Andijon xalqaro aeroporti
Andijon aeroporti Andijon shahridan 6 km uzoqlikda joylashgan xalqaro aeroport. Mahalliy yoʻnalishlardan tashqari Rossiyaning Domodedovo xalqaro aeroporti (Moskva), Tolmachevo xalqaro aeroporti (Novosibirsk), Pulkovo xalqaro aeroporti (Sankt-Peterburg) bilan aloqalari bor [3].
Andijon xalqaro aeroporti | |||
---|---|---|---|
IATA kodi: AZN – ICAO kodi: UTFA | |||
Qisqacha bayon | |||
Aeroport turi | Davlat mulki | ||
Egasi | Oʻzbekiston hukumati | ||
Operator | Uzbekistan Airports AJ | ||
Xizmat doirasi | Andijon | ||
Joylashuvi | Andijon viloyati, Oʻzbekiston | ||
Dengiz sathidan balandligi | 462 m / 1 515 ft | ||
Koordinatalari | 40°43′40″N 72°17′38″E / 40.72778°N 72.29389°E | ||
Xarita | |||
| |||
Uchish/qoʻnish yoʻlaklari | |||
Uzunligi | Yuzasi | ||
m | ft | ||
04/22 | 2 978 | 9 770 | Beton |
Manba: DAFIF[1][2] |
Tarixi
tahrirSSSR Harbiy vazirining 1950-yil 23-dekabrdagi buyrugʻiga binoan 1954-yi aerodrom havo hujumidan mudofaa aviatsiyasini joylashtirish uchun qurilgan. 1954-yil noyabrdan 1992-yil maygacha bo'lgan davrda aerodromda 9-gvardiya qiruvchi aviatsiyasi bazasi hisoblangan [4]. SSSR parchalanganidan keyin 1992-yil may oyida polk Oʻzbekiston yurisdiktsiyasiga oʻtkazildi va 62-qiruvchi aviatsiya polki deb nomlandi[4].
Sovet Ittifoqi davrida aeroportdan SSSRning quyidagi shaharlariga samoyotlar qatnagan:
- Moskva (1 reys haftasiga 5 martadan) - Domodedova, Vnukovo, Sheremetyevo
- Leningrad/Sankt-Peterburg (1 reys haftasiga 2 martadan)
- Sverdlovsk/Yekaterinburg (1 reys haftasiga 2 martadan)
- Kiyev (2 reys haftasiga 1 martadan)
- Simferopol (3 reys — 1 reys haftasiga 2 martadan, 2 reys haftasiga 1 martadan)
- Surgut (2 reys — 1 reys haftasiga 2 martadan, 1 reys haftasiga 1 martadan)
- Frunze (1 reys haftasiga 4 martadan)
- Abakan (1 reys haftasiga 3 martadan),
- Mineralnye Vodi ( 1 reys haftasiga 2 martadan),
- Dushanbe (2 reys — 1-reys haftasiga 7 marta, 2-reys haftasiga 4 martadan)
- Novosibirsk (3 reys — 1-reys haftasiga 4 martadan, 2-reys haftasiga 2 martadan, 3-reys haftasiga 1 martadan)
- Olmaota (4 reys — 1 reys haftasiga 7 martadan, 2 reys haftasiga 4 martadan va 4-reys haftasiga 3 martadan)
- Kuybishev / Samara (1 reys haftasiga 3-4 martadan)
- Qoʻrgʻontepa (1 reys haftasiga 7 martadan)
- Magadan (1 reys haftasiga 4 martadan)
- Anadir (1 reys haftasiga 4 martadan)
- Pavlodar (1 reys haftasiga 4 martadan)
- Balxash (1 reys haftasiga 4 martadan)
- Nijnevartovsk (1 reys haftasiga 2 martadan)
- Omsk, Chelyabinsk, Krasnoyarsk, Tyumen, Ufa (1 reys haftasiga 1 martadan)
Mahalliy reyslar
tahrirSovet Ittifoqi davrida Andijon aeroportidan Toshkent (22 reys, shu jumladan: An-24 va Yak-40 samolyotlarida kuniga 8-9 reys va TU-154 samolyotlarida (164-180 oʻrin) kuniga 3-4 reys), Samarqand (2 reys — 1 reys haftasiga 4 martadan, 2-reys haftasiga 3 martadan), Qarshi (haftasiga 4 martadan), Nukus (haftasiga 4 martadan), Buxoro, Urganch, Termiz va Jizzax (har biriga haftasiga 3 martadan) shaharlariga tinimsiz samolyotlar qatnagan [5].
Mustaqillik davrida
tahrirOʻzbekiston mustaqillikka erishgach, 1992-yilda aeroport Oʻzbekistonning yurisdiktsiyasiga oʻtgan. Andijon xalqaro aeroporti sifatida fuqarolik maqsadlarida foydalaniladi. Oʻzbekiston havo yoʻllari milliy aviakompaniyasi uy aeroporti hisoblanadi.
2015-yilda Andijon aeroportiga xalqaro aeroport maqomi berildi. Aeroport binosida yo‘lovchilarning kelish va jo‘natish terminali, alohida bino – tranzit yo‘lovchilar zali va alohida bino – rasmiy delegatsiyalarga xizmat ko‘rsatish zali mavjud.
2019-yildan boshlab aeroport "Uzbekistan Airports" aksiyadorlik jamiyati tasarrufida [6]. Kompaniya 100 foiz ulush bilan egalik qiluvchi „Zahriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon xalqaro aeroporti“ MChJ aeroportni operativ boshqaradi.
2020-yil 19-iyulda chiqqan PQ-4755 sonli prezident qaroriga muvofiq, Andijon xalqaro aeroportiga „Zahiriddin Muhammad Bobur“ nomi berilgan [7].
2020-yil 1-avgustdan boshlab Andijon xalqaro aeroportida "beshinchi havo erkinligi" huquqini qoʻllagan holda ochiq osmon rejimi joriy qilingan [8].
Andijon xalqaro aeroportidan bugungi kunda reyslar amalga oshirilmayapti. Aeroport 2023-yil 1-apreldan rekonstruksiya qilinishi munosabati bilan parvozlar uchun yopildi. Aeroport 2023-yil oxiriga qadar faoliyat koʻrsatmaydi [9].
Manbalar
tahrir- ↑ „Aeroport“. 2017-yil 7-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 6-iyun.
- ↑ Aeroport haqida Andizhan, Uzbekistan (UTKA / AZN) Great Circle Mapper'da.
- ↑ Airport diagram for UTKA[sayt ishlamaydi]
- ↑ 4,0 4,1 Анохин В. А., Быков М. Ю.. Все истребительные авиаполки Сталина. Первая полная энциклопедия. Moskva: Yauza-press — 944-bet. ISBN 9785995507079.
- ↑ Портал Расписаний Авиапостер, статья газет Андижанская правда и Правда Востока за 1983,1987 и другие тиражию // Историческая информатика. — 2017-04. — Т. 4, вып. 4. — С. 78–100. — ISSN 2585-7797. — DOI:10.7256/2585-7797.2017.4.24841.
- ↑ „O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING FUQARO AVIATSIYASINI TUBDAN TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDAGI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING FARMONI“. lex.uz. Qaraldi: 7-iyun 2023-yil.
- ↑ „TURIZM SOHASINI SANITARIYA-EPIDEMIOLOGIK XAVFSIZLIKNING KUCHAYTIRILGAN REJIMI TALABLARIGA QAT’IY RIOYA QILGAN HOLDA RIVOJLANTIRISHGA DOIR QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA“. lex.uz.
- ↑ „1 avgustdan O‘zbekistonning barcha hududiy aeroportlarida “Ochiq osmon” rejimi joriy etiladi“. O‘zbekiston Transport vazirligi. Qaraldi: 7-iyun 2023-yil.
- ↑ „Andijon aeroporti yil oxirigacha rekonstruksiya uchun yopildi“. Gazeta.uz (2023-yil 27-mart). Qaraldi: 7-iyun 2023-yil.