Xazarlar
Bu maqolada manbalar <ref></ref> teglariga olinmagan yoki umuman koʻrsatilmagan. |
Xazarlar — turkiy xalq. Gunnlar bosqinidan soʻng (4-asr) Sharqiy Yevropada paydo boʻlgan va Gʻarbiy Kaspiy boʻyi dashtida, Shimoliy Dogʻistondagi Sulak daryosi bilan Kuyi Volga oraligʻida koʻchmanchi hayot tarzi kechirgan. Savirlar bilan birgalikda X. Eron va Vizantiyaning Zakavkazyedagi mulklariga hujum qilgan. X. bunda oʻzaro raqobatda boʻlgan goh Eron, goh Vizantiya tomonida turib urushga kirgan. 6-asrning 60-yillarida X. Turk xoqonligita tobe boʻlishgan. 7-asr oʻrtasida, Gʻarbiy Turk xoqonligi parchalangach, uning davomi sifatida Xazar xoqonligi barpo etilgan. Uzoq vaqt X.ning asosiy mashgʻuloti koʻchmanchi chorvadorlik boʻlib qolgan. 8-asrda X.da urugʻchilik munosabatlari yemirilib, ilk mulkchilik munosabatlari shakllangan. Aholining bir qismi oʻtroq hayotga oʻtib, dehqonchilik va bogʻdorchilik bilan (avval Shimoliy Dogʻistoida, soʻngra Volga boʻyida) shugʻullangan. 10-asrda Xazar xoqonligi barxam topgach, X. Dashti Qipchoqdagi turkiy bijanaklarga singib ketgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |