Bosh menuni ochish

Dnestr (yun.— Tyras) — Sharqiy Yevropadagi daryo, Ukraina va Moldaviyada. Uz. 1352 km. Havzasining mayd. 72,1 ming km2. Karpat togʻlarining shim. yon bagʻridan boshlanib, Kora dengizning Dnestr limaniga quyiladi. Quyi oqimida oʻrtacha suv sarfi 310 m3/sek. Suvi sugʻorishga sarflanadi, yuqori oqimida yogʻoch oqiziladi. Soroki sh.dan Dubossari GES gacha va GES dan quyilish joyigacha muntazam kema qatnaydi. Yomgʻir va qor suvlaridan toʻyinadi. Oʻrtacha yillik oqim qariyb 8 km3. D. qish iliq kelganda muzlamaydi. D. boʻyida Benderi, Tiraspol sh.lari joylashgan.

AdabiyotTahrirlash

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil