Nikolay II yoki Nikolay Aleksandrovich Romanov (ruscha: Никола́й II Алекса́ндрович) (1868.6. 5, Sarskoye Selo, xoz. Pushkin shahri — 1918. 17.6, Yekaterinburg) — Rossiyaning soʻnggi imperatori (1894—1917), imperator Aleksandr III ning kata oʻgʻli. N. II davrida mamlakat sanoat-iqtisodiy jihatdan tez surʼatlarda rivojlangan. Rossiya Yaponiya bilan boʻlgan urush (1904—1905)da magʻlubiyatga uchragan, bu esa Rossiyada 1905—1907-yillar inqilobiga sabab boʻlgan. Inqilob davrida (1905-yil 17-oktabr) Manifest kabul qilingan. Unga koʻra, mamlakatda siyosiy partiyalar tuzilishiga va Davlat dumasi taʼsis etilishiga ruxsat etilgan; Stolipin agrar islohoti amalga oshirila boshlangan. 1907-yil Rossiya Antanta aʼzosi boʻlgan va uning tomonida turib Birinchi jahon urushiaa qatnashgan. 1915-yil avgustdan oliy bosh qoʻmondon. Turkiston va Rossiyaning boshqa mintaqalaridan front va front ortidagi mudofaa inshootlarini qurish uchun kishilarni safarbar qilish toʻgʻrisidagi (1916-yil 25-iyun) farmoni Turkistonda ommaviy qoʻzgʻolonlar koʻtarilishiga olib kelgan. 1917-yil fevral inqilobi jarayonida taxtdan voz kechgan [2 (25) mart]. Oilasi bilan birga Yekaterinburgda Lenin koʻrsatmasi bilan bolsheviklarning Ural oblast Soveti qarori asosida otib tashlangan (Oilaviy oʻldirilgan va sulolaga barham berilgan).[2]

Nikolay II
Tavalludi 18-may 1868[1]
Vafoti 17-iyul 1918
Fuqaroligi Rossiya Imperiyasi
Otasi Aleksandr III
Onasi Mariya Feodorovna (Aleksandr III ning rafiqasi)

Manbalar tahrir

  1. (unspecified title)
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil