Kaliningrad viloyati
Kaliningrad viloyati - Rossiya Federatsiyasida gi viloyat. 1946-yil7 aprelda tashkil etilgan. Maydon 15,1 ming km2. Aholisi 951,3 ming kishi (2000), asosan, rus, belorus, ukrainlar; shaharliklar 79%ni tashkil qiladi. 13 tumanga boʻlingan, 22 shahar, 5 shaharcha bor (2000). Markazi – Kaliningrad shahri.
Kaliningrad viloyati Boltiq dengizi janubi-sharqiy sohilining bir qismini egallaydi. Janubida Polsha bilan chegaradosh. Yer yuzasi bir oz koʻtarilgan pasttekislik, janubi-sharqida Boltiq gryadasi bor. Sohili qumli plyajdan iborat. Shimolida Kaliningrad viloyati hududining bir qismi dengiz sathidan pastda joylashgan. Foydali qazilmalardan toshtuz, qoʻngʻir koʻmir, gil, qurilish qumlari, neft, torf bor. Iqlimi dengiz iklimi bilan moʻʼtadil kontinental iklim orasida. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi –3° dan –5° gacha, iyulniki 15–17°. Yiliga qariyb 700 mm yogʻin tushadi. Vegetatsiya davri 155– 180 kun. Hududining 12% ichki suvlar bilan band. Yirik daryolari: Neman va Pregolya. Yuzdan ortiq koʻl bor. Viloyatning 7% hududi botqoqlik. Tuproqlari podzol va chimli podzol tuproqlar.
Asosiy sanoat tarmoqlari: oziq-ovqat (asosan, baliqni qayta ishlash), mashinasozlik, sellyuloza-qogʻoz, yengil sanoat. Kahrabo qazib olinadi va ishlov beriladi (Yantarniy sh.). Mashinasozlik korxonalari, baliq sanoati uchun jihozlar, kompyuterlar, Yerning sunʼiy yoʻldoshlari uchun kichik raketa dvigatellari, gaz quvurlari uchun jihozlar, yoritish texnikasi, mikrodvigatellar, savdo jihozlari, oʻzi yuk ortadigan yirik vagon-dumpkarlar, elektr yuk ortish mashinalari, kemalar va b. ishlab chiqariladi. Yogʻochsozlik va sellyuloza-qogʻoz sanoatlari uchun xom ashyo Rossiyaning shimolidan keltiriladi. Qurilish materiallari ishlab chiqarish, yengil, goʻsht va sut, mebel sanoatlari ham rivojlangan. Sanoat korxonalarining aksari qismi Kaliningrad, Chernyaxovsk, Gusev, Svetlogorsk, Neman va b. shaharlarda joylashgan. Q.q.ning asosiy tarmoklari: sut-goʻsht chorvachiligi, choʻchqachilik, parrandachilik. Qoramol, choʻchqa, qoʻy va echki bo-qiladi. Baliq ovlanadi. Sabzavotchilik va kartoshkachilik bilan shugʻullaniladi. Gʻalla (bahorgi arpa, suli, kuzgi bugʻdoy, javdar), yemxashak ekinlari ekiladi. Moʻynali darrandachilik rivojlangan. Dengiz transporta (portlari – Kaliningrad va Baltiysk) taraqqiy etgan. Neman va Pregolya daryolarida kema qatnaydi. Kurortlari – Svetlogorsk, Zelenogradsk[1].