IATA aeroporti kodi, shuningdek, IATA joylashuv identifikatori, IATA stansiya kodi yoki oddiygina joylashuv identifikatori sifatida tanilgan, Xalqaro havo transporti assotsiatsiyasi (inglizcha: International Air Transport Associantion, IATA) tomonidan belgilangan dunyo boʻylab koʻplab aeroportlar va metropolitan hududlarni belgilovchi uch harfli geokoddir[1]. Aeroportning roʻyxatdan oʻtish stollarida biriktirilgan bagaj yorliqlarida koʻzga tashlanadigan belgilar ushbu kodlardan foydalanish usuliga misoldir[2] [3] [4].

IATA aeroporti kodi „URA“ boʻlgan Qozogʻistonning Oʻrol aeroportiga uchish uchun bagaj yorligʻi.

Ushbu kodlarni tayinlash IATAning 763-sonli rezolyutsiyasi bilan tartibga solinadi[5] va Kanadaning Monreal shahridagi IATA bosh qarorgohi tomonidan boshqariladi. Kodlar har yarim yilda bir marta IATA aviakompaniyalarni kodlash katalogida chop etiladi.

IATA aeroportga xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar va ayrim temir yoʻl bekatlari uchun kodlarni taqdim etadi[6].

IATA kodi boʻyicha saralangan aeroportlarning alifbo tartibida roʻyxati mavjud. Aviakompaniyalar bilan kelishuvga erishgan AQShning Amtrak, Fransiyaning SNCF, Germaniyaning Deutsche Bahn kabi temir yoʻl kompaniyalarining ham alifbo tartibidagi IATA temir yoʻl vokzallari roʻyxati mavjud. Biroq, koʻpgina temir yoʻl maʼmuriyatlari bekatlar uchun oʻz kodlari roʻyxatiga ega, masalan, Amtrak stansiya kodlari roʻyxati.

Tarixi

tahrir

Aeroport kodlari 1930-yillarda uchuvchilarga joylashuvni aniqlash uchun qulaylik yaratish zaruratidan kelib chiqqan. Dastlab, AQShdagi uchuvchilar shaharlarni aniqlash uchun Milliy ob-havo xizmatining (NWS) ikki harfli kodidan foydalangan. Ushbu tizim NWS identifikatori boʻlmagan shaharlar va qishloqlar uchun boshqarib boʻlmaydigan boʻlib qoldi va ikkita harfdan foydalanish faqat bir necha yuz kombinatsiyaga ruxsat beradi, natijada aeroport kodlarining uch harfli tizimi joriy etildi. Bu tizim barcha harflar bir-biri bilan birgalikda ishlatilishini nazarda tutgan holda 17 576 ta almashtirish imkonini beradi[7].

Nomlash qoidalari

tahrir

Milliy siyosatlar

tahrir

Amerika Qoʻshma Shtatlari

tahrir

AQSh Harbiy-dengiz kuchlari „N“ kodlarini saqlab qolganligi va Federal Aloqa Komissiyasining „W“ yoki „K“ bilan boshlanadigan chaqiruv belgilari bilan chalkashmaslik uchun Amerikaning baʼzi shaharlarining nomlari ushbu harflardan biri bilan boshlanadigan aeroportlari „notoʻgʻri“ aeroport kodlarini qabul qilishga majbur boʻldi: Nyuark aeroporti uchun (Nyu Jersi shtati) EWR, Nyu Heyven (Konnektikut shtati) uchun HVN, Norfolk (Virginiya shtati) uchun ORF, Ki Vest (Florida shtati) uchun EYW, Nome (Alyaska shtati) uchun OME, Neshvil (Tennessi shtati) uchun BNA (aeroportning asl nomi Berry Field boʻlgan) hamda Napa (Kaliforniya shtati) uchun APC[7]. Ushbu amaliyot Qoʻshma Shtatlardan tashqarida kuzatilmaydi: Karachi – KHI, Varshava – WAW va Nagoya – NNT. Bundan tashqari, Q harfi bilan boshlangan uchta harfli kod radioaloqada keng qoʻllanganligi sababli, nomi „Q“ bilan boshlangan shaharlar, xususan Qiqihar (NDG), Kvetta (Quetta – UET), Kito (Quito -UIO), Quimper (UIP), ham muqobil kodlarni topishga toʻgʻri keldi[manba kerak].

IATA kodlarini AQSh aeroportlarining FAA identifikatorlari bilan aralashtirib yubormaslik kerak. Aksariyat FAA identifikatorlari IATA kodlari bilan mos keladi, biroq ayrimlari mos kelmaydi, masalan, Saypan aeroportining FAA identifikatori GSN, IATA kodi esa SPN, boshqalarining FAA identifikatori AQShdan tashqaridagi aeroportlarning IATA kodlari bilan mos keladi[manba kerak].

Kanada

tahrir

Kanadaning ayrim aeroportlari, masalan Monrealdagi Monreal Tryudo aeroporti (YUL) hamda Torontodagi Toronto Pirson aeroporti (YYZ) kabi aeroportlarning IATA kodlari shahar nomining har qanday anʼanaviy qisqartmasi bilan deyarli oʻxshamaydi yoki umuman oʻxshamaydi. Bu kodlar 1930-yillarda ob-havo maʼlumoti stansiyalarini aniqlashda foydalanilgan ikki harfli kodlardan kelib chiqqan. Ikki harfli koddan oldingi harflar quyidagi formatga mos keladi:

  • „Y“ – „Ha“ (Yes) degan maʼnoni bildiruvchi bu harf aeroportda ob-havo stansiyasi joylashganini ifodalaydi.
  • „W“ – „Mavjud emas“ (Without) degan maʼnoni bildiruvchi bu harf aeroportda ob-havo stansiyasi joylashmaganini ifodalaydi.
  • „U“ – Bu harf stansiya NDB yoki yoʻnalishsiz mayoq bilan birga joylashganda ishlatilgan.
  • „X“ – Kodning oxirgi ikki harfi Kanada aeroportida ishlatilganligini koʻrsatib, ushbu harf oʻrniga qoʻyilgan.
  • „Z“ – Bu Kanada aeroportining kodi AQShdagi aeroportniki bilan mos kelib qolganini bildiradi, Kanada aeroporti uchun „Z“ harfidan foydalanilgan.

Kanadadagi aksariyat yirik aeroportlarda „Y“ harfi bilan boshlanadigan kodlar mavjud[8], biroq barcha „Y“ kodlari ham Kanadaga tegishli emas (masalan, Yuma (Arizona shtati) uchun YUM va Yantai (Xitoy) uchun YNT), shu bilan birga Kanada aeroportlarining hammasi ham „Y“ harfi bilan boshlanmaydi (masalan, Bathurst, Nyu-Brunsvik uchun ZBF). Koʻpgina Kanada aeroportlarida W, X yoki Z bilan boshlanadigan kod mavjud, ammo ularning hech biri yirik aeroportlar emas. Kanada transkontinental temir yoʻllari qurilganda, har bir stansiyaga oʻzining ikki harfli Morze kodi berilgan. VR Vancouver, TZ Toronto, QB Kvebek, WG Vinnipeg, SJ Sent Jon, YC Kalgari, OW Ottava, EG Edmonton va boshqalarni anglatadi. Kanada hukumati aeroportlarni tashkil qilganda, ular uchun ham mavjud temir yoʻl kodlaridan foydalangan. Agar aeroportda ob-havo stansiyasi boʻlsa, rasmiylar kodning old tomoniga „Bor“ maʼnosini bildiruvchi „Y“ harfini qoʻshgan, bu harf aeroportda ob-havo stansiyasi bor yoki yoʻqligini bildiradi. AQSh bilan hamkorlikda xalqaro kodlar yaratilganda, „Y“ Qoʻshma Shtatlarda kamdan-kam qoʻllanganligi sababli, Kanada oʻz aeroportlari uchun ob-havo stansiyasi kodlarida „Y“ni „Z“ga almashtirish orqali foydalangan. Natijada, Kanadaning aksariyat yirik aeroport kodlari shahar nomidagi ikkita harfdan oldin „Y“ bilan boshlanadi: Ottava uchun YOW, Vinnipeg uchun YWG, Kalgari uchun YYC va Vankuver uchun YVR, boshqa Kanada aeroportlari esa mazkur aeroportga eng yaqin radiomayoqning ikki harfli kodi oldiga „Y“ harfini qoʻshishgan, masalan Gander aeroporti uchun YQX, Shahzoda Jorj shahri uchun YXS[manba kerak].

Kanadadagi oʻnta viloyat markazidagi aeroportlaridan toʻrttasi YY bilan boshlanadigan kodlar bilan yakunlandi, jumladan Toronto (Ontario) uchun YYZ, Viktoriya (Britaniya Kolumbiyasi) uchun YYJ, Sent Jon (Nyufaundlend) uchun YYT va Sharlottaun (Shahzoda Eduard oroli) uchun YYG. Toronto shahri aeroporti uchun YTZ kodi berilgani sababli, Kanadaning eng katta aeroporti Toronto Pirson uchun YYZ tanlangan[9]. Monreal Tryudo aeroporti uchun YUL kodi ishlatilgan (UL Monreal Tryudoda joylashgan Kirkland shahridagi radiomayoqning ID kodi hisoblanadi). Ushbu kodlar jamoatchilikka ularni Kanadaning maʼlum bir shahri bilan bogʻlashni qiyinlashtirsa-da, ayrim kodlar sirli tabiatiga qaramay, ayniqsa, eng yirik aeroportlarda foydalanishda mashhurlikka erishdi. Toronto kodi pop madaniyatiga Morze kod signalini musiqiy motiv sifatida ishlatilgan „YYZ“ qoʻshigʻi (Rush rok guruhi) orqali kirib keldi. Baʼzi aeroportlar, xususan, Kalgari xalqaro aeroporti (YYC)[10] va Vankuver xalqaro aeroporti (YVR) oʻzining IATA kodidan brend nomi sifatida foydalanishni boshlagan[11].

Yangi Zelandiya

tahrir

Yangi Zelandiyaning aksariyat aeroportlari ularni boshqa mamlakatlardagi oʻxshash aeroport nomlaridan farqlash uchun Z harfini oʻz ichiga olgan kodlardan foydalanadi. Misollar Hamilton uchun HLZ, Kvenstovn uchun ZQN va Vestport uchun WSZ.

Umuman nomlash qoidalari

tahrir

Asosan, aeroport kodlari u joylashgan shaharning birinchi uchta harfi bilan kodlanadi:

Atlanta uchun ATL;

Indianapolis uchun IND;

Asunsion uchun ASU;

Mexiko shahri uchun MEX;

Denver uchun DEN;

Istanbul uchun IST;

yoki shahar nomidagi harflar birikmasi:

Olmaota uchun ALA;

Kork uchun ORK;

Nyu Ark (Newark) uchun EWR;

Gvadalahara (Guadalajara) uchun GDL;

Yoxannesburg (Johannesburg) uchun JNB;

Hong Kong uchun HKG;

Salt Lake City uchun SLC;

Varshava (Warsaw) uchun WAW.

Qoʻshma Shtatlardagi ayrim aeroportlar oʻzlarining NWS kodlarini saqlab qolishgan va kod oxirida shunchaki X qoʻshishgan, masalan:

Los-Anjeles uchun LAX;

Portland uchun PDX;

Phoenix uchun PHX[7].

Baʼzan aeroport kodi imlo emas, talaffuzni aks ettiradi, masalan

Fijining eng yirik aeroporti Nadi aeroportining IATA kodi NAN aeroport nomining Fiji tilidagi Nandi shaklidagi talaffuzidan kelib chiqqan.

Bir qator sabablarga koʻra, ayrim aeroport kodlari yuqorida tavsiflangan oddiy sxemaga mos kelmaydi. Masalan, baʼzi aeroportlar bir nechta munisipalitetlarni yoki mintaqalarga xizmat koʻrsatadi va shuning uchun ularning baʼzi harflaridan olingan kodlardan foydalanadi, natijada esa:

Dallas/ Fort Uort uchun DFW;

Detroit – Wayne okrugi uchun DTW;

Leeds – Bradford Airport uchun LBA;

Minneapolis – Saint Paul uchun MSP;

Raleigh – Durham uchun RDU.

Boshqa aeroportlar, xususan, bir nechta aeroportlari boʻlgan shaharlarga xizmat koʻrsatadigan aeroportlar, oʻz nomidan olingan kodlarga ega, masalan:

Nyu-Yorkning Jon F.Kennedi aeroporti uchun JFK;

Londonning Hetrou aeroporti uchun LHR;

Parijning Sharl de Goll (Charles de Gaulle) aeroporti uchun CDG.

Bu qoida bitta aeroportga ega boʻlgan ayrim shaharlarga ham tegishli (hatto ushbu shaharning aglomeratsiyasida bir nechta aeroport mavjud boʻlsa ham), masalan:

Hartford shahrining (Konnektikut shtati) Bredli xalqaro aeroporti uchun BDL;

Baltimorning Baltimore/ Washington Intenational airport uchun BWI (bu aeroport Vashington shahriga ham xizmat qiladi)

Dalles xalqaro aeroporti (IAD yoki International Airport Dulles) va

Ronald Reygan Vashington milliy aeroporti (DCA, District of Columbia uchun).

Kod baʼzan aeroportning sobiq nomidan kelib chiqadi, masalan, Orlando xalqaro aeroportining kodi MCO (McCoy havo kuchlari bazasi uchun) yoki Chikagodagi OʻHare xalqaro aeroporti, asl nomi (Orchard Field) uchun ORD deb kodlangan. Kamdan kam hollarda, kod aeroportning norasmiy nomidan keladi, masalan, Gavayi shtatidagi Kahului aeroportining kodi OGG (mahalliy aviatsiya kashshofi Jimmi Hogg sharafiga).

Bir nechta tijorat aeroportlariga ega boʻlgan shaharlar

tahrir

Katta metropoliyalarda aeroport kodlari koʻpincha u xizmat koʻrsatadigan shahar oʻrniga aeroportning oʻz nomi bilan ataladi, boshqa kod esa shaharning oʻziga tegishli boʻlib, uning istalgan aeroportiga parvozlarni qidirish uchun ishlatilishi mumkin. Masalan:

  • Pekin (BJS) – Kapital (PEK) va Daxing (PKX).
  • Belo Horizonte (BHZ) – Konfins (CNF) va Pampulha (PLU).
  • Buxarest (BUH) – Otopeni (OTP) aeroport joylashgan Otopeni shahri sharafiga nomlangan, shaharda Băneasa (BBU) deb nomlangan shahar chegaralarida biznes aeroporti ham mavjud.
  • Buenos-Ayres (BUE) – Ezeiza (EZE) aeroport joylashgan Ezeiza Partido tumani sharafiga nomlangan, Aeroparque Jorge Newbery (AEP) esa shaharda joylashgan.
  • Chikago (CHI) – OʻHare (ORD), Orchard Field nomi bilan atalgan, aeroportning sobiq nomi, Midway (MDW) va Rockford (RFD)
  • Jakarta (JKT) – Soekarno-Hatta (CGK) aeroport joylashgan tuman Cengkareng sharafiga nomlangan, shaharda yana bir aeroport Halim Perdanakusuma (HLP) mavjud. JKT 1980-yillarning oʻrtalarida yopilgan shaharning sobiq aeroporti Kemayoran aeroportini nazarda tutgan.
  • London (LON) – Hitrou (LHR), Gatvik (LGW), City (LCY)[7], Stansted (STN), Luton (LTN) va Southend (SEN)
  • Milan (MIL) – Malpensa (MXP), Linate (LIN) va Orio al Serio (BGY)
  • Monreal (YMQ) – Tryudo (YUL), Mirabel (YMX) va Sent-Hubert (YHU)
  • Moskva (MOW) – Sheremetyevo (SVO), Domodedovo (DME), Vnukovo (VKO), Ostafyevo (OSF), Jukovskiy (ZIA)
  • Nyu York aglomeratsiyasi (NYC) – Jon F. Kennedi (JFK, ilgari Idlewild (IDL), LaGuardia (LGA) va Newark (EWR))
  • Osaka (OSA) – Itami (ITM, sobiq OSA), Kansai (KIX) va Kobe (UKB)
  • Parij (PAR) – Orli (ORY), Sharl de Goll (CDG), Le Bourget (LBG) va Beauvais (BVA)
  • Rio-de-Janeyro (RIO) – Galeão (GIG) va Santos Dumont (SDU)
  • Rim (ROM) – Fiumicino (FCO) va Ciampino (CIA)
  • San Paulu (SAO) – Congonhas (CGH), Guarulhos (GRU) va Campinas (VCP)
  • Sapporo (SPK) – Chitose (CTS) va Okadama (OKD)
  • Seul (SEL) – Inchxon (ICN) va Gimpo (GMP, avval SEL)
  • Stokgolm (STO) – Arlanda (ARN), Bromma (BMA), Nyköping-Skavsta (NYO) va Västerås (VST)
  • Tenerife (TCI) – Shimoliy Tenerife (TFN) va Janubiy Tenerife (TFS)
  • Tokio (TYO) – Haneda (HND, sobiq TYO) va Narita (NRT)
  • Toronto (YTO) – Pirson (YYZ), Billi Bishop (YTZ), Hamilton (YHM) va Vaterloo (YKF)
  • Vashington (WAS) – Dalles (IAD), Reygan (DCA) va Baltimor-Vashington (BWI)

Yoki yirik aeroportlardan birida shahar kodini ishlatib, keyin boshqa aeroportga boshqa kodni belgilash:

  • Olmaota (ALA) – Olmaota (ALA) va Borolday (BXJ)
  • Bangkok (BKK) – Suvarnabhumi (BKK) va Don Mueang (DMK, sobiq BKK)
  • Belfast (BFS) – International (BFS) va George Best (BHD)
  • Berlin (BER) – Shahar nomi (BER). Bundan tashqari, shaharda ilgari uchta aeroport mavjud edi: Tempelhof (THF), Schönefeld (SXF) va Tegel (TXL), hozirda THF va TXL yopilgan. Berlinning sobiq Schönefeld aeroporti Berlin Brandenburg aeroportiga singib ketgan, eski Schönefeld terminali esa 5-terminalga aylangan.
  • Chendu (CTU) – Shuangliu (CTU), Tianfu (TFU) va Huaizhou (HZU)[12].
  • Kolombo (CMB) – Bandaranaike (CMB) va Ratmalana (RML)
  • Dakar (DKR) – Senghor (DKR) va Dias (DSS)
  • Dallas – Fort Uort (DFW) – Shahar nomi (DFW), Love Field (DAL), Meacham (FTW), Alliance (AFW), Addison (ADS)
  • Dubay (DXB) – Shahar nomi (DXB) va Al Maktum (DWC)
  • Glazgo (GLA) – INternational (GLA) va Prestwick (PIK)
  • Hyuston (HOU) – Hobby (HOU), George Bush Intercontinental (IAH) va Ellington (EFD)
  • Istanbul (IST) – Shahar nomi (IST), Sabiha Gökçen (SAW) va Otaturk (ISL, sobiq IST)
  • Yoxannesburg (JNB) – OR Tambo (sobiq Jan Smuts) (JNB) va Lanseria (HLA)
  • Kuala-Lumpur (KUL) – Sepang (KUL) va Subang (SZB, sobiq KUL)
  • Kiyev (IEV) – Juliany (IEV) va Boryspil (KBP)
  • Los-Anjeles (LAX) – Shahar nomi (LAX), San-Bernardino (SBD), Ontario (ONT), Orange County (SNA), Van Nuys (VNY), Palmdale (PMD), Long Beach (LGB) va Burbank (BUR)
  • Medelin (MDE) – Xose Mariya Kordova (MDE) va Olaya Errera (EOH)
  • Mexiko shahri (MEX) – Shahar nomi (MEX) va Felipe Anjeles (NLU)
  • Melburn (MEL) – Tullamarin (MEL), Essendon (MEB) va Avalon (AVV)
  • Mayami (MIA) – Shahar nomi (MIA), Fort-Loderdeyl (FLL), West Palm Beach (PBI)
  • Nagoya (NNT) – Centrair (NNT) va Komaki (NKM, sobiq NNT)
  • San-Diego – Shahar nomi (SAN) va Tixuana (TIJ). TIJ hududiy jihatdan Meksikaning Tixuana shahrida joylashgan, ammo Cross Border Xpress orqali AQShga va undan toʻgʻridan-toʻgʻri kirishni imkoniyati mavjud.
  • San-Fransisko (SFO) – Shahar nomi (SFO), Oklend (OAK), San-Xose-Mineta (SJC), Sonoma-Schulz (STS)
  • Sietl (SEA) – Tacoma (Sea-Tac) (SEA), Boeing Field (BFI) va Paine Field (PAE)
  • Shanxay (SHA) – Pudong (PVG) va Hongqiao (SHA)
  • Taypey (TPE) – Taoyuan (sobiq Chan Kay Shi) (TPE) va Songshan (TSA, sobiq TPE)
  • Tehron (THR) – Imom Xumayniy (IKA) va Mehrobod (THR)

Bir xil nomdagi turli shaharlarning har birida aeroport mavjud boʻlsa, ularga turli kodlar berilishi talab etiladi. Masalan:

  • Xuan Santamariya xalqaro aeroporti (SJO) Alaxuela shahrida joylashgan, poytaxt San-Xosega xizmat qiladi. Norman Y. Mineta San-Xose xalqaro aeroporti (SJC) esa AQShning San-Xose shahrida (Kaliforniya shtati) joylashgan.
  • Birmingem-Shuttlesworth xalqaro aeroporti (BHM) AQSHning Birmingem shahrida (Alabama shtati) va Birmingem aeroporti (BHX) Buyuk Britaniyaning Birmingem shahrida joylashgan.
  • Portland International Jetport (PWM) AQShning Portlend shahrida (Men shtati) va Portlend xalqaro aeroporti (PDX) esa AQShning Portlend shahrida (Oregon shtati) joylashgan.
  • Manchester aeroporti (MAN) Buyuk Britaniyaning Manchester shahrida hamda Manchester-Boston mintaqaviy aeroporti (MHT) esa AQShning Manchester shahrida (Nyu-Xempshir shtati) joylashgan.

Baʼzan eski aeroport oʻrniga yangi aeroport quriladi va shaharning yangi „yirik“ aeroporti (yoki qolgan yagona aeroport) kodini shahar nomiga toʻgʻri kelmaydigan qilib qoʻyadi. Tennessi shtatining Nashvill shahridagi asl aeroport 1936-yilda Ishlarni davom ettirish maʼmuriyatining bir qismi sifatida qurilgan va Berry Field uchun BNA kodini olgan. Nashville xalqaro aeroporti deb nomlanuvchi yangi obyekt 1987-yilda qurilgan, ammo hali ham BNA kodidan foydalanadi. Bu AQShda qoʻllaniladigan chalkashliklarga yoʻl qoʻymaslikka qaratilgan qoidalar bilan bogʻliq boʻlib, unga koʻra „identifikatorning birinchi va ikkinchi harflari yoki ikkinchi va uchinchi harflari 200 dengiz milyasidan kam boʻlmagan masofada takrorlanishi mumkin emas“[7]. Shu sabali AQSh poytaxti Vashington aglomeratsiyasidagi uchta aeroportning kodlari bir-biridan tubdan farq qiladi: Vashington-Dalles uchun IAD, Vashington-Reygan uchun DCA (Kolumbiya okrugi aeroporti) va Baltimor uchun BWI (Baltimor-Vashington xalqaro, ilgari BAL)[7]. HOU Uilyam P. Hobbi aeroporti uchun ishlatilganligi sababli, yangi Hyuston-Interkontinental kodi sifatida IAH tanlandi[7]. BKK kodi dastlab Bangkok-Don Mueangga tayinlangan va keyinchalik Suvarnabhumi aeroportiga koʻchirilgan, Dong Mueang esa DMK kodini qabul qildi. ISK kodi dastlab Gandhinagar aeroportiga (Nashikning eski aeroporti) tayinlangan va keyinchalik Ozar aeroportiga (Nashikning hozirgi aeroporti) oʻtkazilgan. Shanxay-Hongqiao SHA kodini saqlab qoldi, yangi Shanxay-Pudong esa PVGni qabul qildi. Berlinda buning teskarisi boʻlgan: Berlin-Tegel aeroporti TXL kodini ishlatgan, kichikroq aeroport Berlin-Schönefeld esa SXF; Berlin Brandenburg aeroportida BER aeroport kodi mavjud boʻlib, u ham ushbu brendining bir qismidir. Gamburg (HAM) va Gannover (HAJ) aeroportlari 100 nautical mile (190 km) kamroq masofada joylashgan va shuning uchun birinchi va oʻrta harflar bir xil boʻlib, bu qoida faqat Germaniyada amal qilishini koʻrsatadi.

Nomlari oʻzgargan shaharlar yoki aeroportlar

tahrir

Koʻpgina shaharlar rasmiy nom/imlo/transliteratsiya oʻzgarishidan keyin ham aeroport kodlarida tarixiy nomlarni saqlab qoladi:

  • Angolada: Sumbe shahri (sobiq Novo Redondo) aeroporti uchun NDD, Huambo (sobiq Nova Lisboa) uchun NOV, Chitato (sobiq Portugaliya) uchun PGI, Saurimo (sobiq Henrique de Carvalho) uchun VHC, Lubango (sobiq Sá da Bandeira) uchun SDD, Menongue (sobiq Serpa Pinto) uchun SPP, Cuíto (sobiq Silva Porto) uchun SVP;
  • Armanistonda: Gyumri (sobiq Leninakan) uchun LWN;
  • Bangladeshda: Dakka (inglizchada shahar nomi avval Dacca, hozirda Dhaka deb ataladi) uchun DAC;
  • Fijida: Malolo Lailai (sobiq Plantatsiya oroli, Fiji) uchun PTF;
  • Grenlandiyada: koʻplab aeroportlar, xususan, Kangerlussuaq (sobiq Søndre Strømfjord) uchun SFJ, Nuuk (sobiq Godthåb) uchun GOH va Ilulissat (sobiq Jakobshavn) uchun JAV;
  • Hindistonda: Mumbay (sobiq Bombay) uchun BOM, Kalkutta (inglizchada shahar nomi avval Calcutta, hozirda Kolkata deb ataladi) uchun CCU va Chennay (sobiq Madras) uchun MAA;
  • Indoneziyada: Bandar Lampung (sobiq Tanjung Karang) uchun TKG, Makassar (sobiq Ujung Pandang) uchun UPG. Bundan tashqari, 1972-yilda Indoneziya Kengaytirilgan imlo tizimi joriy etilganda, bir nechta eski IATA kodlari oldingi imloni saqlab qoldi: Banda Aceh (sobiq Banda Atjeh) uchun BTJ, Jayapura (sobiq Djajapura) uchun DJJ, Jogyakarta (sobiq Jogjakarta) uchun JOG;
  • Janubiy Afrikada : Mbombela (sobiq Nelspruit) uchun NLP, Gkeberha (sobiq Port Elizabeth) uchun PLZ va Polokwane (sobiq Piterburg) uchun PTG;
  • Kambodjada: Sihanoukville (sobiq Kampong Som) uchun KOS;
  • Kanadada: Iqaluit (sobiq Frobisher Bay) uchun YFB;
  • Kongo DRda: Ilebo (sobiq Port-Frankki) uchun PFR;
  • Koreyada: Gangneung (sobiq Kangnung) uchun KAG, Degu (sobiq Taegu) uchun TAE;
  • Madagaskarda : Antsiranana (sobiq Diego-Suares) uchun DIE, Borizini (sobiq Port Berge) uchun WPB;
  • Moldovada: Kishinyov (inglizchada shahar nomi avval Kishinev, hozirda Chișinău deb ataladi) uchun KIV;
  • Mozambikda: Xai-Xai (sobiq João Belo) uchun VJB, Chimoio (sobiq Vila Peri) uchun VPY, Kuamba (sobiq Nova Freixo) uchun FXO, Chokve (sobiq Vila Trigo de Morais) uchun TGS;
  • Myanmada: Yangon (sobiq Rangun) uchun RGN; Thandwe (sobiq Sandowey) uchun SNW; Dawei (sobiq Tavoy) uchun TVY;
  • Ozarbayjonda: Ganja (sobiq Kirovobod) uchun KVD;
  • Pokistonda: Faysalobod (Laʼlpur shahri Saudiya Arabistoni qiroli Faysal sharafiga oʻz nomini Faysalobodga oʻzgartirgan) uchun LYP;
  • Qirgʻizistonda: Bishkek (sobiq Frunze) uchun FRU;
  • Qozogʻistonda: Ostona (sobiq Nursulton va Tselinograd (TSE)) uchun NQZ, Aqtau (sobiq Shevchenko) uchun ShHT, Atirau (sobiq Guryev) uchun GUW, Koʻkchatov (sobiq Koʻkchetav) uchun KOV, Taraz (sobiq Jambil) uchun DMB, Semey (sobiq Semipalatinsk) uchun PLX, Chimkent (inglizchada shahar nomi avval Chimkent, hozirda Shymkent deb ataladi) uchun CIT, Jezqazgʻan (sobiq Dzezkazgan) uchun DZN;
  • Rossiyada: Sankt-Peterburg (sobiq Leningrad) uchun LED, Nijniy Novgorod (sobiq Gorkiy) uchun GOJ, Yekaterinburg (sobiq Sverdlovsk) uchun SVX, Samara (sobiq Kuybishev) uchun KUF, Vladikavkaz (sobiq Orjonikidze) uchun OGZ, Tver (sobiq Kalinin) uchun KLD va boshqalar;
  • Tojikistonda: Xoʻjand (sobiq Leninobod) uchun LBD;
  • Turkmanistonda: Turkmanboshi (sobiq Krasnovodsk) uchun KRW, Turkmanobod (sobiq Chorjoʻy) uchun CRZ, Toshoʻgʻuz (sobiq Toshhovuz) uchun TAZ;
  • Ukrainada: Kiev uchun IEV (inglizchada shahar nomi avval Kiev, hozirda Kyiv deb ataladi); Luhansk (sobiq Voroshilovgrad) uchun VSG; Kropyvnitskiy (sobiq Kirovograd) uchun KGO, Lvov (ilgari Lwów 1939-yilgacha Polshaning bir qismi boʻlgan, hozirgacha rus tili taʼsiridagi tillarda Lvov deb ataladi, inglizlar Lviv deyishadi) uchun LWO, Ivano-frankovsk (sovet davrida rus tilida Ivano-Frankovsk deb yozilgan, hozir inglizlarda Ivano-Frankivsk deb ataladi) uchun IFO;
  • Vyetnamda: Xoshimin shahri (sobiq Saygon) uchun SGN;
  • Xitoyda: Pekin (inglizchada shahar nomi avval Peking, hozirda Beijing deb ataladi) uchun PEK, Tyantszin (sobiq Tientsin) uchun TSN, Chunsin (sobiq Chungking) uchun CKG, Nankin (sobiq Nanking) uchun NKG, Szinan (sobiq Tsinan) uchun TNA, Sindao (sobiq Tsingtao) uchun TAO, Chendu (sobiq Chengtu) uchun CTU, Guyyan (sobiq Kweiyang) uchun KWE, Sian (inglizchada shahar nomi avval Sian, hozirda Xi’an deb ataladi) uchun SIA va Guanchjou (sobiq Kanton) uchun CAN. Eskiroq IATA kodlari 1906-yilda joriy qilingan, 1964-yilda rasman bekor qilingan va 1980-yillarda yaxshi qoʻllangan Xitoy pochta romanizatsiyasiga amal qiladi, u asta-sekin Pinyin bilan almashtiriladi.
    • Chjanszyatsze (avvalgi Dayong; shunchaki romanizatsiya oʻzgarishi emas, balki shahar nomining haqiqiy oʻzgarishi) uchun DYG.
  • Gʻarbiy Sahroi Kabirda : Dakhla (sobiq Villa Cisneros) uchun VIL;
  • Chernogoriya: Podgoritsa (sobiq Titograd) uchun TGD;
  • Chexiya Respublikasida: Zlin shahriga (sobiq Gottvaldov) xizmat koʻrsatadigan Xolesov aeroporti uchun GTW.

Ayrim aeroport kodlari hozirgi aeroport bilan bogʻliq boʻlgan oldingi nomlarga, koʻpincha harbiy merosga asoslangan. Bularga quyidagilar kiradi:

  • Chikagodagi OʻHare, Orchard Fieldning eski nomi asosida ORD kodi berilgan. 1950-yillarning oʻrtalarida Orchard Field kengaytirildi va OʻHare deb oʻzgartirildi.
  • Rickenbacker xalqaro aeroporti oʻzining sobiq Lokburn havo kuchlari bazasidan qolgan LCK kodidan foydalanadi.
  • Travis havo kuchlari bazasi oʻzining sobiq nomi Feyrfild-Suisun armiyasi havo bazasi uchun SUU-dan foydalanadi.
  • Shimoliy Texas mintaqaviy aeroporti Perrin havo kuchlari stansiyasining sobiq nomi uchun PNX dan foydalanadi.
  • Fresno Yosemite xalqaro aeroporti aeroportning oldingi nomi Fresno Air Terminaldan olingan FAT kodidan foydalanadi.
  • Orlando xalqaro aeroporti Orlando armiyasining № 2 havo maydoni sifatida tashkil etilgan, ammo 1958-yilda maydonda halokatga uchragan qanot qoʻmondoni sharafiga 1959-yilda MCCoy havo kuchlari bazasi deb oʻzgartirilganligi uchun MCO kodidan dan foydalanadi. 1960-yillarning boshlarida u birgalikda fuqarolik/harbiy foydalaniladigan aeroportga aylantirildi va McCoydagi Orlando Jetport deb oʻzgartirildi, keyin 1980-yillarning boshlarida Orlando xalqaro aeroporti deb oʻzgartirildi.
  • Spokane xalqaro aeroporti 1960-yilda shunday nomlangan, ammo GEG nomi bilan atalgan, chunki u sobiq Geyger maydonida qurilgan boʻlib, 1941-yilda AQSh armiyasi uni sotib olganida mayor Garold Geyger nomiga oʻzgartirilgan.
  • Lui Armstrong Nyu-Orlean xalqaro aeroporti 1910-yilda hozirda aeroport joylashgan qishloq xoʻjaligi yerlarida aviahalokatda vafot etga jasur uchuvchi Jon Moisant sharafiga Moisand Field deb nomlangan. Uning IATA kodi MSY Moisant Stock Yards-dan olingan, chunki Lakefront aeroporti NEW kodini saqlab qolgan.
  • Lehigh Valley xalqaro aeroporti sobiq Allentown – Baytlahm – Easton xalqaro aeroporti uchun ABE dan foydalanadi.
  • Uilyam R. Fairchild xalqaro aeroporti Clallam okrugi munitsipal qoʻnish maydonining sobiq nomi uchun CLM dan foydalanadi.
  • Chikago Executive aeroporti oʻzining sobiq nomi uchun PWK dan foydalanadi, Palwaukee Municipal Airport (u Palatine Road va Milwaukee Avenue- da joylashganidan kelib chiqqan).
  • Dallas Executive Airport oʻzining sobiq nomi Redbird aeroporti uchun RBDdan foydalangan.
  • TSTC Waco aeroporti CNW dan foydalanadi, chunki u ilgari Connally havo kuchlari bazasi edi.
  • Glacier Park xalqaro aeroporti sobiq nomi Flathead County aeroporti uchun FCA dan foydalanadi.

Ayrim aeroportlar maʼmuriy boʻlinish yoki ular joylashgan shahar uchun emas, balki yaqin atrofdagi shahar nomi bilan kodlanadi:

  • Xuan Santamariya xalqaro aeroporti Alajuela provinsiyasida joylashgan, ammo u poytaxt San-Xose shahri juda yaqin boʻlgani uchun aeroport SJO yordamida butun Markaziy vodiyga xizmat koʻrsatadi.
  • Grand Strand aeroporti Janubiy Karolina shtatidagi Crescent Beachning sobiq munitsipaliteti uchun CREdan foydalanadi.
  • Belizning San-Ignasio shahrida joylashgan San-Ignacio Town Airstrip CYD-dan foydalanadi, chunki u Cayo tumanida joylashgan.
  • Virjiniya shtatining Arlington shahridagi Ronald Reygan Vashington milliy aeroporti Kolumbiya okrugi (DC) va Arlington uchun DCA kodidan foydalanadi.
  • Saudiya Arabistonining Burayda shahridagi shahzoda Naif bin Abdulaziz xalqaro aeroporti Al-Qassim viloyati uchun ELQ kodidan foydalanadi.
  • Sudandagi Damazin aeroporti yaqin atrofdagi Roseires toʻgʻoni uchun RSS dan foydalanadi.

Boshqa aeroport kodlari kelib chiqishi nomaʼlum va ularning har biri oʻziga xos xususiyatlarga ega:

  • Nashville oʻzining sobiq nomi Berry Field uchun BNA kodidan foydalanadi, bundan buyon Berry Nashville Airport deb atalmoqda;
  • Louisville Muhammad Ali xalqaro aeroporti Standiford Field uchun SDF boʻlib, uning asl nomi (doktor Elisha Devid Stendiford, biznesmen va qonun chiqaruvchi sifatida Luisvilning transport tarixida muhim rol oʻynagan va aeroport qurilgan yerning bir qismiga egalik qilgan)[13];
  • Knoksvill Charlz MakGi Tayson aeroporti uchun TYSdan foydalanadi, uning oilasi Noksvildagi birinchi aeroport uchun yerni hadya qilgan.
  • Kahului, Maui shahrining asosiy darvozasi, Gavayi aviatsiya kashshofi Bertram J. Hogg sharafiga OGG- dan foydalanadi.
  • Gold Coast, Avstraliya, sobiq nomi Coolangatta aeroporti boʻlgani sababli OOLdan foydalanadi, u joylashgan shahar chekkasi nomi bilan atalgan.
  • Sunshine Coast, Avstraliya, sobiq nomlari Maroochydore Airport va Maroochydore-Sunshine Coast aeroportlari tufayli MCY dan foydalanadi. U aslida Maroochydore emas, balki Markoolada joylashgan
  • Buli aeroporti Pekaulang maʼmuriy boʻlinmasida joylashganligi uchun PGQ dan foydalanadi.
  • Nyu-River vodiysi aeroporti Virjiniya shtatining Pulaski okrugida joylashganligi uchun PSK-dan foydalanadi.
  • Rio Amazonas aeroporti Pastaza viloyatidagi joylashuvi uchun PTZ dan foydalanadi.
  • Brackett Field POC-dan foydalanadi, chunki u Pomona kolleji talabalari tomonidan ishlatilgan.
  • Yanʼan Nanniwan aeroporti ENY kodini Yanʼan shahrining eski aeroporti Yanʼan Ershilipu aeroportidan meros qilib oldi.
  • Shimoli-gʻarbiy Florida Beaches xalqaro aeroporti ECP kodidan foydalanadi, bu kod taklif qilinganda „Har bir kishi ziyofat qilishi mumkin“ degan maʼnoni anglatadi[14].

Osiyoda shahar nomlariga mos kelmaydigan kodlar qatoriga Niigata (KIJ), Nanchan (KHN), Pxenyan (FNJ) va Kobe (UKB) shaharlaridagi aeroportlar kiradi.

Bitta aeroport uchun bir nechta kodlar

tahrir

Uchta mamalakatga xizmat koʻrsatadigan EuroAirport Basel Mulhouse Freiburg uchta aeroport kodiga ega: BSL, MLH, EAP

Shaharning inglizcha nomidan foydalangan holda aeroport kodlari

tahrir

Ayrim Yevropa shaharlarining nomlari oʻz tillarida boshqacha, ingliz tilida boshqacha aytiladi, ammo aeroport kodi faqat ingliz nomini bildiradi. Bunga quyidagilar misol boʻla oladi:

  • CGN – Cologne/Köln (Germaniya)
  • CPH – Copenhagen/København (Daniya)
  • DUB – Dublin/Baile Átha Cliath (Irlandiya)
  • FLR – Florence/Firenze (Italiya)
  • GVA – Geneva/Genève (Shveysariya)
  • HAV – Havana/La Habana (Kuba)
  • PRG – Prague/Praha (Chexiya)
  • VCE – Venice/Venezia (Italiya)
  • VIE – Vienna/Wien (Avstriya)

Kodlarning yetishmasligi

tahrir

Muntazam faoliyat koʻrsatib kelayotgan bir nechta aeroportlar mavjud boʻlib, ularga ICAO kodlari tayinlanmagan, biroq IATA kodlari mavjud. Misol uchun, Alyaskadagi bir nechta aeroportlarda, masalan, Stebbins va Nanwalek kabilar muntazam tijorat reyslarini amalga oshiradi, ular FAA kodlaridan foydalanadilar. Shuningdek, ICAO kodlari mavjud, lekin IATA kodlari mavjud emas aeroportlar ham bor, masalan, Malavidagi Nkhotakota/Tangole aeroporti yoki Tokiodagi Chofu aeroporti (Yaponiya) kabi mutazam xizmat koʻrsatib kelayotgan aeroportlar mavjud. Rossiyada bir nechta kichik aeroportlar (masalan Omsukchan aeroporti) bron qilish uchun ichki rus kodlaridan foydalanishadi. Ushbu aeroportlarga reyslarni xalqaro havo bron qilish tizimlari orqali bron qilish yoki xalqaro bagajni u yerga oʻtkazish mumkin emas va buning oʻrniga ular aviakompaniya yoki ichki bronlash tizimi orqali bron qilinadi. Shunday qilib, hech bir tizim mutazam xizmat koʻrsatadigan barcha aeroportlarni toʻliq qamrab olmaydi. Grenlandiyadagi bir nechta vertoromlarda (heliport) 3 harfli kodlar mavjud boʻlib, ular uzoq mamlakatlardagi aeroportlar uchun IATA kodlari boʻlishi mumkin.

Ogʻzaki nutqda qoʻllanishi

tahrir

Ayrim aeroportlar hatto ogʻzaki nutqda aeroport kodi bilan ataladi. Eng mashhur misollar LAX, DFW va JFK[manba kerak].

Manbalar

tahrir
  1. „Airline and Location Code Search“ (en). Iata.org. Qaraldi: 2021-yil 19-iyun.
  2. „Baggage Standards“ (en). Iata.org. Qaraldi: 2021-yil 19-iyun.
  3. „Directory of Strategic Partners“ (en). Iata.org. Qaraldi: 2021-yil 19-iyun.
  4. „BAGTAG – For everyone who likes to travel smart, easy and fast.“ (en-US). Bagtag.com. Qaraldi: 2021-yil 19-iyun.
  5. „Understanding Airport Location Identifiers“ (en-us). Airportguide.com. Qaraldi: 2021-yil 19-iyun.
  6. „IATA 3-Letters Station Codes“ (en). Igccllc.net (2014-yil 2-mart). 2021-yil 24-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 19-iyun.
  7. 7,0 7,1 7,2 7,3 7,4 7,5 7,6 „Airport ABCs: An Explanation of Airport Identifier Codes“. Air Line Pilot. Air Line Pilots Association (1994). 2009-yil 7-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 6-yanvar.
  8. „Why Do Canadian Airport Codes Start With The Letter 'Y'? | Airport Codes Explained“ (en-US). Airfarewatchdog Blog (2019-yil 7-mart). Qaraldi: 2021-yil 19-iyun.
  9. „This is why Toronto's airport code is YYZ“ (en). Blogto.com. Qaraldi: 2021-yil 19-iyun.
  10. „YYC: Calgary Airport Authority“. Qaraldi: 2015-yil 22-mart.
  11. „Vancouver International Airport Homepage“. Yvr.ca. Qaraldi: 2022-yil 2-iyul.
  12. „Airline and Location Code Search“ (en). Iata.org. Qaraldi: 2022-yil 14-yanvar.
  13. „SDF History“ (en). Louisville Muhammad Ali International Airport. Qaraldi: 2020-yil 29-noyabr.
  14. Owen. „Every Airport Code Tells a Story“. blogsouthwest.com. Southwest Airlines (2015-yil 8-aprel). Qaraldi: 2015-yil 10-aprel.

Havolalar

tahrir