Guanchjou
Guanchjou — Xitoyning janubidagi shahar va port, Jan. Xitoy dengizidan PO km, Chjutszyan (Marvarid) daryosining deltasida joylashadi. Guandun provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 6,7 mln. kishi chamasida (1998), aksariyati xitoy (xan)lar.
Guanchjou | |
---|---|
![]() | |
![]() | |
23°7′48″N 113°15′36″E / 23.13000°N 113.26000°E G OKoordinatalari: 23°7′48″N 113°15′36″E / 23.13000°N 113.26000°E G O | |
Mamlakat | Xitoy |
Rasmiy til(lar)i | xitoycha |
|
Tarixi Tahrirlash
Guanchjou Xitoyning koʻhna shaharlaridan. Ilk bor mil. av. 3-asrda Fanyuy nomi bilan tilga olingan. Guanchjou Jan. Xitoyning muhim iqtisodiy markazlaridan. Qadimdan tashqi savdo porti boʻlib kelgan.
Iqtisod Tahrirlash
Yuk ortish va tushirish boʻyicha mamlakatda 3-oʻrinda turadi (yiliga 15 mln. t). T.-yil tuguni, xalqaro aeroport bor. Sanoat tarmoqlaridan toʻqimachilik (asosan ipak, ip va jut gazlama i. ch.), oziq-ovqat, umumiy mashinasozlik, kora metallurgiya, qogʻoz, kimyo, qurilish materiallari sanoati rivojlangan. Badiiy hunarmandchilik buyumlari eksport qilinadi.
Ta'lim Tahrirlash
Guanchjouda bir necha oliy oʻquv yurtlari, jumladan Sun Yatsen nomidagi universitet (1924), tibbiyot, ped., moliya-iqtisod institutlari, botanika bogʻi va b. bor.
Yana qarang Tahrirlash
Manbalar Tahrirlash
Adabiyotlar Tahrirlash
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |