Aerodrom
Aerodrom (aero… va yun. dromos — yugurish joyi) — samolyotlarning uchishi va qoʻnishi uchun moʻljallangan, ularni joylashtirish va ularga texnik xizmat koʻrsatishni taʼminlaydigan inshootlar va jihozlar majmui. Fuqaro va harbiy, doimiy va muvaqqat A.lar boʻladi. Samo-lyotlarning turlari, hududlarning katta-kichikligi, A. toʻshamasining koʻtarish imkoni va boshqa belgilarga qarab sinflarga boʻlinadi. Vazifasiga qarab A.ning transport, zavod, oʻquv-mashq, klub-sport va boshqa xillari bor. Transport A.i aeroport singari jihozlanadi.
AdabiyotlarTahrirlash
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |