Navoiy xalqaro aeroporti — Navoiy shahri yaqinidagi aeroport. 1962-yilda qurilgan. 2007-yilda aerodrom va havo harakatini boshqarish tizimi qaytadan rekonstruksiya qilingan.

Navoiy xalqaro aeroprti
Навоий ҳалқаро аэропорти
IATA kodi: NVIICAO kodi: UTSA
Qisqacha bayon
Aeroport turi xalqaro fuqaro tashish
Egasi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston hukumati
Operator Oʻzbekiston havo yoʻllari
Xizmat doirasi Navoiy (shahar)
Joylashuvi Navoiy viloyati, Oʻzbekiston
Dengiz sathidan balandligi 1,140 ft / 348 m
Koordinatalari 40°07′04″N 065°10′30″E / 40.11778°N 65.17500°E / 40.11778; 65.17500
Vebsayti navoi-airport.com
Xarita
NVI (Oʻzbekiston)
NVI
Joylashuvi
Uchish/qoʻnish yoʻlaklari
Uzunligi Yuzasi
m ft
07/25 4,000 13,123 Beton

2008-yilda Oʻzbekiston havo yoʻllari milliy aviakompaniyasi hamda „Korean Air“ aviakompaniyasi oʻrtasida „Navoiy“ aeroporti xususida konsalting xizmatlari koʻrsatish toʻgʻrisida kelishuv imzolandi[1].

„Korean Air“ kompaniyasi keyingi 20 yilda aeroportni Markaziy Osiyo habiga aylantirib, 2028-yil qadar yiliga 200 ming tonna yuk va 1 million yoʻlovchi tashishni moʻljallagan[2].

Tarixi

tahrir

Navoiy aeroporti 1962-yilda Sovet Ittifoqi davrida ochilgan. 1992-yilda O‘zbekiston Prezidentining farmoni bilan „O‘zbekiston havo yo‘llari“ MAK tashkil etilishi bilan bir qatorda Navoiy aeroportiga xalqaro maqom berildi.

2007-yilda aeroportning o‘tkazish qobiliyatini oshirish bo‘yicha ishlar olib borildi, uchish-qo‘nish yo‘lagi va taksi yo‘laklari to‘liq rekonstruksiya qilindi, zamonaviy yoritish tizimi o‘rnatildi va havo harakatini boshqarishning yangi minorasi qurildi.

2009-yilda Koreya havo transporti kompaniyasi 10 yillik rivojlanish rejasiga muvofiq aeroportni boshqarishni va modernizatsiya dasturini yanada jadallashtirishni oʻz zimmasiga oldi. Eng yangi uskunalar yordamida yiliga 100 ming tonna yuk tashuvchi Markaziy Osiyodagi eng yirik havo yuk terminali qurilishi yakunlandi, terminal 2010-yil 12-avgustda foydalanishga topshirildi, shuningdek, 5 ta yuk tashish uchun perron qurildi. Boeing 747-400 samolyotlari olib kelindi. Shuningdek, jami 5 million litrgacha aviatsiya yoqilgʻisi saqlashi mumkin boʻlgan 4 ta qoʻshimcha yoqilgʻi saqlash ombori qurildi. Bu B747-400 kabi 25 ta yirik kemani yonilgʻi bilan toʻldirish uchun yetarli hisoblanadi. 2008-yil avgust oyida Korean Airlines aviakompaniyasi Navoiydan oʻzining birinchi yuk reyslarini amalga oshirdi va chastotalar ortishi tufayli Incheon, Bryussel va Milanga haftalik 12 ta Boeing 747-400F reyslari amalga oshirilmoqda.

„O‘zbekiston havo yo‘llari“ Milliy aviakompaniyasi 2009-yil may oyida „Navoiy“ aeroportida yuk tashish faoliyatini boshlagan va hozirda Bangkok, Dehli, Mumbay va Frankfurtmayn shaharlariga haftasiga 18 ta reyslar amalga oshiriladi. „Navoiy“ aeroportida 3 ta aviakompaniya 8 ta davlatning 9 ta shahriga, jumladan, yoʻlovchi qatnovlarini amalga oshiradi va yangi yoʻnalishlar yaratish boʻyicha ham ishlar olib borilmoqda.

Havo yoʻllari va manzillar

tahrir
Mahalliy
  • Oʻzbekiston havo yoʻllari — Toshkent
Xalqaro
  • Oʻzbekiston havo yoʻllari — Moskva-(Domodedovo)
  • Oʻzbekiston havo yoʻllari — Sankt-Peterburg-(Pulkovo)

Yuk tashish

tahrir
  • Korean Air Cargo (Milan-Navoiy-Seul)
  • Korean Air Cargo (Brussel'-Navoiy-Seul)
  • Korean Air Cargo (Vena-Navoiy-Seul)
  • Korean Air Cargo (Shanxay-Navoiy-Seul)
  • Oʻzbekiston havo yoʻllari — Frankfurt-Navoiy
  • Oʻzbekiston havo yoʻllari — Bangkok-Navoiy
  • Oʻzbekiston havo yoʻllari — Dehli-Navoiy
  • Oʻzbekiston havo yoʻllari — Dubay-Navoiy
  • Oʻzbekiston havo yoʻllari — Istanbul-Navoiy
  • Oʻzbekiston havo yoʻllari — Bombey-Navoiy

Havolalar

tahrir

Qoʻshimcha maʼlumotlar

tahrir