Toʻxtamish, Toʻxtamishxon (13421406) — Oltin Oʻrda hukmdori (138097). Joʻjixon naslidan boʻlmish Toʻyxojaning oʻgʻli. Otasi 1375 y. Oq Oʻrda hukmdori Urusxon tomonidan qatl etilgandan soʻng Toʻxtamish Amir Temur huzuriga (1376) keladi va Sohibqironning begʻaraz madadi tufayli avval Oq o'rda (1377), keyin Mamay qoʻshinlarining Kulikovo jangada yengilganidan foydalanib Oltin o'rda taxtini qoʻlga kiritadi (1380).

Toʻxtamish
Tavalludi 1342
Vafoti 1406
Otasi Tui Khoja

Toʻxtamish ichki nizolarga barxam berib, 7 yil ichida Oltin Urda davlat birligini qayta tiklashga erishadi. Sirdaryodan Dnestrgacha, Sigʻnoq va Utrordan Kiyevgacha choʻzilgan ulkan saltanatning xoniga aylanadi. Unga qarshi bosh koʻtargan rus knyazliklari xamda litvaliklarni magʻlubiyatga uchratadi. 1382 y. hiyla bn Moskvani oladi, shaharni talon-toroj qilib yoqib yuboradi. Muvaffaqiyatlardan maʼlum darajada esankiragan Toʻxtamish Amir Temur saltanati hududlarini qoʻlga kiritishga oshiqadi. Amir Temurning gʻarb safaridaligidan (1381) foydalanib, Ozarbayjon hamda Movarounnahrga bostirib kiradi, Samarqand va Buxoroni qamal qiladi. Lekin bu shaharlarni olishni uddasidan chiqolmaydi. 1388 yilning fevral

da Sohibqiron qoʻshini bn Toʻxtamishga qarshi Sherozdan yoʻlga chiqadi. Toʻxtamish Amir Temur bn yuzmayuz toʻqnashishdan voz kechib, zudlik bn Dashti Qipchoqqa qaytib ketadi. 139195 yillarda Toʻxtamish Sohibqiron bn boʻlgan Qunduzcha hamda Terek daryosi boʻyidagi janglarda magʻlubiyatga uchragan. Oltin o'rda poytaxti Saroyni ishgʻol qilgan Amir Temur qochoq Toʻxtamish oʻrniga Temur Qutlugʻni xon etib koʻtaradi. 1397— 99 yillarda Toʻxtamish Litva qiroli Vyutaytas yordamida Temur Qutlugʻ va Idiqu (Yedigey)ga qarshi olib borilgan harbiy harakatlarda muvaffaqiyatsizlikka uchraydi. Temur Qut))ugʻ vafotidan (1401) keyin Toʻxtamish Oltin Urda taxtini qayta egallash harakatida boʻldi. 1406 y. Tyumen sh. atroflarida qoʻlga tushirilgan. Toʻxtamish Idiqu tomonidan oʻldirilgan.

Hamidulla Dadaboyev.

Yana qara tahrir