Aqtau — (qozoqcha: Ақтау) Qozogʻistonning janubi-gʻarbida joylashgan shahar, Mangʻistau viloyatining markazi. Shaharda dengiz va havo porti mavjud. Aqtau shahri 1964-yildan 1991-yilgacha ukrain shoiri Taras Shevchenkoning hurmatiga Shevchenko deb atalgan.

Aqtau

qoz. Ақтау
shahar
{{{rasmiy_nomi}}}ning rasmiy gerbi
Gerb
43°39′0″N 51°09′0″E / 43.65000°N 51.15000°E / 43.65000; 51.15000 G OKoordinatalari: 43°39′0″N 51°09′0″E / 43.65000°N 51.15000°E / 43.65000; 51.15000 G O
Mamlakat Qozogʻiston
viloyat Mangʻistau viloyati
Hukumat
 • Akim Khamzin Zakir Ildusovich
Asos solingan 1961
Ilk eslatilishi 1961
Avvalgi nomlari Aktauskiy, Aktau, Shevchenko, Gurev-20
Maydon 165,642 km2 (63,955 mi²)
Rasmiy til(lar)i qozoqcha
Aholisi
 (2013)
181,905[1]
Milliy tarkib qozoqlar 70,07 %
ruslar 20,57 %
ozarbayjonlar 2,55 %
ukrainlar 1,14 %
tatarlar 0,83 %
boshqalari 3,87 %
Vaqt mintaqasi UTC+5
Telefon kodi +7 7292[2]
Pochta indeks(lar)i 130000[3]
Avtomobil kodi R, 12
Aqtau xaritada
Aqtau
Aqtau
Aqtau xaritada
Aqtau
Aqtau
Aqtov
Aqtov

Geografiyasi tahrir

Shahar Kaspiy dengizining sharq qirgʻogʻida joylashgan. Shaharning janubi-sharqida 40 km uzoqlikda Qaraqiya tekisligi bor. Hududi tekis va asosan korrozik va deflyatsik harakatlardan iborat. Sovet Ittifoqining tadqiqotlariga koʻra: Yevropa va Osiyoning chegarasi Mugʻaljardan boshlanib, Embi dayosi boʻylab Kaspiy dengizigacha. 1950-yillargacha Qozogʻiston hududi Yevropa chegarasi Yoyiq daryosining yoqasi bilan chegaradosh edi[4]. 2010-yilning aprel may oylarida rus geografik jamoatining ekspeditsiyasi Yevropa chegarasini Mugʻaljar orqali, Kaspiy qirgʻogʻi tekisligidan oʻtishi kerak degan hulosaga keldilar. Yevropa chegarasi hozirgidan bir necha barovar janubgacha choʻziladi. Hozirgi kunda rus geografik jamoati olimlar hamjamiyatining fikri Xalqaro geografik ittifoqning tasdiqlashiga erisha olmadi. Demak, agar Xalqaro geografik jamoat rus geografik jamoatining hulosasini tasdiqlasa, Mangʻistau viloyatining bir qismi Yevropada joylashgan boʻladi.

Transporti tahrir

Aqtauda temir yoʻl vokzali yoʻq. Poezdlar Mangʻishlaq stansiyasiga kelib toʻxtaydi. Shahar va stansiya orasida № 101 avtobusi bilan taksilar qatnaydi, masofasi — 20 km. Aqtau porti Kaspiy dengizining sharqiy qismida joylashgan. Aqtau turli xalqaro yuklarni, neft va neft mahsulotlarini tashishga moslangan Qozogʻistondagi yagona port boʻlib hisoblanadi.

Aholisi tahrir

Milliy tarkibi
Millat Aholi soni

1.01.2012[5]
Foiz
%
Qozoqlar 126 377 70,07
Ruslar 37 102 20,57
Ozarbayjonlar 4 596 2,55
Ukrainlar 2 051 1,14
Lezginlar 1 753 0,97
Tatarlar 1 495 0,83
Armanlar 1 025 0,57
Oʻzbeklar 852 0,47
Koreyslar 680 0,38
Chechenlar 598 0,33
Gurjinlar 343 0,19
Qirgʻizlar 295 0,16
Olmonlar 288 0,16
Qoraqalpoqlar 277 0,15
Beloruslar 247 0,14
Udinlar 203 0,11
Osetinlar 183 0,10
boshqalar 1 995 1,11
Jami: 180 360 100,00

Madaniyati tahrir

Aqtauda Abay nomidagi madaniyat uyi, N. Jantoʻrin nomidagi drama teatri, koʻplab kinoteatrlar, yungi klublar bor. Dengiz qirgʻogʻida turli oʻyingohlar, sport va madaniy komplekslar, hordiq chiqarish parklari mavjud.

Tungi Aqtau.

Manbalar tahrir

  1. Численность населения РК по областям, городам и районам Республики Казахстан на 1 июля 2013 года, 2013-11-15da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2021-02-27
  2. „Телефонные коды“. 2013-yil 13-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 8-noyabr.
  3. „Почтовые индексы Казахстана“. 2013-yil 3-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 8-noyabr.
  4. „Где кончается Европа?“. Урал - граница Европы и Азии. Русское географическое общество. 2012-yil 22-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 4-avgust.
  5. Chislennost naseleniya po oblastyam, gorodam i rayonam, polu i otdelnim vozrastnim gruppam, otdelnim etnosam, 2012-11-15da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2012-10-02

Havolalar tahrir