Nurobod
Nurobod — Oʻzbekiston Respublikasi Samarqand viloyati Nurobod tumanidagi shahar (1983 yildan). 1990 yildan "Nurobod" nomi bilan ataladi. Tuman markazi. Yaqin temir yoʻl stansi-yasi — Ulus (15 km). Viloyat markazidan 75 km. Aholisi 8,7 ming kishiga yaqin (2003). N. Navoiy kon-metallurgiya k-tiga karashli Jan. kon bosh-qarmasi tomonidan 1965—70 yillarda posyolka sifatida qurilgan. N.da mar-mar zavodi ishlab turibdi. Polietilen quvurlar ishlab chikariladi. 3 umumiy taʼlim maktabi, sanoat kasbhunar kolleji, Navoiy politexnika bilim yurtining kechki oʻquv filiali, kattalar va bolalar kutubxonalari, "Konchilar" madaniyat saroyi, tuman mar-kaziy kasalxonasi, 2 tibbiyot sanitariya qismi, yuqumli kasalliklar kasalxonasi bor. N. — Ulus, N. — Ketmonchi yoʻnalishida avtobuslar kat-novi yoʻlga quyilgan.[1]
Nurobod | |
---|---|
shahar | |
39°45′36″N 67°16′12″E / 39.76000°N 67.27000°EKoordinatalari: 39°45′36″N 67°16′12″E / 39.76000°N 67.27000°E | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Viloyat | Samarqand viloyati |
Tuman | Nurobod tumani |
Aholisi (2010) |
10 819 |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
ManbalarTahrirlash
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |