Komediya (yun. κωμωδία, κῶμος — Dionis sharafiga bayram va ἀοιδή — „ashula“, „qoʻshiq“) sanʼat janri boʻlib, undagi asarlarda mutoyiba va satira unsurlari keng ishlatiladi.

Komediya — hodisa, voqea va xususiyatlar kulgili koʻrsatilgan drama turi. Komediyada ijtimoiy hayotdagi nuqsonlar, kishilarning ongi va harakteridagi yaramas xususiyatlar kulgi vositasi bilan tanqid etiladi, jamiyat hayotidagi eskirib qolgan hodisalarga zarba beriladi. Hayotning rivojlanish qonuni oldida umri tugagan narsalar, sarqitlar kulgili ahvolga tushib qoladi. Boʻlarni qalamga olish orqali komediya yara-tiladi.

komediya Yunonistonda xudo Dionis sharafiga oʻtkazilgan xalq bayramlarida paydo boʻlgan. Yorqin siyosiy komediyalar yaratgan Aristofan (miloddan avvalgi 5—4-asrlar) komediyaning „otasi“ hisoblanadi. Kds. Rimda (miloddan avvalgi 3—2-asrlar) Plavt va Terensiy atokli komediyachilar boʻlishgan. Uygʻonish davri Yevropa adabiyotida V.Shekspir va boshqaJonson (Angliya), Lope de Vega (Ispaniya) komediyalari katta oʻrin tutadi. 17—18-asrlarda komediyada realistik mayllarning kuchayishida J.B.Molyer va P.Bomarshe (Fransiya), komediyaGoldoni (Italiya), G.Lessing (Germaniya), R.Sheridan (Angliya) ijodi qoʻl keldi. Komediyaning 19—20-asrlardagi rivoji B.Shou, B.Brext, Sh.OʻKeysi, B.Nushich, J.Anut, N.Gogol va boshqa ijodi bilan bogʻliq.

Oʻzbek adabiyotida Yevropa adabiyoti andozasidagi komediyalar 20-asrda paydo boʻldi. Bu janr taraqqiyotiga -Hamza („Maysaraning ishi“), Abdulla Qahhor („Tobutdan tovush“), Sayd Ahmad („Kelinlar qoʻzgʻoloni“), Erkin Voqidov („Oltin devor“), Hamid Gʻulom („Toshbolta oshiq“), Bahrom Rahmonov („Surmaxon“), Sharof Boshbekov („Temir xotin“) va boshqa munosib hissa qoʻshdilar.

komediyaning har xil turlari bor. Voqealar chalkashligi tufayli tomoshabinda kulgi tugʻdiradigan (V. Shekspirning „Xatolar komediyasi“), qahramonlar kulgili holatlarga tushgan (Hamza, „Maysaraning ishi“), kishilar harakteridagi bemaʼni xususiyatlar kulgili qilib koʻrsatilgan (Molyer, „Tartyuf“; A.Qaxlor, „Ayajonlarim“; E.Vohidov, „Oltin devor“) komediyalar mavjud. Shuningdek, komediyalar kulgining tavsifiga koʻra, satirik (voqelik, shaxslar satira qamchisi ostida gʻazabnafrat uygʻotadigan, zaharxandali qilib ifodalangan — N.Gogol, „Revizor“, A.Qahhor, „Tobutdan tovush“), yumoristik komediya (voqelik, shaxslarning ayrim jihatlari beozor kulgi tugʻdiradigan komediya— Gotssi, „Malikai Turandot“, Said Ahmad, „Kelinlar qoʻzgʻoloni“, Hamid Gʻulom, „Toshbolta oshiq“) va tragikomediya (tragik va komik holatlar mujassamlashgan — R.Muhammadjonov, „Suyunchi“ filmi) turlariga boʻlinadi. 20-asrda komediyaning tragikomediya (L.Pirandello, J.Anuy), tragifars (E.Ionesko) janr shakllari maydonga keldi.

AdabiyotlarTahrirlash

  • Fe d N . B ., Iskusstvo komedii, ili Mir skvoz smex, M, 1978.[1]

Shuningdek qarangTahrirlash

ManbalarTahrirlash

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil