Geografik koordinatalar — yer sathidagi nuqtaning vaziyatini ekvator tekisligi va boshlangʻich meridian tekisligiga nisbatan oʻlchangan kenglik va uzunlik deb ataluvchi burchak qiymatlari. Astronomik va geodezik geografik koordinatalar  boʻladi. Referens-ellipsoid sirtida geodezik oʻlchashlar natijasida olingan va hisoblangan kenglik va uzunlik geodezik koordinatalar deyiladi. Ular, odatda, V va J harflari bilan belgilanadi. Astronomik koordinatalar oʻsha nuqtalarning referens-ellipsoid sirtida osmon yoritqichlarini kuzatish orqali aniqlangan koordinatalarga aytiladi. Bu koordinatalar r va u bilan belgilanadi. Geodezik koordinatalar berilgan nuqtadan referens-ellipsoid ustiga tushirilgan normal chizigʻiga bogʻliq, geografik koordinatalar  esa oʻsha nuqtadan tushirilgan shovun chizigʻiga nisbatan olinadi. Kengliklar meridian boʻylab ekvatorning har ikki tomoniga qarab 0° dan 90° gacha hisoblanadi va ekvatordan shimolidagi kengliklar shim., janubidagilari — janubiy kengliklar deb ataladi. Mas, Toshkent shahri 4GZS sh.k.da joylashgan. Uzunliklar boshlangʻich meridian 0° dan 360° gacha yoki sharqqa (sharqiy uzunlik), yoxud gʻarbga (gʻarbiy uzunlik) hisoblanadi. Mas, Samarkand shahri 67° shq. u.da joylashgan. Shuningdek, boshlangʻich meridian 0° dan 180° gacha sharqqa va gʻarbga hisoblashda ham qoʻllaniladi. Ular parallellar boʻylab hisoblanadi. Xalqaro kelishuvga muvofiq, London chekkasidagi eski Grinvich astronomik rasadxonasidan oʻtuvchi meridian „boshlangʻich meridian“, „nolinchi meridian“ deb qabul qilingan. Qadimda uzunliklarni oʻlchashda turli joylardan oʻtgan meridianlar — Ferro olari (Kanar orollarida), Parij, Berlin, Rim, Nankin rasadxonalari, Rossiya uchun 19-asrgacha Pulkovo rasadxonasidan oʻtgan meridian bosh meridian qilib olingan. Sharqda Oʻrta asrlarda xarita tuzishda Xoʻjand sh.dan oʻtgan meridianni bosh meridian deb qabul qilinganligi toʻgʻrisida maʼlumotlar bor.[1]

Yer yadrosi

Yana qarang tahrir

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil