Burjuaziya (frans. bourgeoisie — shaharliklar) — savdo, sanoat, kreditmoliya va boshqa tadbirkorlik faoliyati natijasida daromad oluvchi ijtimoiy sinf. B. anʼanaviy jamiyat qaror topgan sharoitda, 16—20-asrlardagi inqilob va islohotlar natijasida yuzaga kelib, muhim iqtisodiy va siyosiy taʼsirga ega boʻldi, sanoatlashgan jamiyat va bozor iqtisodiyoti, liberalizm va demokratiya qadriyatlari qaror topishiga koʻmaklashdi. Rivojlangan mamlakatlardagi B. yirik moliya va sanoat B.sidan (unga boshqaruvchilarning oliy qatlami ham kiradi), sarmoyadorlik va tadbirkorlik vazifalarini birga qoʻshib, ish yurituvchi oʻrta B. qatlamidan hamda mayda B.dan tashkil topgan. Rivojlanayotgan mamlakatlarda B. turli qatlamlarining shakllanishi jamiyatni modernizatsiya qilish jarayoni bilan bevosita bogʻliqdir. Sotsialistik tuzum oʻrnatilgan mamlakatlarda B. sinf sifatida tugatilgan edi. Bunday mamlakatlarda bozor iqtisodiyoti va fuqarolar jamiyatining shakllanishi jarayonida xususiy mulkdorlar va tadbirkorlardan iborat ijtimoiy qatlam qayta tiklanmoqda.

Burjuaziya

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil