Uning yaqqol na-munasi deb AQSH iqtisodiyotini olish mumkin. Iqtisodiy nazariyada Aralash iqtisodiyot haqidagi qarashlar 20-asrning 20-yillarida paydo boʻlgan. Keyinchalik „xalq kapitaliz-mi“, „demokratik kapita-lizm“, „ommaviy farovonlik jamiyati“, „konvergensiya“ va boshqa konsepsiyalarda Aralash iqtisodiyot nazariyasi takomillashtirildi. Ahmadjon Oʻlmasov.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |