Bosh menuni ochish

Mexiko (isp. Ciudad de México) - Meksika davlatining poytaxti. BMTning WUP 2003 maʼlumotlariga koʻra jahon miqyosida Tokyo shahridan keyin aglomerasiya boʻyicha 2-oʻrinda. Mexiko shahri hududida 9 millionga yaqin kishi yashamoqda. Mexiko shahri poytaxt boʻlishi bilan birgalikda Meksikaning siyosiy, iqtisodiy, sanoat va madaniy markazidir. Shaharning umumiy maydoni 1500 km2 atrofida.

Mexiko
Flag of Mexiko
Bayroq
Official seal of Mexiko
Gerb
Mexiko shahri joylashuvi
Mexiko shahri joylashuvi
Davlat Meksika bayrogʻi Meksika
Federal nom Federal okrug
Tumanlar
Asos sana 18-Math, 1325
(Tenochtitlan nomi bilan)
Yangi Ispaniya Hokimiyati 1524
Federal okrug 1824
Hukumat
 - mer Marselo Ebrard
Aholi (2008)
 - Jami 8 836 045
Vaqt hududi Markaziy Standart vaqt (UTC-6)
 - Yoz (DST) Markaziy Kunduz Vaqti (UTC-5)
Birodar shaharlar Andorra-la-Velya, Afina, Arekipa, Pekin, Bayrut, Berlin, Bogota, Buenos Ayres, San Xuan, Qohira, Karakas, Chikago, Ciudad Juárez, Kusko, Doha, Dolores Hidalgo Municipality, Gvatemala shahri, Istanbul, Jakarta, Kaliningrad, Kiyev, Al-Quvayt, La Pas, Lima, Lissabon, Los Anjeles, Madrid, Manila, Montevideo, Nagoya, Nikosiya, Panama shahri, Ranchi, Rio-de-Janeyro, Santiyago, San Paulu, San-Salvador, Seul, Stokgolm, Stuttgart, Sidney, Tel-aviv, Toronto, Niardo, Xyuston, Gavana, Marakaibo, Santa Domingo, Gvadalahara, Monterrey, Kadis, Rosario, Murom, Samarqand, Guanaxuato (shahar)
vebsayt: http://www.df.gob.mx

Mexiko — Meksikaning poytaxti. Mamlakatning iqtisodiy, siyosiy va madaniy markazi. Meksika togʻligining janubiy qismida, 2240 m balandlikda. Iklimi subtropik iqlim, oʻrtacha temperaturasi yanvarda 12°, iyulda 16°, eng issiq oy (aprel)da 18°. Yillik yogʻin 750 mm. M.da tez-tez changli boʻronlar va zilzilalar boʻlib turadi. Suv taʼminoti qiyin. Aholisi 8,6 mln. kishi (2000). M. atrofidagi shaharlar bilan jahonda eng yirik shahar aglomeratsiyalaridan biri — Katta M.ni tashkil qiladi.

M. — Gʻarbiy yarim sharning eng qad. shaharlaridan. Shaharga 1325 yil atstek indeyslari tomonidan Tenochtitlan nomi bilan muhim savdo yoʻlida qalʼa sifatida asos solingan. 16-asr boshlariga kelib jahonda eng yirik shaharlardan biriga aylandi. 1521 yilda is-pan mustamlakachilari tomonidan shahar vayron qilingach, uning oʻrnida Yangi Ispaniya maʼmuriy markazi boʻlgan M. bunyod etilgan. 1821 yildan mustaqil Meksika poytaxti.

M. — transport yoʻllari tuguni. Xalqaro havo yoʻllarining yirik markazi. Metropoliten qurilgan. M. — Lotin Amerikasining yirik sanoat shaharlaridan biri. Mamlakatda ishlab chiqariladigan sanoat mahsulotining ‘/2 qismi M.ga toʻgʻri keladi. 20-asrning 50-yillarigacha M.da oziq-ovqat, toʻqimachilik, tikoʻvchilik, poyabzal, farmatsevtika sanoati korxonalari boʻlgan. 50-yillardan boshlab AQSH sarmoyasi hisobiga elektrotexnika, metallsozlik, tayyor qismlardan avtomobil yigish ("Ford" va "Jeneral motore" korxonalari), neft kimyosi sanoatlari rivojlandi. M. yaqinida qurilish materiallari, sement zavodlari qurilgan. M. — mamlakatning yirik savdo va moliya markazlaridan.[1]

Birodar shaharlarTahrirlash

ManbalarTahrirlash

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

HavolalarTahrirlash