Molyer (Moliere) (taxallusi; asl ism-sharifi Jan Batist Poklen) (1622.15.1 - Parij - 1673.17.2) -fransuz dramaturgi, aktyori, teatr ar-bobi, sahna sanʼati islohotchisi. Lotin tili, antik adabiyotni oʻrgangan. 1645—48 yillarda sayyor teatr truppasida aktyorlik qilgan. Xalq teatr anʼ-analari bilan klassitsizm yutukdarini umumlashtirib, ijtimoiymaishiy komediya janrini yaratdi. 1658-yildan M. oʻz truppasi bilan Parij va saroy teatrlarida pyesalar qoʻydi. Shoh asari — "Tartyuf" (1664) komediyasida hurfikrlikning ashaddiy dushmani — xristian cherkovi kirdikorlarini fosh etdi. Don Juan haqidagi xalq afsonalarini qayta ishlab, "Don Juan" (1665) realistik pyesasini yaratdi. "Zoʻraki nikoh" (1664), "Mizantrop", "Amfitrion", "Jorj Danen", "Xasis" (1668), "Dvoryanlar orasidagi meshchan" (1670), "Oʻqimishli ayollar" (1672), "Soxta bemor" (1673) va boshqa komediyalar muallifi. M. komediyalarida chuqur falsafiy va axloqiy masalalar qoʻyilgan. Ularda yaxshi fazilatli kishilar tasvirlangan, lekin pyesa qaxramonlari haddan tashqari talablar qoʻyib, sogʻlom fikr yuritishdan voz kechadilar, natijada bu, amalda, yaxshi fazilatning yoʻq boʻlishiga olib keladi. M. ijodi jahon teatri rivojiga samarali taʼsir etgan. 19-asr boshida Fransuz akademiyasiga M.ning byusti qoʻyilgan. Har yili 17-fevralda — buyuk fransuz komediografi 1673-yil 17-fevralda soʻnggi bor saxnaga chikib rol oʻynagan kunda Parijdagi mashhur "Komedi Fransez" teatrida M. pyesalari namoyish etiladi. M.ning ayrim asarlari oʻzbek tiliga tarjima qilingan: "Xasis" (1925), "Tartyuf" (1941), "Skapen nayranglari" (1950) va boshqa [1]

Molyer
Jean-Baptiste Poquelin
Molière - Nicolas Mignard (1658).jpg
Taxallus:Molière
Tavallud sanasi: 15-yanvar 1622-yil
Tavallud joyi:Parij, Fransiya
Vafot sanasi:17-fevral 1673-yil(1673-02-17)
(51 yoshda)
Vafot joyi:Parij, Fransiya
Kasb: aktyor
Janr:komediya

Jean-Baptiste Poquelin, shuningdek oʻzining taxallusi bilan mashhur Molière (15-yanvar, 162217-fevral 1673) — Fransiya va yangi Yevropaning buyuk komediografi, mumtoz komediyaning yaratuvchisi, kasbi boʻyicha aktyor va teatrning direktori.

ManbalarTahrirlash

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil