Vinnipeg (shahar)
Kanadadagi shahar
Vinnipeg – Kanadaning janubidagi shahar. Manitoba provinsiyasining maʼmuriy markazi. Assiniboyn daryosining Red-River daryosiga quyilish yerida joylashgan. Aholisi 617 ming kishi. Trans-Kanada temir yoʻl va avtomobil yoʻllarining muhim tuguni. Aeroport bor. Kanada dasht rayonlarining savdo-taqsimot markazi. Vinnipeg dunyo ahamiyatiga ega don bozori. Oziq-ovqat, tikuvchilik, mebel, poligrafiya, kimyo, elektrotexnika sanoatlari, neftni qayta ishlash, metallsozlik va mashinasozlik, qurilish materiallari ishlab chiqarish kabi tarmoqdar mavjud. Universitet bor. Shaharga 1873-yilda asos solingan. 1873-yildan Vinnipeg deb atala boshlagan.

Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Kanada geografiyasiga oid ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |