Domodedovo Xalqaro Aeroporti (rus. Mejdunarodniy Aeroport Domodedovo) – Rossiyadagi Moskva viloyati va Moskva shahrining xalqaro maqomdagi aeroportidir. 2012-yilga koʻra ushbu aeroport yoʻlovchi tashish boʻyicha Rossiyada eng yirik hisoblanadi. Aeroport Moskva viloyatining Domodedovo okrugi va Ramenskoe rayoni chegarasida, Moskva markazidan janubi-sharqda 45 kilometr uzoqlikda joylashgan. Rasmiy nomi – „Moskva Domodedovo“.

Moskva-Domodedovo Aeroporti
Московский аэропорт Домодедово
Moskovskiĭ aėroport Domodedovo
IATA kodi: DMEICAO kodi: UUDD
Qisqacha bayon
Aeroport turi xalqaro yoʻlovchi tashish
Egasi/Operator East Line Group
Xizmat doirasi Moskva, Rossiya bayrogʻi Rossiya
Joylashuvi Domodedovo
Havo yoʻli tuguni
Markazi
Dengiz sathidan balandligi 179 m / 588 ft
Koordinatalari 55°24′31″N 37°54′22″E / 55.40861°N 37.90611°E / 55.40861; 37.90611
Vebsayti domodedovo.ru
Xarita
UUDD (Rossiya)
UUDD
xaritada
Uchish/qoʻnish yoʻlaklari
Uzunligi Yuzasi
m ft
14L/32R 3,793 12,444 Temirbeton
14R/32L 3,500 11,483 Sement-beton
14C/32C 2,600 8,531 Beton
Maʻlumotlar (2015)
Yoʻlovchilar soni 30,504,515
Yoʻlovchi koʻrsatkichlari 14–15 7,7%
Uchishlar soni 253,084
Uchishlar koʻrsatkichi 14–15 8,9%
Manba: Passenger Traffic, ACI Europe[1]
Aeronautical Information Publication[2]

Domodedovo Aeroporti Dunyoning koʻplab mamlakatlari shaharlari qatori Oʻzbekistonning turli shaharlaridan ham reyslarni qabul qiladi. Bular: Toshkent, Samarqand, Buxoro, Urganch, Qarshi, Termiz, Navoiy, Nukus, Andijon, Namangan va Fargʻona shaharlaridir.

Umumiy maʼlumotlar

tahrir

Aeroport majmuasi ikkita mustaqil parallel uchish-qoʻnish yoʻlagidan tashkil topgan aerodromni oʻz ichiga oladi. Ular bir-biridan ikki kilometr uzoqlikda joylashgan boʻlib, bu Domodedovoni Moskva aviatamogʻidagi uchish-qoʻnish yoʻlaklarida bir vaqtning oʻzida uchish va qoʻnish amaliyotlarini bajarishga qodir yagona aeroportga aylantiradi. Ikkala uchish-qoʻnish yoʻlagi ham ICAO CAT IIIA toifasiga muvofiq sertifikatlangan. 1-uchish-qoʻnish yoʻlagining rekonstruksiya qilinishi Domodedovoni Airbus A380 yoʻlovchi laynerini qabul qila oladigan birinchi rus aeroportiga aylantirdi[3].

Domodedovo aeroportining yoʻlovchi terminali IATA „C“ sertifikatiga ega va Rossiyada birinchi boʻlib ISO 9001:2000 xalqaro sifat standarti boʻyicha sertifikatlangan[4].

2022-yilda Star Alliance va Oneworld kabi taniqli aviatsiya alyanslari aʼzolari tomonidan Moskvaga parvozlar uchun tanlangan Domodedovo 21,2 million yoʻlovchiga xizmat koʻrsatdi[5]. Xalqaro tashish segmentida yoʻlovchi tashish 2021-yildagi koʻrsatkichdan 25 foizga oshib, 6 milliondan ortiq sayohatchilarni tashkil etdi.

Moskvadagi umumiy hajmdagi yoʻlovchi tashish boʻyicha aeroportning ulushi 32,3% ni tashkil qiladi. Domodedovo aeroportidan parvozlar 30 ta aviakompaniya tomonidan 80 dan ortiq sayyohlik yoʻnalishlariga amalga oshiriladi: ulardan 49 tasi Rossiyada, 22 tasi qoʻshni mamlakatlarda va 13 tasi MDHdan tashqari mamlakatlarda. Moskva aviatamogʻi uchun faqat Domodedovo aeroportidan sayohat qilish mumkin boʻlgan unikal yoʻnalishlar orasida: Blagoveshchensk, Bratsk, Bugulma, Koʻrgan, Norilsk, Qizil, Sabetta, Tobolsk, Chita, Issiqkoʻl, Kutaisi, Koʻlob, Lankaran, Navoiy, Nukus, Addis–Abeba, Bahrayn, Kasablanka, Kuvayt, Tel–Aviv va Sharja yoʻnalishlari bor[6].

Domodedovo aeroportining terminal majmuasi UNDER ONE ROOF (Bir tom ostida) meʼmoriy konsepsiyasi doirasida ishlab chiqilgan: yagona terminal aeroportning transfer salohiyatini oshirishga, yoʻlovchilar uchun qulay sharoitlar yaratishga va energiya samaradorligini oshirishga yordam beradi.

Domodedovo aeroportida 61 yillik faoliyat davomida yoʻlovchilar oqimi 777 million kishidan ortiqni tashkil etdi[6]. Aeroportida 61 yil davomida amalga oshirilgan uchish va qoʻnish operatsiyalari soni 7 milliondan oshdi.

Baxtsiz hodisalar va falokatlar

tahrir
  • 1999-yil 5-dekabrda Ilyushin Il-114 samolyotining yuk tashuvchi varianti Domodedovoda sinov parvozi vaqtida halokatga uchradi, natijada besh kishi halok boʻldi, ikki kishi jarohatlandi[7].
  • 2004-yil 24-avgustda Volga-AviaExpress 1353-reysi va Siberia 1047-reysi bir vaqtning oʻzida qulab tushdi, birinchisida 44 kishi, ikkinchisida 46 kishi, jami 90 kishi halok boʻldi.
  • 2010-yil 22-martda Aviastar-TU 1906-reysini amalga oshirayotgan Tu-204 samolyoti Misrning Hurgada shahridan yoʻlovchilarsiz va 8 ekipaji boʻlgan samolyot tumanli ob-havoda qoʻnmoqchi boʻlgan vaqtida aeroportdan 2 kilometr (1,2 milya) uzoqlikdagi oʻrmonga qulab tushdi. Halok boʻlganlar yoʻq, ekipaj halokatga uchragan samolyotdan oʻz-oʻzidan qutulib qolgan, biroq ulardan toʻrt nafari ogʻir yaralangan[8].
  • 2010-yil 4-dekabrda South East Airlines aviakompaniyasining 372-reysi Domodedovoga favqulodda qoʻnishni amalga oshirdi, natijada ikki kishi halok boʻldi va 56 kishi yaralandi[9].
  • 2011-yilning 24-yanvarida Domodedovo xalqaro aeroportida xudkushlik hujumi uyushtirilib, 37 kishi halok boʻldi va 173 kishi yaralandi. Buning uchun Kavkaz amirligining chechen jihodiy guruhi javobgarlikni oʻz boʻyniga oldi.
  • 2018-yilning 11-fevralida Saratov aviakompaniyasining 703-reysi, Antonov 148 samolyoti havoga koʻtarilganidan koʻp oʻtmay qulab tushdi, bortdagi barcha 71 kishi halok boʻldi.

Manbalar

tahrir
  1. „ACI EUROPE Airport Traffic Report. December, Q4 and Full Year 2015“. Qaraldi: 28-avgust 2016-yil.
  2. „Russian AIP (CAIGA)“. 2016-yil 13-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28-avgust 2016-yil.
  3. „Итоговый отчёт о проведённых исследованиях: Существующее состояние аэропортов МАУ и перспективы их развития до 2030 года“ (deadlink). Группа компаний «Прогресстех». 2010-yil 5-noyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  4. „Домодедово подтвердил сертификацию пассажирского терминала по стандарту ISO 9001:2000“. сайт аэропорта Домодедово (2004-yil 5-fevral). 2011-yil 25-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 24-yanvar.
  5. „Московский аэропорт Домодедово - О компании“. business.dme.ru. 2023-yil 28-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 28-iyul.
  6. 6,0 6,1 „Московский аэропорт Домодедово - Новости“. dme.ru. Qaraldi: 2023-yil 18-avgust.
  7. „Aircraft Accident Ilyushin 114T UK-91004“. Aviation Safety Network.
  8. „Russian plane crash lands in forest near Moscow“. BBC News (2010-yil 22-mart). Qaraldi: 2010-yil 2-dekabr.
  9. „Two killed as plane makes emergency landing in Russia“. AFP (2010-yil 4-dekabr). 2014-yil 29-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 17-mart.