Nankin (xitoycha Nanszin — jan. poytaxt) — Xitoyning sharqiy qismidagi shahar. Szyansu provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 5,3 mln. kishi (1998). Yanszi daryosi quyi oqimidagi muhim transport yoʻllari tuguni. Aeroport bor. Dengiz kemalari kira oladigan port. Mamlakatning yirik iqtisodiy, ilmiy va madaniy markazlaridan. Stanoksozlik, elektr va radio apparaturalari ishlab chiqarish, avtomobilsozlik va qishloq xoʻjaligi mashinasozligi, metallurgiya, kimyo, sement, toʻqimachilik, oziq-ovqat sanoati korxonalari, issiklik elektr st-yasi mavjud. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Hunarmandchilik rivojlangan.

Nankin

xitoycha: 南京
Subprovintsiya toifasidagi shahar
Soat yoʻnalishi boʻylab Nankin shahri, Xuanvu koʻli va Binafsha togʻning yuqoridan koʻrinishi Nankin timsoli sifatida keng eʼtirof etilgan janubiy sulolalarning Syao Jing qabri yonidagi „Bixie“ tosh haykali Yijiang darvozasi va Nankin shahar devori Qinxuay daryosi va Fuzi Miaoning tungi koʻrinishi Nankin Olimpiya sport markazi Ming Xiaoling maqbarasi Sun Yat-sen maqbarasining asosiy binosi
Soat yoʻnalishi boʻylab
Nankin shahri, Xuanvu koʻli va Binafsha togʻning yuqoridan koʻrinishi
Nankin timsoli sifatida keng eʼtirof etilgan janubiy sulolalarning Syao Jing qabri yonidagi „Bixie“ tosh haykali
Yijiang darvozasi va Nankin shahar devori
Qinxuay daryosi va Fuzi Miaoning tungi koʻrinishi
Nankin Olimpiya sport markazi
Ming Xiaoling maqbarasi
Sun Yat-sen maqbarasining asosiy binosi
32°03′0″N 118°46′0″E / 32.05000°N 118.76667°E / 32.05000; 118.76667 G OKoordinatalari: 32°03′0″N 118°46′0″E / 32.05000°N 118.76667°E / 32.05000; 118.76667 G O
Mamlakat Xitoy
Provinsiya Szyansu
Hukumat
 • Partqoʻm kotibi Zhang Jinghua
Asos solingan mil. av. 495-yil
Maydon 6,587.02 km2 (2,543.26 mi²)
Markazi balandligi 15 m
Aholisi
 (2020)
9 314 685
Vaqt mintaqasi UTC+8
Telefon kodi 025
Pochta indeks(lar)i 210000–213000
Avtomobil kodi 苏A
Nankin xaritada
Nankin
Nankin

N.da Xitoy Fanlar akademiyasining filiali, tuproqshunoslik va geografiya institutlari, universitet va boshqa oliy oʻquv yurtlari, kutubxona, muzeylar, botanika va hayvonot bogʻlari, rasadxona bor.

N.ga miloddan avvalgi 472 yilda asos solingan. Turli davrlarda shahar nomi har xil atalgan. 1368—1421-yillarda mamlakat poytaxti. 1421 — 1911-yillarda Szyannan noyibligining markazi. 1853—64 yillarda Taypinlar davlati poytaxti. 1911 — 12 yillarda Sun Yatsen boshliq Xitoy Respublikasi hukumatining qarorgoxi. 1912-yildan Szyansu provinitsiyasining maʼmuriy markazi. Maʼmuriy va tarixiy yodgorliklardan „Imperator shahri“ (14—15-asrlar), shahar devori (uz. 34 km), ibodatxonalar, mak, baralar saqlangan.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil