Kaliningrad (ruscha: Калинингра́д; 1946-yil 4-iyulgacha Kenigsberg - nemischa: Königsberg) — Rossiya Federatsiyasidagi shahar, Kaliningrad viloyati markazi. Mixail Kalinin nomiga qoʻyilgan. Pregolya daryosining har ikki sohilida. Boltiq dengizi boʻyidagi muzlamaydigan Baltiysk port shahri bilan chuqur kanal orqali bogʻlangan. Temir yoʻl tuguni. Aholisi 413 ming kishi (1990-yillar oʻrtalari). Baliq ovlash va transport floti bazasi. Mashinasozlik va metallsozlik (kema tuzatish, vagonsozlik, "Elektrosvarka", avtoagregat zavodlari bor, baliqni qayta ishlash jihozlari ishlab chikariladi), sellyuloza-qogʻoz, oziq-ovqat (shu jumladan, baliqni qayta ishlash), yengil sanoat korxonalari bor. 3 oliy oʻquv yurti (shu jumladan, universitet), 2 teatr, tarix-oʻlkashunoslik muzeyi, kahrabo muzeyi mavjud. Shahar yaqinida dengiz boʻyi iqlim kurortlari joylashgan.

Kaliningrad

Калининград
Kaliningrad manzaralari
Kaliningrad manzaralari
Shahar
{{{rasmiy_nomi}}}ning bayrogʻi
Bayroq
{{{rasmiy_nomi}}}ning rasmiy gerbi
Gerb
54°43′0″N 20°30′0″E / 54.71667°N 20.50000°E / 54.71667; 20.50000 G OKoordinatalari: 54°43′0″N 20°30′0″E / 54.71667°N 20.50000°E / 54.71667; 20.50000 G O
Mamlakat Rossiya
viloyat Kaliningrad viloyati
Hukumat
 • Mer A.G. Yaroshuk
Asos solingan 1255-yil
Avvalgi nomlari

1255-yilgacha Tuvangste, 1946-yilgacha Kyonigsberg

1991-yilgacha "Kuybishev"
Maydon 2,247 km2 (868 mi²)
Markazi balandligi 100 m
Iqlim turi oʻrtacha-kontinental
Aholisi
 (2013)
1,171,598 kishi
Milliy tarkib Ruslar — 87,4 %
ukrainlar — 4,0 %
beloruslar — 3,8 %
armanlar — 0,7 %
tatarlar — 0,5 %
litlar — 0,5 %
olmonlar — 0,4 %
polyaklar — 0,3 %
boshqalar — 2,4 %
[1]
Vaqt mintaqasi UTCUTC +2
Telefon kodi 4012
Pochta indeks(lar)i 236ХХХ
Avtomobil kodi 39
Kaliningrad xaritada
Kaliningrad
Kaliningrad
Kaliningrad xaritada
Kaliningrad
Kaliningrad

Kalingradga 1255-yil qalʼa sifatida asos solingan. 1525—1618-yillarda Prussiya gersogligi poytaxti. 1701-yildan Prussiya qirolligi tarkibidagi mustahkam qalʼa. 1758–1762-yillarda Sharqiy Prussiyaning rus general-gubernatorligi markazi. 1871-yilda Germaniya tarkibiga kirdi. Kenigsberg 1945-yil aprel boshida shoʻrolar armiyasi tomonidan shafqatsiz bombardimon qilinishi natijasida shaharda tarixiy meʼmoriy yodgorliklar saqlanmagan. Aholisi esa butunlay koʻchirib yuborilgan. 1945-yil Potsdam konferensiyasi karoriga asosan, Kenigsberg atrof hududlari bilan birga sobiq Ittifoq tarkibiga oʻtdi. K. Kaliningrad viloyati tarkibida alohida iqtisodiy rayon maqomini olgan.[2]

Manbalar tahrir

  1. Итоги::Калининградстат, 2016-03-05da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2014-07-16
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil