Avtomobil sanoati — mashinasozlikning bir tarmogʻi; avtomobillar, tirkama va yarim tirkama yuk tashish moslamalari, avtomobillarga ehtiyot qismlar, agregatlar ishlab chiqaradi, shuningdek mototsikllar, motorollerlar, mopedlar, velosipedlar ishlab chiqarish korxonalari ham Avtomobil sanoati tarkibiga kiradi.

Zamonaviy avtomobil yigʻuv liniyasi. Geely kompaniyasi.
Ushbu videoda yangi SEAT, Škoda va Volkswagen avtomobillari temir yoʻl orqali tashilmoqda. Kutna Hora, Chexiya

Tarixi

tahrir

Avtomobil sanoati 19-asr oxirida Fransiya, Germaniya, AQSH, Buyuk Britaniyada vujudga keldi. 20-asr davomida bu sanoat yuqoridagi mamlakatlardan tashqari. Yaponiya, Italiya, Rossiya, Kanada, Shvesiya va boshqa mamlakatlarda ham rivoj topgan[1]. Dunyoda har yili oʻrta hisobda 70–100 mln avtomobil ishlab chiqariladi, shulardan yuk avtomobillari 9–10 mln, avtobuslar 1,4–1,7 mln, qolganlari yengil avtomobillar. Yengil avtomobillar ishlab chiqarishda AQShning "Jeneral motors" (3,4), "Ford" (4,0), "Kraysler" (1,4) avtomobil monopoliyalari jahonda ishlab chiqarilgan jami yengil avtomobillarning 23,6%ni ishlab chiqaradi, Yaponiyaning "Toyota" (3,6), "Xonda" (1,9), "Nissan" (2,1) monopoliyalari, Germaniyaning "Folksvagen" (2,0), "Opel" (1,7), Fransiyaning "Reno" (1,6), Italiyaning "Fiat" (1,9) kompaniyalari yengil avtomobillar ishlab chiqarishda yetakchilik qiladi. 20-asrning 80-yillaridan boshlab avtomobil konsernlari avtomobil sotish bozorlarida kattaroq joy egallash, mahsulot tannarxini kamaytirish va sifatini yuqori darajaga koʻtarish maqsadida xalqaro konsernlarga birlasha boshlashdi. Masalan, "Ford" konserni oʻziga Yaponiyaning "Mazda", Angliyaning "Yaguar", Shvesiyaning "Volvo" konsernlarining yengil avtomobillar ishlab chiqaradigan boʻlimlarini kiritdi. "Folksvagen" Ispaniyaning "Seat", Germaniyaning "Audi", Chexiyaning "Shkoda" konsernlari bilan birlashdi. Bu jarayon hozirgi kungacha davom etib kelmoqda.

Oʻzbekistonda Avtomobil sanoati

tahrir
Bu turkum uchun asosiy maqola: Oʻzbekiston avtomobilsozlik sanoati
 
GM-Uzbekistan. Asakadagi eng yirik avtomobil zavodi

Oʻzbekistonda Avtomobil sanoati 90-yillar boshidan paydo boʻldi. 1992-yil Oʻzbekiston Respublikasida Janubiy Koreyaning "DEU" korporatsiyasi bilan Asaka shahrida yillik loyiha quvvati 200 ming dona yengil avtomobillar ("Damas", "Tiko", "Neksiya") ishlab chiqaradigan "OʻzDEU-avto", qoʻshma korxonasi barpo etildi. Asaka avtomobil zavodida "Damas" mikroavtobuslarini seriyali ishlab chiqarish 1996-yil martdan yoʻlga qoʻyildi, 1996-yil 19-iyulda zavodning rasmiy ochilishi va xalqaro taqdimoti oʻtkazildi. 1996–99 yillarda "OʻzDEUavto" qoʻshma korxonasida 200 mingdan ortiq avtomobil, 1999-yilda jami 60 mingga yaqin avtomobil ishlab chiqarildi ("Neksiya" – 28259, "Tiko" – 16380, "Damas" – 13663 dona). Chet elga 14 mingdan ortiq avtomobil eksport qilindi. Shuning-dek 1995-yil "Oʻzavtosanoat" uyushmasi va Turkiyaning "Koch xolding" kompaniyasi oʻrtasida imzolangan shartnomaga koʻra, Samarqand shahrida yillik loyiha quvvati 5 ming donadan ziyod avtobus va turli yuk mashinalari ishlab chiqarishga moʻljallangan, umumiy qiymati 65 mln. AQSH dollariga teng "SamKochAvto" qoʻshma korxo-nasini bunyod etildi. Oʻrta Osiyoda avtobus va turli yuk mashinalari ishlab chiqaradigan mazkur yagona korxonani ishga tushirishga moʻljallangan rasmiy takdimot marosimi 1999-yil 16-martda boʻlib oʻtdi. Hozircha bu zavodda tayyorla-nayotgan mashinalar uchun butlovchi va ehtiyot qismlarning 25% Oʻzbekistonda 136ishlab chiqarilmoqda. Kelgusida avtomo-bil qismlarini ishlab chiqarish tobora kengaytiri-ladi. Asaka avtomobil zavodida ham dast-labki butlovchi va ehtiyot qismlarning 15% mahalliy korxonalarda tayyorlangan boʻlsa, 1999-yilga kelib bu koʻrsatkich 55%ga yetdi.Respublika avtomobillar uchun but-lovchi qismlar ishlab chiqarishni ma-halliylashtirish dasturini amalga oshi-rish maqsadida oʻnlab qoʻshma korxonalar tashkil etildi. Ular Janubiy koreyalik sheriklar ishtirokida tashkil etilgan zavodlar: "OʻzkoramKo", "Oʻz-Tong Xong", "Oʻz-Dong Yang", "Oʻz-Don-gju Peint Kom-pani", "Oʻz-Sam Yang" va boshqa1998-yilda "Oʻzavtosanoat" uyushmasi Xalqaro avtotransport ishlab chiqaruvchi korxonalar tashkilotlariga a’zo etib qabul qilindi.Avtozavodlarning koʻplab dilerlari respublika ichida ham, undan tashqarida ham faol ishlamoqdalar. "Oʻzavtotexxizmat" aksiyadorlik jamiya-ti va "OʻzbekLada" shular jumlasidan-dir. Avtomobillarning yangi modellarini yaratish maqsadida katta loyihalar ustida ishlar olib borilmoqda.2000-yil boshida Sifatni standart-lash boʻyicha xalqaro tashkilot (ISO-BMTning tashkiloti; 1946-yilda tuzil-gan) "OʻzDEUavto" kompaniyasida ishlab chiqarilayotgan avtomobillarga xalqaro sifat talablariga muvofiqlik sertifi-katini berdi.Baxtiyor Hasanov.

Quyidagi jadvalda soʻnggi yillarda butun dunyo boʻylab ishlab chiqarilgan avtomobillarni umumiy soni va ushbu sanoatning oʻsish foizlari keltirilgan.

Yil Soni Oʻzgarish Manba
1997 54,434,000 [2]
1998 52,987,000   2.7% [2]
1999 56,258,892   6.2% [3]
2000 58,374,162   3.8% [4]
2001 56,304,925   3.5% [5]
2002 58,994,318   4.8% [6]
2003 60,663,225   2.8% [7]
2004 64,496,220   6.3% [8]
2005 66,482,439   3.1% [9]
2006 69,222,975   4.1% [10]
2007 73,266,061   5.8% [11]
2008 70,520,493   3.7% [12]
2009 61,791,868   12.4% [13]
2010 77,857,705   26.0% [14]
2011 79,989,155   3.1% [15]
2012 84,141,209   5.3% [16]
2013 87,300,115   3.7% [17]
2014 89,747,430   2.6% [18]
2015 90,086,346   0.4% [19]
2016 94,976,569   4.5% [20]
2017 97,302,534   2.36% [21]
2018 95,634,593   1.71% [22]
2019 91,786,861   5.2% [23]
2020 77,621,582   16% [24]

Eksport va import

tahrir
 
Davlatlar miqyosida avtomobillar eksporti (2014)

from Harvard Atlas of Economic Complexity

 
Butun dunyo miqyosida avtomobillar importi va eksporti koʻrsatkichlari. 2011

Yetakchi kompaniyalar

tahrir
Yengil avtomobil ishlab chiqaruvchi davlatlar Top 20 taligi (2021)
Davlat Ishlab chiqarilgan (dona)
  Xitoy
26 082 220
  AQSh
9 167 214
  Yaponiya
7 846 955
  Hindiston
4 399 112
  Koreya Respublikasi
3 462 404
  Olmoniya
3 308 692
  Meksika
3 145 653
  Braziliya
2 248 253
  Ispaniya
2 098 133
Tayland
1 685 705
  Rossiya
1 566 317
  Fransiya
1 351 308
  Turkiya
1 276 140
Indoneziya
1 121 967
  Kanada
1 115 002
Chexiya
1 111 432
Slovakia
1 000 000
Buyuk Britaniya
932 488
  Eron
894 298
  Italiya
795 856

† = faqat yengil va kichiktonnajli avtomobillar „Ishlab chiqarish statistikasi“. OICA.

OICA sayti tahlillari boʻyicha 2017-yilda eng yirik 15 ta avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniyalar jadvali.[25]

Oʻrin Kompaniya Davlat Avtomobil
1 Toyota   Yaponiya 10,466,051
2 Volkswagen Group   Olmoniya 10,382,334
3 Hyundai   Koreya Respublikasi 7,218,391
4 General Motors   AQSh 6,856,880
5 Ford   AQSh 6,386,818
6 Nissan   Yaponiya 5,769,277
7 Honda   Yaponiya 5,236,842
8 Fiat Chrysler Automobilesa   Italiya/  AQSh 4,600,847
9 Renault   Fransiya 4,153,589
10 Groupe PSAa   Fransiya 3,649,742
11 Suzuki   Yaponiya 3,302,336
12 SAIC   Xitoy 2,866,913
13 Daimler   Olmoniya 2,549,142
14 BMW   Olmoniya 2,505,741
15 Geely   Xitoy 1,950,382

Top 20

tahrir

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Havolalar

tahrir
  1. Ishlab chiqarilmaydigan rus avtomobillari
  2. 2,0 2,1 „1998 - 1997 WORLD MOTOR VEHICLE PRODUCTION BY TYPE AND ECONOMIC AREA“. oica.net. Qaraldi: 2015-yil 21-iyul.
  3. „1999 Production Statistics“. oica.net.
  4. „2000 Production Statistics“. oica.net.
  5. „2001 Production Statistics“. oica.net.
  6. „2002 Production Statistics“. oica.net.
  7. „2003 Production Statistics“. oica.net.
  8. „2004 Production Statistics“. oica.net.
  9. „2005 Production Statistics“. oica.net.
  10. „2006 Production Statistics“. oica.net.
  11. „2007 Production Statistics“. oica.net.
  12. „2008 Production Statistics“. oica.net.
  13. „2009 Production Statistics“. oica.net.
  14. „2010 Production Statistics“. oica.net.
  15. „2011 Production Statistics“. oica.net.
  16. „2012 Production Statistics“. oica.net.
  17. „2013 Production Statistics“. oica.net.
  18. „2014 Production Statistics“. oica.net.
  19. „2015 Production Statistics“. oica.net.
  20. „2016 Production Statistics“. oica.net.
  21. „2017 Production Statistics“. oica.net.
  22. „2018 Production Statistics“. oica.net.
  23. „2019 Production Statistics“. oica.net.
  24. „2020 Production Statistics“. oica.net.
  25. OICA: World Ranking of Manufacturers