Samarqand xalqaro aeroporti Oʻzbekistonning ikkinchi yirik va aholi zich joylashgan shahri – Samarqandning shimoliy chekkasida joylashgan. Aeroportdan shahar markazigacha boʻlgan masofa 8 km. Samarqand viloyatidagi yagona aeroport. Bu Oʻzbekistondagi eng gavjum ikkinchi aeroport (Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportidan keyin). Oʻzbekiston milliy aviakompaniyasining asosiy markazlaridan biri „Oʻzbekiston havo yoʻllari“ MAK hisoblanadi. Aeroport yiliga oʻrtacha 500 000 dan ortiq yoʻlovchiga xizmat koʻrsatadi.

Samarqand xalqaro aeroprti
Самарқанд халқаро аэропорти
IATA kodi: SKDICAO kodi: UTSS
Qisqacha bayon
Aeroport turi Xalqaro yo'lovchi tashish
Egasi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston hukumati
Operator Oʻzbekiston havo yoʻllari
Xizmat doirasi Samarqand
Joylashuvi Samarqand viloyati, Oʻzbekiston
Dengiz sathidan balandligi 2,224 ft / 678 m
Koordinatalari 39°42′02″N 66°59′02″E / 39.70056°N 66.98389°E / 39.70056; 66.98389 G OKoordinatalari: 39°42′02″N 66°59′02″E / 39.70056°N 66.98389°E / 39.70056; 66.98389 G O
Vebsayti https://samarkandairport.com/
Xarita
SKD (Oʻzbekiston)
SKD
Joylashuvi
Uchish/qoʻnish yoʻlaklari
Uzunligi Yuzasi
ft m
09/27 10,170 3,100 Asfalt

Xususiyatlari tahrir

Samarqand xalqaro aeroporti Samarqand shahrining shimoliy chekkasida, dengiz sathidan 680 metr balandlikda joylashgan. Aeroportda asfalt-beton yuzasi va oʻlchamlari 3100x60 metr boʻlgan 09/27-sonli bitta uchish-qoʻnish yoʻlagi mavjud. Umumiy rekonstruksiyadan soʻng aeroport ICAO 1-toifasi boʻyicha sertifikatlangan va barcha turdagi samolyotlarni qabul qiladi: Il-62, Il-86, Tu-154, Airbus A310, Airbus A320, Boeing 737, Boeing 757, Boeing 767[1]. Aeroport strategik obyekt sifatida Samarqand shahri va Samarqand viloyati, shuningdek, Oʻzbekistonning markaziy qismi iqtisodiyotini, jumladan, turizm sohasini rivojlantirishda ulkan rol oʻynaydi.

Yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatish uchun 2009-yilda yangi aerovokzal majmuasi qurildi, taksi yoʻllari rekonstruksiya qilindi, havo harakatini boshqarishning yangi binosi qurildi, zamonaviy aeronavigatsiya uskunalari oʻrnatildi. Hozirgi terminalning oʻtkazish quvvati soatiga 400 yoʻlovchini tashkil etadi.

2022-yilda yangi yoʻlovchi terminali qurilishi yakunlandi. Bu „ochiq kitob“ ni ifodalaydi. Binoning tomida burjlar tasvirlangan boʻlib, ular dizaynerlarning fikricha, buyuk astronom Mirzo Ulugʻbekning fan va insoniyat sivilizatsiyasi rivojiga qoʻshgan hissasini eslatadi[2][3].

Aeroport majmuasida xalqaro standartlarda koʻrsatilgan barcha turdagi xizmatlar mavjud: VIP va CIP zallari, ona va bola xonasi, tibbiyot punkti, chipta kassalari, pochta, shaharlararo va xalqaro telefon aloqalari, barlar, restoran, valyuta ayirboshlash shoxobchasi, Duty Free doʻkoni.

Mukofotlari tahrir

2004-yil oxirida Samarqand aeroporti „Yilning eng yaxshi aeroporti“ tanlovining „100 000 yoʻlovchigacha tashish hajmi“ nominatsiyasi boʻyicha MDH davlatlari aeroportlari orasida eng yaxshisi deb topildi.

Mamlakat   Oʻzbekiston
Mintaqa Samarqand viloyati, Samarqand
Turi Yoʻlovchi tashish uchun
IKAO kodi UTSS
IATA kodi SKD
Joylashiv balandligi +678 m
Mahalliy vaqt UTC +5
Ish tartibi sutkasiga 24 soat
Ishlatuvchi „Samarqand Aeroporti“

Aviakompaniyalar va yoʻnalishlar tahrir

Aviakompaniya Manzillar
Aeroflot Moskva–Sheremetyevo
ATA Airlines Mashhad
Azerbaijan Airlines Boku[4]
Azimut Mineralnye Vodi[5], Sochi[6]
China Southern Airlines Urumchi[7]
flydubai Dubai–Xalqaro[8]
Jazeera Airways Kuvayt
HumoAir Toshkent[9], Urganch[10]
Pobeda Moskva-Vnukovo
Qanot Sharq Tel-Aviv
Rossiya Airlines Sankt-Peterburg, Sochi[11]
S7 aviakompaniyasi Novosibirsk
SunExpress Izmir[12]
Turkish Airlines Istanbul
Ural Airlines Yekaterinburg
Utair Moskva–Vnukovo
Uzbekistan Airways Andijon[13], Istanbul[14][15], Moskva–Vnukovo[16], Sankt-Peterburg, Tel-Aviv[17], Toshkent[18], Zomin[19]
Wizz Air Abu-Dabi[20]

Manbalar tahrir

  1. Справочник «Аэропорты и Авиакомпании, Авиапоставщики 2015 (СНГ и Балтия)». М.: Авиатека, 2015. ISBN 978-5-9905032-3-6. 
  2. „Фото: Как выглядит новый аэропорт Самарканда – Газета.uz“. 2022-yil 31-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 10-iyun.
  3. Shuhrat Shokirjonov. „Samarqandning tubdan qayta qurilgan xalqaro aeroporti foydalanishga topshirildi“ (oʻzbek). Kun.uz (2022-yil 19-mart). Qaraldi: 2023-yil 19-sentyabr.
  4. „AZERBAIJAN AIRLINES EXPANDS UZBEKISTAN SERVICE IN OCT 2022“. AeroRoutes (2022-yil 24-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 24-sentyabr.
  5. „Azimuth Adds Samarkand Service From Dec 2022“ (en-GB). Aeroroutes (2022-yil 29-noyabr). Qaraldi: 2022-yil 29-noyabr.
  6. „Azimuth Schedules New Sochi – Central Asia Service in NW23“ (en-CA). AeroRoutes (2023-yil 19-sentyabr). Qaraldi: 2023-yil 20-sentyabr.
  7. „Samarkand secures first China link“. Aviation Week (2023-yil 15-sentyabr). Qaraldi: 2023-yil 18-sentyabr.
  8. „flydubai to fly twice-weekly to Samarkand“. Gulf Daily News. Qaraldi: 2022-yil 14-iyul.
  9. Noëth, Bart. „New Uzbek low-cost airline HUMO Air launches domestic flights from 15 December“. Aviation24.be (2023-yil 12-dekabr). Qaraldi: 2023-yil 18-dekabr.
  10. „Авиакомпания Humo Air начала летать по маршруту Самарканд — Ургенч“ (ru). Spot.uz. Spot.uz (2024-yil 8-yanvar). Qaraldi: 8-yanvar 2024-yil.
  11. „Aeroflot launches international network from Sochi, Russia“ (2022-yil 26-mart).
  12. „SunExpress Schedules Samarqand mid-Nov 2023 Launch“ (en-CA). AeroRoutes (2023-yil 25-sentyabr). Qaraldi: 2023-yil 25-sentyabr.
  13. „Uzbekistan Airways Oct 2022 Domestic Network Additions“. Aeroroutes. Qaraldi: 2022-yil 11-oktyabr.
  14. Liu, Jim. „Uzbekistan adds Samarkand – Istanbul service in W17“. Routesonline (2017-yil 3-oktyabr). Qaraldi: 2017-yil 3-oktyabr.
  15. Liu, JIm. „Uzbekistan Airways W18 Samarkand – Istanbul aircraft changes“. Routesonline (2018-yil 8-noyabr). Qaraldi: 2018-yil 8-noyabr.
  16. „Uzbekistan Airways Moscow Service Changes From Oct 2023“. Aeroroutes. Qaraldi: 2023-yil 22-sentyabr.
  17. „Uzbekistan Airways Adds Tel Aviv – Samarkand One-Way Service in NW23“ (en-CA). AeroRoutes (2023-yil 13-sentyabr). Qaraldi: 2023-yil 14-sentyabr.
  18. „Uzbekistan Airways Begins LET L-410 Operations From late-July 2023“ (en-CA). AeroRoutes (2023-yil 20-iyul). Qaraldi: 2023-yil 23-iyul.
  19. „Uzbekistan Airways Begins Zaamin Service From Sep 2023“. Aeroroutes. Qaraldi: 2023-yil 7-sentyabr.
  20. https://tashkenttimes.uz/national/7610-hungarian-wizzair-to-launch-samarkand-flight