Bosh menuni ochish

Tojiklar (toj. Тоҷик, dari. تاجک [tɔː'ʤɪk]) — Markaziy Osiyodagi qadimgi xalqlardan biri. Tojikiston Respublikasining asosiy aholisi (4 mln. 898 mingdan ortiq, 2010). Oʻzbekistonda (1 mln. ga yaqin, 2000; asosan, Samarkand, Buxoro, Surxandaryo hamda Fargʻona Vodiysi), Afgʻonistonda (3 mln. 700 ming), Xitoyning sharqida, Eron Xurosonida, Rossiya Federatsiyasida, Qozogʻistonda, Qirgʻiziston va Turkmanistonda, shuningdek, Pokistonda yashaydilar. T.ning umumiy soni 10 mln.dan ortiq. Asosiy qismi tojik-dariy tilida soʻzlashadi. Togʻli Badaxshon Muxtor viloyati hamda Yagʻnob aholisining asosiy qismi sharqiy eron tillari guruhi oilasiga kiruvchi tillarning dialektlarida soʻzlashadi. T. asosan, islom dinining sunniy mazhabiga, Badaxshon aholisining aksariyati esa shia mazhabining ismoiliya oqimiga eʼtiqod qiladi.

Tojiklar
Тоҷикон
Umumiy aholi soni

qariyb 22 million

Katta aholiga ega mintaqalar
 Afgʻoniston 8 000 000 [1]
 Tojikiston 6 373 834 [2]
 Oʻzbekiston 800 000-1 000 000 [3]
[4]
 Pokiston 1,000,000
 Rossiya 200,303 [1]
 Qirgʻiziston 46 105 [5]
 Qozogʻiston 36 277 [2]
 Ukraina 4 255 [3]
Tillar
Tojik tili
Oʻzbek tili
Dinlar
Islom
Qarindosh etnik guruhlar
boshqa forsiy xalqlar, kurdlar

T.ning etnik maydonda shakllanishiga Markaziy Osiyoda yashagan bir qator etnik guruh va qabilalar, chunonchi sugʻdiylar, baqtriyaliklar, toxarlar, koʻchmanchi sak va skiflar katta taʼsir koʻrsatgan.

T. T.i shimoliy va janubiy T.ga boʻlinib, har 2 guruh geohududiy kelib chiqishiga qarab yana bir qancha guruhlarga boʻlinadi. Chunonchi: xoʻjandlik, koʻloblik, garmlik, pomirlik, darvozlik, romitlik, vaxonlik, gʻozimaliklik, yovonlik va gʻ.k. Pomirda yashovchi T., turfa dialektlarda soʻzlashishlariga qaramasdan, ular ham oʻzlarini T.ning ajralmas qismi sifatida eʼtirof etadilar.

T.ning xoʻjalik mashgʻuloti qadimdan, asosan, sunʼiy sugʻorishga asoslangan dehqonchilik va bogʻdorchilik hisoblanib, chorvachilik ham muhim rol oʻynagan. Shuningdek, hunarmandchilik: yogʻoch oʻymakorligi va ganchkorlik, kashtachilik, choʻptaroshlik (tovoq, choʻmich va qoshiqlar yasash) keng rivojlangan.

ManbalarTahrirlash

AdabiyotTahrirlash

  • Bartold V.V., Tadjiki, T. 2,(1), M., 1963;
  • Vamberi A., Ocherki o Sredney Azii. M., 1868;
  • Shishov A., Tadjiki: Etnograficheskiye i antropologicheskoye issledovaniye, T., 1910.