Kaspiy dengizi (lotincha: Caspium mare, ozarbayjoncha: Xəzər dənizi, turkmancha: Hazar deňizi, qozoqcha: Каспий теңізі, forscha:دریای خزر Daryā-i Xazar, دریای مازندران Daryā-i Māzandarān, ruscha: Каспийское море) Eski Oʻzbek tilida ham Xazar Dengizi deb atalgan. — Yevropa bilan Osiyo oraligʻida joylashgan yer sharidagi eng katta koʻl. Kattaligiga qarab, uni dengiz deb ataydi. Nomi XVI asrning oxirlarida shu dengiz yoqasiga joylashgan Kaspiy qabilalariga bogʻliq shakllangan. Gurjistonda hozirgi kunda Kaspiy shahri bor. Shu bilan birga Girkan (I asr), Xazar (ІІ-X asr), Xvalin (X—XІІІ asr) va boshqa tarixiy nomlari bor. Ular soʻngi 3000 yildagi hayot kechirganlarning bergan nomlari. Kaspiy dengizi neogen davrining oxirida er qirrasining koʻtarilishidan Qora dengizdan boʻlindi. Bu vaqtda Kaspiy dengizining poydo boʻlgan vaqti deb hisoblashga boʻladi. Kaspiy dengizining umumiy hududi 376 ming km2. Uning sathi dengiz sathidan 28 m past. Dengiz uzunligi shimoldan janubgacha 1200 km. Dengizning enli eri — 435 km, ensiz eri — 193 km. Kaspiy dengizini yoqasining uzunligi — 7000 km. Uning suvi 5-ta davlat qirgʻogʻini yuvib turibdi. Dengiz yoqasining ulushi Qozog'istonga 29 % (2340 km), Rossiyaga — 16 %, Ozarbayjonga — 20 %, Turkmanistonga — 21 %, Eronga — 14 % tegishli. Kaspiy dengiziga 130-ga yaqin daryolar va kanallar suv quyadi. Kaspiy dengizi shimoldan janubga 1200 km ga choʻzilgan, oʻrtacha kengligi 320 km. Qirgʻogʻining uzunligi 7 ming km ga yaqin. Maydoni 376 ming km2 (1929-yilgacha, dengiz suvi pasaygunga qadar 422 ming km2 edi).

Kaspiy dengizi
Kaspiy dengizining fazodan olingan rasmi
Kaspiy dengizining fazodan olingan rasmi
Koordinatalari 41°40′N 50°40′E
Eng katta uzunligi 1 030 km
Eng katta kengligi 435 km
Yuzasi 371 000 km2
Oʻrtacha chuqurligi 187 m
Eng katta chuqurligi 1 025 m
Suv hajmi 69 400 km3
Suv aylanishi vaqti 250 yil
Qirgʻoq uzunligi1 7000 km
Aholi punktlari Boku (Ozarbayjon), Rasht (Eron), Aqtov (Qozogʻiston), Maxachqala (Rossiya), Türkmenbaşy (Turkmaniston)
1 Qirgʻoq uzunligini aniq oʻlchab boʻlmaydi.
Stenka Razin Kaspiy dengizi (Vasily Surikov)

Kaspiy dengizi (qadimda Kavkazning sharqida yashagan kaspiy qabilasi nomidan;

  • qadimiy va oʻrta asrlarda dengiz sohilida mavjud boʻlgan viloyatlar, elatlar, davlatlar nomi bilann Goʻrgon, Xuroson, Xorazm, Oq dengiz, Xvali, Xazar dengizi nomi bilan atalgan;
  • Ozarbayjonliklar, Turkiyaliklar va Turkmanlar hozir ham Xazar dengizi soʻziga teng atamalarni qoʻllanishyapti ) Shu isim Turkiylarning ulug' Xazar Xoqonligi asosida berilgan. — Yer sharidagi eng katta berk suv havzasi, koʻpincha dunyodagi eng katta koʻl deb ham hisoblaydilar.

Rossiya Federatsiyasi, Qozogʻiston, Turkmaniston, Eron, Ozarbayjon hududlarida joylashgan.

Quyidagi xususiyatlariga koʻra dengiz deb ataladi: kattaligi jihatidan Qora, Oq va Boltik, dengizlaridan kam farq qiladi, suvi ham dengiz suvi singari shoʻr, hayvonot va oʻsimliklar dunyosining bir qismi dengizlarda yashaydigan hayvon va oʻsimliklar jumlasidan. Bundan tashqari, Kaspiy dengizi bir vaqtlar hozirgi Kuma-Manich botigʻi oʻrnidan oʻtgan boʻgʻoz orqali Azov va Qora dengizlar bilann tutashib turgan. Dengiz haqida dastlabki maʼlumot Gerodotning „Tarix“ asarida uchraydi. Kaspiy dengizi sathi Dunyo okeani sathidan qariyb 28 m past (1986).

Dengiz qirgʻogʻi ancha tekis, egribugri joylar kam. Yirik qoʻltiqlari: Qoraboʻgʻozgoʻl, Krasnovodsk, Qozoq, Mangʻishloq va b. K.d.da umumiy maydoni qariyb 350 km2 boʻlgan 50 ga yaqin orol bor (eng yiriklari Tyuleniy, Chechen, Artyom, Jiloy, Bulla, Ogurchinskiy va Kulali). Relyef tuzilishi jihatidan K.d. 3 qismga — shim., oʻrta va janubiy qismlarga boʻlinadi. Shimoliy qismi janubida Chechen oroli — Mangʻishloq yarim orol chizigʻi bilan chegaralangan boʻlib, chuq. 10 m ga qadar, eng sayoz (4–6 m) qismidir. Oʻrta qismi ancha chuqur, oʻrtacha chuq. 200 m, eng chuqur joyi esa 790 m. Bu qismi janubiy qismidan Turkmanboshi sh. tomon dengizni kesib oʻtgan suv osti togʻ tizmasi orqali ajralib turadi. Janubiy kismi eng chuqur (oʻrtacha chuq. 325 m). K.d.ning eng chuqur joyi (1025 m) ham shu qismda. Maydoni jixatidan uchala qismi deyarli bir-biriga teng, lekin suv hajmi jihatidan ular har xil: shimoliy qismiga umumiy suv xajmining 1/100 qismidan kamroq, oʻrta qismiga 1/3, janubiy qismiga esa 2/3 ga yaqin boʻlagi toʻgʻri keladi.

Kaspiy dengiziga Volga, Ural, Kura, Terek, Emba, Samur, Sulak, Erondan oqib keladigan Safedrud kabi yirik daryolar va koʻpgina kichik daryo va soylar quyiladi. Shim., shim-gʻarbiy va sharqiy sohillarning yozi juda issiq va quruq, qishi esa sovuq. Janubi-gʻarbiy va janubiy sohillarida iqlim yumshoq va nam. K.d.ning har 1 l suvida oʻrtacha 12,7 g tuz bor. Suv temperaturasi yozda hamma joyida bir xil (24—26°), qishda esa shimoliy qismida 0° va undan pastroq, oʻrta va janubiy qismlarida 2° dan 13° gacha. Shimoliy qismi qishda 2—3 oy muzlab yotadi (muzning qalinligi 2 m ga yetadi), oʻrta va janubiy qismi esa muzlamaydi. K.d.da, asosan, Volga daryosi quyayotgan suv massasi bilan doimo esadigan shamol taʼsiri natijasida kelib chiqadigan va dengizning qirgʻogʻi yoqalab soat strelkasi yoʻnalishiga teskari harakat qiladigan doimiy aylanma oqim mavjud. Koʻpincha, kuchli toʻlqinlar (10–11 m) boʻladi. K.d.ning suv sathi yillar va asrlar davomida oʻzgarib turadi. Oʻtmish maʼlumotlarining koʻrsatishicha, bundan 4—6 ming yil ilgari, mil. boshlarida va 18-asr oʻrtalari — 19-asr boshlarida dengiz sathi juda baland, 7—11-asrlar va 13-asr boshlarida esa, aksincha, juda past boʻlgan. Suv sathining soʻnggi keskin pasayishi 1929—56-yillar orasida kuzatilgan. Shu davr ichida suv sathi 2,5 m dan ortiqroqqa pasaydi, natijada sayoz shimoliy qismida dengiz 20–30 km chekindi, koʻpchilik qoʻltiqlar qurib qoldi, dengizning maydoni esa (Qoraboʻgʻozkoʻlni hisobga olmaganda) 422 ming km2 dan (1930) 371 ming km2 ga (1969) kamaydi. Suv sathining bu kadar pasayib ketishiga asosiy sabab K.d.ga quyiladigan suvlarning kariyb 80 %ni beruvchi Volga suvining keyingi 40 yil davomida kamayib ketganligidir. Chunki, bu davr ichida Volga havzasida iqlim quruq keldi, yogʻin kam yogʻdi, bugʻlanish esa, aksincha, ortiq boʻldi. Bundan tashqari, Volga daryosida bir qancha suv omborlari barpo etildi, sugorish va sanoat ehtiyojlari uchun olinadigan suv hajmi ancha ortdi. Olingan maʼlumotlarga koʻra, 1966—76 yillarda K.d.ga oʻrta hisobda har yili 180 mm (yoki 66,8 km3) yogʻin tushdi, 720 mm (266,4 km3) daryo suvi va 14 mm (5 km3) yer osti suvi quyiladi: ayni vaqtda dengizdan yiliga 966 mm (357,3 km3) suv bugʻlanadi, 11 mm (4 km3) suv sugʻorishga sarflanadi. Suv balansining kirim qismi (338,2 km3)ga nisbatan chiqim qismi (362,3 km3)ning ortiq boʻlishi dengiz suv sathining oʻrtacha har yili qariyb 7 sm ga kamaya borishiga sabab boʻlgan.

K.d.ning suv sathi yil davomida ham oʻzgarib turadi: mart oyidan koʻtarila boshlaydi, iyul oyida eng baland boʻladi, avgustdan to fevralga qadar esa pasaya boradi. 1978 yildan K.d. suv sathining koʻtarilishi kuzatilmoqda (1986 yilda dengiz havzasi mayd. 376 ming km2ni tashkil etdi).

K.d.da 500 turdan ortiq suv oʻsimliklari, 854 tur baliq va suv hayvonlari bor. Baliq, shimoliy qismida tyulen ovlanadi. K.d. ostida juda katta neft va gaz zahiralari borligi aniqlangan Dengiz ostidan neft qazib olinadigan birinchi kon 1925 yilda ishlay boshlagan. Hozir K.d.da koʻplab yirik neft konlari ishlab turibdi.

K.d.ning Koraboʻgʻozgoʻl qoʻltigʻidan natriy sulfat, mirabilit va epsomit olinadi. Sharqiy sohillarida chu-chuk suvga boʻlgan ehtiyoj juda katta. Shu sababdan, Turkmanboshi va Oqtov sh.larida dengiz suvini chuchuklashtiradigan yirik qurilmalar barpo qilingan.

K.d.ning transport ahamiyati ham katta. Unda neft, yogʻoch, don, paxta, guruch, mineral oʻgʻitlar tashiladi. Yoʻlovchilar tashuvchi kemalar qatnaydi. Eng yirik portlari: Astraxon, Maxachqala (RF), Turkmanboshi (Turkmaniston), Enzeli (Eron). Boku bilan Turkmanboshi sh.lari oraligʻida dengiz temir yoʻl paromlari katnab turibdi.

Shoʻro davlati inqirozga uchragach, hududi K.d.ga tutash davlatlar dengizning oʻziga tegishli deb hisoblagan qismida uning boyliklarini (baliq va b. hayvonlarni ovlash, neft, tuz va hokazo) oʻzicha tasarruf qilib kelmoqda. Hozirgacha K.d. boyliklarini oʻzlashtirish, oʻziga tegishli akvatoriyalar chegaralarini belgilab olish haqida dengizga yondosh davlatlar oʻrtasida yagona kelishuv imzolanmadi[1].

Shakllanishi

tahrir

Manbalar

tahrir



  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil