Mitan tumani — Oʻzbekiston SSR Samarqand viloyatidagi 1926—1959-yillarda mavjud boʻlgan maʼmuriy birlik.

Mitan tumani
tuman
Tegishli Samarqand viloyati
Tarkibida 9 ta qishloq soveti
Maʼmuriy markazi Mitan
Asos solingan sanasi 1926-yil
Bekor qilingan sanasi 1959-yil 2-mart
Aholi 40 008 kishi (1939)
Maydoni 980 km²
Xaritada

Tarixi tahrir

Mitan tumani 1926-yilda Oʻzbekiston SSR Samarqand viloyati tarkibida tashkil etilgan. Markazi Mitan qishlogʻi.

1930-yilda Samarqand okrugining tugatilishi munosabati bilan tuman bevosita Oʻzbekiston SSR boʻysunuviga oʻtdi.

1938-yil 15-yanvarda tuman Samarqand viloyati tarkibiga kiritildi.

1943-yil 13-fevralda tumanning 5 ta qishloq soveti yangi tuzilgan Qoʻshrabot tumaniga oʻtkazildi.

1948-yil 1-oktyabr holatiga, tuman tarkibiga 9 qishloq soveti: Oqtepa, Barlos, Zarband, Kultusun, Qoʻngʻirot, Qurli, Mitan, Fayzyobod va Chimqoʻrgʻon kirgan[1].

1957-yil 12-oktyabrda tugatilgan Qoʻshrabot tumanining bir qismi Mitan tumaniga qoʻshib beriladi[2].

1959-yil 2-martda tuman tugatilib, hududi Ishtixon tumaniga oʻtkazildi[3].

Aholisi tahrir

1939-yildagi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, tumanda 40 008 kishi yashagan, jumladan oʻzbeklar 91,5%, ruslar 2,7%, tojiklar 2,4%, tatarlar 1,2%, qozoqlar 1,1% tashkil etgan[4].

Manbalar tahrir

  1. Административно-территориальное деление Узбекской ССР, Ташкент, 1948. 
  2. Vedomosti Verxovnogo Soveta SSSR. № 25 (892), 1957 g.
  3. Vedomosti Verxovnogo Soveta SSSR. № 11 (943), 1959 g.
  4. „Всесоюзная перепись населения 1939 года. Национальный состав населения районов, городов и крупных сел союзных республик СССР“. Демоскоп. Qaraldi: 2021-yil 23-yanvar.