Lyuterchilikprotestantizmning yirik yoʻnalishlaridan biri. Asoschisi — Martin Lyuter. Germaniyada paydo boʻlgan. L. protestantizmning asosiy qoidalarini bayon qilib bergan. L. tarafdorlari katolik ruhoniylari va cherkovning xudo bilan dindorlar oʻrtasidagi vositachilik rolini tan olmaydi. Xristianlik marosimlaridan faqat ikkitasi — choʻqintirish va prichashcheniye (eʼtikod qiluvchilarning goʻyo Isoning haqiqiy tanasi va qoniga qoʻshilish uchun non va vino isteʼmol qilib oʻtkaziladigan marosimi)ni eʼtirof qiladi. L.da diniy aqida, ichki diniy eʼtiqod birinchi darajali ahamiyatga ega, diniy taʼlimot Injilga asoslanishi lozim. "Augsburg diniy eʼtiqodi" va "Apologiya"ni oʻz ichiga olgan "Totuvlik kitobi", Bibliya hamda "Katta" va "Kichik" katexi-zislar L.ning asosiy diniy hujjatlari sanaladi. L. Skandinaviya mamlakatlarida, Germaniya, AQSH, Boltiqboʻyi mamlakatlarida tarqalgan. 1947-yilda Jahon lyuterchilik ittifoqi tuzilgan.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil