TiraspolMoldaviyadagi shahar. Dnestr daryosining chap sohilida. Temir yoʻl stansiyasi. Pristan. Aholisi 186 ming kishi (1990-yillar oʻrtalari). Shahar 1792-yilda A.V.Suvorov tomonidan kad. moldavan qishlogʻi Staraya Sukleya oʻrnida qalʼa sifatida barpo qilingan. 1929—40 yillarda Moldaviya Muxtor Respublikasi poytaxti. Oziq-ovqat (konserva, mevasabzavot, vinokonyak zavodlari va boshqalar), mashinasozlik (shu jumladan, elektr texnikasi), yengil (toʻqimachilik, tikuvchilik), kimyo, yogʻochsozlik sanoatlari rivojlangan. Universitet, drama teatri, oʻlkashunoslik muzeyi, kartinalar galereyasi bor. Issiklik elektr styasi ishlab turibdi.