Andrey Dmitriyevich Saxarov (21-may 1921-yil 14-dekabr Moskva 1989-yil) – rus nazariyotchi fizigi, jamoat arbobi, SSSRda vodorod bombasini yaratganlardan biri (1953), akademik (1953), 3 marta Mehnat Qahramoni (1953, 1956, 1962). Moskva universitetini tugatgan (1942). SSSR Fanlar akademiyasining P. N. Lebedev nomidagi Fizika institutida ishlagan (1945-yildan). Ilmiy ishlari magnit gidrodinamikasi, plazma fizikasi, boshqariladigan termoyadro sintezi, elementar zarralar, astrofizika, gravitatsiyaga oid. Boshqariladigan termoyadro reaksiyasini yuzaga keltirish uchun magnit maydonida qizigan plazmani qoʻllash gʻoyasini taklif etgan (I.Ye. Tamm bilan hamkorlikda). 50-yillarning oxirida yadro qurollarini sinashni toʻxtatish kerakligi toʻgʻrisida faol ishtirok etgan. 60-yillarning oxiri – 70-yillarning boshida huquqni himoya qilish harakatining yetakchilaridan biri (qarang Dissidentlar). Saxarov „Taraqqiyot, tinchtotuv yashash va intellektual erkinlik toʻgʻrisida mulohazalar“ (1968) asarida birbiriga qaramaqarshi turgan sotsialistik va kapitalistik sistemada yadro urushi, ochlik, ekologik va demografik halokat, jamiyat maʼnaviyatining inqirozi, irqchilik, millatchilik, diktatorlik rejimi kabi insoniyatga solayotgan taxdidlar ustida fikr yuritdi. Jamiyatni demokratlashtirish va qurolsizlantirish, ikki sistemani yaqinlashtirishga olib boradigan intellektual erkinlik, sotsial va ilmiytexnika taraqqiyotini barqaror etish masalalari koʻtarildi. Mana shu asar Gʻarbda eʼlon qilinganidan soʻng Saxarov hamma maxfiy ishlardan chetlashtirildi. Afgʻonistonga sovet qoʻshini kiritilishiga ochiqdanochiq norozilik izhor qilgani uchun 1980-yil yanvarda barcha mukofotlaridan maxrum etildi va Gorkiy shahriga surgun qilindi. U yerda ham Saxarov huquqni himoya qilish faoliyatini davom ettirdi. Surgundan 1986-yilda qaytgan. Tinchlik boʻyicha Nobel mukofoti laureati (1975)[5].

Andrey Saxarov
Tavalludi 21-may 1921[1][2][3]
Vafoti 14-dekabr 1989[4][2][3]
Fuqaroligi SSSR va Russian Socialist Federative Soviet Republic
Otasi Dmitri Ivanovich Sakharov
Onasi Yekaterina Sakharova

Manbalar

tahrir
  1. // (unspecified title)
  2. 2,0 2,1 (unspecified title)
  3. 3,0 3,1 (unspecified title)
  4. (unspecified title)
  5. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil