IrAero – Rossiyaning Irkutsk shahrida joylashgan aviakompaniya. U mahalliy va xalqaro yoʻlovchilarga muntazam qatnovlar, charter va yuk qatnovlarini taklif qiladi. Asosiy bazasi Irkutsk aeroportida joylashgan.

IrAero
ИрАэро
Fayl:IrAero En Logo.png
IATA ICAO Identifikatori
IO IAE IRAERO
Tashkil topgan 1999 (25 yil avval) (1999)
Havo tuguni Irkutsk[1]
Qoʻshimcha havo tuguni
Park hududi 32[2]
Parvoz yoʻnalishlari 60[3]
Bosh qarorgohi Irkutsk, Rossiya bayrogʻi Rossiya
Sayti iraero.ru

Tarixi tahrir

Aviakompaniya 1999-yilda Rossiyaning Irkutsk shahrida tashkil etilgan.

IrAero Turkiya, Ozarbayjon, Armaniston, Oʻzbekiston, Xitoyga xalqaro reyslarni amalga oshiradi (2023). Kompaniya qandaydir tarzda oʻz parvozlari uchun Visa va MasterCard tizimlari orqali toʻlovlar qabul qiladi. Bu toʻgʻridan-toʻgʻri Rossiya korruptsiya maʼmurchiligiga qarshi iqtisodiy sanksiyalar tamoyiliga ziddir[4].

Parvoz manzillari tahrir

IrAero Rossiyaning yirik shaharlari va kichikroq shaharchalariga hamda qoʻshni mamlakatlardagi bir nechta yoʻnalishlarga parvozlarni amalga oshiradi.

Aviaparki tahrir

 
IrAero Bombardier CRJ200LR samolyoti
 
IrAero Sukhoi Superjet 100 samolyoti

Joriy holati tahrir

2022-yil iyul holatiga koʻra, IrAero floti quyidagi samolyotlardan iborat[5][2]:

IrAero floti
Samolyot Miqdori Buyurtmalar Yoʻlovchilar Eslatmalar
C Y Jami
Airbus A319-100 1 156 156
Antonov An-24 19 48 48
Antonov An-26
Bombardier CRJ200LR 1 50 50
Irkut MC-21-300 10 Hali yetkazib berilmagan Bekor qilingan buyurtma dastlab 2019-yilga rejalashtirilgan[6][7]
Sukhoi Superjet 100 11 12 81 93
Jami 32 10

Avval foydalanilgan samolyotlar tahrir

Ilgari IrAero floti quyidagi samolyot turlarini ham oʻz ichiga olgan[8]:

Baxtsiz hodisalar tahrir

2011-yil 8-avgustda Antonov An-24 (RA-46561) samolyotida amalga oshirilgan IrAero 103-reysi Chitadan parvoz oxirida qoʻnish vaqtida Blagoveshchensk yaqinidagi Ignatyevo aeroportida uchish-qoʻnish yoʻlagidan chiqib ketdi. Bortdagi besh nafar ekipajning uch nafari hamda 31 nafar yoʻlovchidan toʻqqiz nafari jarohat oldi, halok boʻlganlar yoʻq[9][10].

Manbalar tahrir

Havolalar tahrir