Yollanma mehnat — yollanma xodimlar mehnati. Yo.m. bozor iqtisodiyotida amal qiladigan mehnat bozoriaa oldisotdi qilinadigan asosiy tovar hisoblanadi. Ish beruvchilar (tadbirkor, korxona, tashkilot) va ish kuchi egasi (yollanuvchi) oʻrtasida maʼlum muddatga yoki aniq bir ishni bajarish uchun mehnat sharoitlari va toʻlanadigan haq toʻgʻrisida yozma ravishda shartnoma tuziladi. Bunday shartnoma vaqtincha — sinov muddati bn, maʼlum bir davrga yoki muddati belgilamasdan (umrbod) tuzilishi mumkin. Tomonlarning huquklari, majburiyatlari, mehnatga haq toʻlash va mehnatni tashkil etish sharoitlari mehnat qonunlariga muvofiq oʻzaro kelishgan holda hal etiladi. Shartnomada mehnatni qoʻshimcha ragʻbatlantirish maqsadida har xil imtiyozlar berilishi mumkin. Oʻzbekiston Respublikasida Yo.m. va umuman mehnatga oid munosabatlar 1996 y. 1 apreldan amalga kiritilgan Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi (1995.21.12) va b. mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari, jamoa shartnomalari va b. meʼyoriy hujjatlar bilan tartibga solinadi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil